Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
455
- Davlat buyurtma va xaridlari;
- Davlat investitsiyalari;
- Transfert yoki qayta taqsimlash turidagi xarajatlarni o‘zgartirish;
- Soliqlarni boshqarish.
Shunday qilib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan fiskal siyosat,
mamlakat milliy xo‘jalikda tashkil qilingan soliq tizimining asosiy qoidalariga
javob berishi va iqtisodiyotdagi ichki o‘zaro munosabatlarni samarali tartibga
solishi zarur.
Kengaytirilgan (Ekspansion) Fiskal Siyosati.
Iqtisodiy pasayish yuzaga kelganda fiskal siyosatning kengaytirilgan turidan
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 2-rasmni ko‘raylik, unda invistitsion
xarajatlarning keskin pasayishi jami talab egri chizig‘ini AD
1
dan AD
2
ga chapga
o‘tkazadi. (ko‘rsatgich chiziq va pasga ketuvchi chiziqlarni xozircha inobatga
olmang). Pasayishning sababi investitsion loyixadan kutilayotgan foyda investitsion
xarajatlar va jami talab kamayishi qisqarishi oldida ko‘rinmay qolishidadir.
Rasmda yalpi mahsulotning potensial yoki to‘liq bandlikdagi hajmi 510
000 000 000$ deb faraz qiling. Agar narxlar darajasi p
1
da noegiluvchan bo‘lsa, u
holda chiziqning pastki qismida yalpi taklif egri chizig‘iga aylanadi. Jami talab egri
chizig‘i chapga siljib real ichki yalpi maxsulotni 510 000 000 000$ dan 490 000 000
000$ ga qisqartiradi.20 000 000 000$ lik yalpi ichi maxsulotning ortda qolishi
yuzaga keladi.
Yalpi ichki maxsulotning bunda yotda qolishi ishsizlikdagi o‘sish bilan birga
keladi chunki qisqartirilgan maxsulot chiqarish uchun kamroq ishchilar talab
etiladi.Bunday holatda iqtisodiyot pasayish fazasida va siklik ishsizlik bilan birga
yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |