Toshboyev Nodir FIRMA VA TARMOQNING UZOQ MUDDATLI ORALIQDAGI MUVOZANATI - Reja:
- Firma ishlab chiqarish xarajatlari
- Qisqa muddatli vaqt davomida firma o’zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o’zgaruvchi rеsurslar miqdorini qo’shib borish yo’li
- Qisqa va uzoq muddatli kreditlash operatsiyalari hisobining tashkil etilishi
- Firmaning ichki atrof-muhiti tahlili
Firma ishlab chiqarish xarajatlari - Asosiy vositalar — ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, har bir donasining narxi sotib olish paytida eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuqori bo`lgan, kelgusida korxona iqtisodiy naf keltiradigan aktivlar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida ular asta-sekin eskirib boradi. Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirish, bino va inshootlar, asbob va uskunalar, hisoblash texnikasi, ofis mebeli, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va boshqalar kiradi. Nomoddiy aktivlar — moddiy ko`rinish va shaklga ega bo`lmagan biroq ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, hisobda boshlang`ich bahosiga ega bo`lgan va ishlab chiqarish jarayonida eskirib boradigan aktivlarga aytiladi. - ixtirolardan foydalanish uchun olinadigan patent huquqi; - ayrim turdagi faoliyat turlari bilan shug`ullanish huquqini qo`lga kiritish uchun olinadigan litsenziyalar;
- innovatsiya predmeti bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlarida to`plangan tajribalarning izohlari yoritilgan va texnik hujjatlar ko`rinishida rasmiylashtirilgan, ammo patentlashtirilmagan texnikaviy, texnologik, boshqaruv, tijorat va boshqa bilimlarning yig`indisi hisoblanadigan – «nou-xau»; - yaratilgan sanoat namunalari va modellaridan foydalanishga bo`lgan huquq; - yuridik shaxsning firma nomidan foydalanish huquqini beruvchi savdo markalari; - muayyan ishlab chiqaruvchi tovarlarini boshqa shu turdagi tovarlardan farqlash uchun xizmat qiladigan va o`rnatilgan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan tovar belgilari – emblemalar, chizmalar yoki timsollar; - kompyuter dasturiy ta’minotidan foydalanish huquqi ; - - innovatsiya predmeti bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlarida to`plangan tajribalarning izohlari yoritilgan va texnik hujjatlar ko`rinishida rasmiylashtirilgan, ammo patentlashtirilmagan texnikaviy, texnologik, boshqaruv, tijorat va boshqa bilimlarning yig`indisi hisoblanadigan – «nou-xau»; - yaratilgan sanoat namunalari va modellaridan foydalanishga bo`lgan huquq; - yuridik shaxsning firma nomidan foydalanish huquqini beruvchi savdo markalari; - muayyan ishlab chiqaruvchi tovarlarini boshqa shu turdagi tovarlardan farqlash uchun xizmat qiladigan va o`rnatilgan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan tovar belgilari – emblemalar, chizmalar yoki timsollar; - kompyuter dasturiy ta’minotidan foydalanish huquqi ;
Do'stlaringiz bilan baham: |