markazlashtirilgan pul mablag‘larini shakllantirish, ularni taqsimlash va
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
461
muassasalari tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy rejadan iboratligi nazarda
tutiladi.
Belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan byudjet davlat yoki
mahalliy xokimliklar moliyaviy rejasiga, davlat me’yoriy xujjatiga aylanadi.
Davlat xarajatlari asosan davlat byudjeti orqali amalga oshadi. Bular
davlatning investitsiya sarflari, mudofaa xarajatlari, ijtimoiy extiyojlar uchun
ajratmalar va davlat boshqaruvining moliyaviy manbalaridir. Davlat byudjeti
xarajatlarining asosiy to‘rt turi ajratiladi.
1. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga investititsiyalar;
2. Ijtimoiy sohalarni (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot,
madaniyat) pul bilan ta’minlash;
3. Davlat idoralarining xarajatlarini qoplash;
4. Mamlakat mudofaasini ta’minlash. Davlat byudjetining daromad qismi,
albatta, birinchi navbatda, ana shu xarajatlarni to‘liq qoplashi zarur bo‘ladi.
Byudjet kamomadi bu daromadlarning xarajatlarni qoplay olmasligi bo‘lib,
byudjet taqchilligini yuzaga keltiradi. U qo‘shimcha soliqlar kiritish, pul
emissiyasidan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz olish
orqali qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: