Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/40
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#195311
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Bog'liq
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi

Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi   

 



466 

 

to‘xtalib  o‘tdilar.  Jumladan,  mamlakatimiz  Prezidenti  o‘z  ma’ruzalarida  soliq 



to‘lovchilarga  soliqqa  tortish  tizimida  qo‘shimcha  imtiyozlar  va  preferensiyalar 

berish,  soliqlarni  unifikatsiya  qilish,  soliq  yukini  engillashtirish,  soliq 

qonunchiligining  barqarorligini  ta’minlash  hamda  ushbu  yo‘nalishda  ilg‘or 

mamlakatlar  ijobiy  tajribalaridan  foydalanish  lozimligini  ta’kidlab  o‘tdilar. 

"Prinsipial  muhim  ustuvor  vazifalardan  biri  -  soliq  siyosatini  yanada 

takomillashtirish.  Aytish  joizki,  yuqorida  zikr  etilgan  ustuvor  vazifalarning 

barchasi  soliq  siyosatimizni  takomillashtirish  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  “...Soliq 

tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga 

ega bo‘lishi lozim”.

7

 



Respublikamizda  soliq  tizimini  takomillashtirish  jarayonida  xo‘jalik 

yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor 

qaratib  kelindi.  Bunda,  birinchi  navbatda,  ularning  daromadlaridan  undiriladigan 

bevosita  soliqlarning  salmog‘ini  pasaytirish  lozimligi  alohida  ahamiyatga  ega. 

Buning  natijasida  korxonalar  ixtiyorida  qoladigan  mablag‘lar  ulushining 

ko‘payishi  evaziga  ularning  aylanma  mablag‘lari  miqdorini  oshirib  borish  va 

optimal  darajasini  saqlash,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  uning 

samaradorligini  oshirish  maqsadida  investitsiyalarni  keng  jalb  etish,  ishchi-

xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish imkoni yaratiladi.  

O‘zbekistonda  soliq  yukini  kamaytirishga  yuridik  shaxslardan  olinadigan 

foyda  solig‘i,  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i,  ish  beruvchilar 

uchun  ish  haqi  tarzidagi  daromadlarga  nisbatan  yagona  ijtimoiy  to‘lov  va  boshqa 

shu  kabi  asosiy  soliqlar  stavkalarini  kamaytirish,  ayrim  samarasiz  soliqlar  va 

yig‘imlarni  bekor  qilish  yoki  ularning  soliq  solish  bazasini  qisqartirish, 

shuningdek,  iqtisodiyotning  ayrim  tarmoq  va  soha  korxonalariga  soliqlardan  turli 

imtiyozlar  berish  orqali  erishildi.  Natijada  soliq  yuki  yalpi  ichki  mahsulotga 

nisbatan  1991  yilda  41,2  foizni  tashkil  etgani  holda  2000  yilda  27,9  foizni,  2015 

yilda  esa  20  foizni  tashkil  etdi  (4-rasm).  Boshqa  majburiy  to‘lovlarni  hisobga 

olganda  bu  ko‘rsatkich  30-33  foizdan  oshmaydi.  Dunyo  davlatlari  soliq 

amaliyotida  bu  ko‘rsatkich  normal  holat  hisoblanadi.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.Karimov  ta’kidlab  o‘tganlaridek:  "O‘tgan  yili soliq  yuki 20,5  foizdan 

20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsada, 

davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi".

8

 



                                                           

7

"Bizning  bosh  maqsadimiz-jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh  etishdir". 



O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo’shma  majlisidagi 

ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2005 yil 29 yanvar. 

8

 O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  mamlakatimizni  2014  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari 



va  2015  yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining 

majlisidagi ma’ruzasidan olingan.  





Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling