Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- М A V Z U
- REJA 1. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari
- 4. Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari
24 М A V Z U FISKAL SIYOSAT, DAVLAT BYUDJETI VA UNING TAQCHILLIGI
REJA 1. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari 2. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi 3. Davlat byudjeti va uning taqchilligi 4. Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari
qisqacha tafsiloti. Ushbu mavzuda fiskal siyosat, dalat byudjeti va uning taqchilligi berilgan. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan fiskal siyosat va xorij tajribasi batafsil ko’rib chiqilgan. Soliqlarning mohiyati, O’zbekiston soliq siyosati va shu mavzuga doir statistik ko’rsatkichlar berilgan. Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
449
dastaklari Davlatning fiskal siyosati siklik tebranishlarni bir maromga keltirish va yuqori bandlik hamda past inflyasiya sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqqa tortish va davlat xarajatlarini tartibga solishga qaratilgan. Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal ekspansiya) qisqa davrda davlat sarflarini ko‘paytirish, soliqlar stavkalarini pasaytirish yoki
bu choralarni o‘zaro uyg‘unlashtirish yo‘li bilan siklik tanazzulni engib o‘tish maqsadida ishchan
iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq stavkalari pasayishi iqtisodiy o‘sish sur’atining barqaror jadallashuvi va iqtisodiy salohiyatning mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida aniqlangan fiskal siyosat diskretsion (yoki faol) xisoblanadi. Odatda u prezidentning iqtisodiy maslaxatchilari kengashi tavsiyasi bilan yuritiladi. Bu prezident tomonidan iqtisodiy masalalarda yordam berish va ularni tekshirish uchun tayinlangan uch iqtisodchi guruhning iqtisodiy echimlari taklifidan kelib chiqib belgilanadi. Hokimiyat chiqimlari va soliqlaridagi diskretsion o‘zgarishlar federal hokimiyat qaramog‘ida bo‘lib, ular avtamatik ravishda ro‘y bermaydi. Kongres faoliyatisiz yuzaga keladigan o‘zgarishlar nodiskretsion (yoki “passiv” yoki “avtomatik”), xisoblanadi 1 . Davlatning, turg‘un fiskal siyosati (fiskal restriksiya) qisqa davrda iqtisodiyotning “qizib ketish”ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqazo etib iqtisodiy o‘sish va talab inflyasiyasi sur’atini pasaytirishga imkon beradi. Fiskal siyosatning iqtisodiy mazmuniga doir turli xil qarashlarni tahlil qilish, aniq iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar sharoitida amal qilish xususiyatlarini hamda davlatning iqtisodiyotga samarali ta’sir qilish dastaklaridan ekanligini asoslash va
milliy iqtisodiyotning muvozanatligini ta’minlashdagi ustuvor yo‘nalishlarini, aniq iqtisodiy tamoyillarini belgilash zarur bo‘ladi. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan fiskal siyosat jamiyatdagi turli xil iqtisodiy
1 Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. P-209 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling