Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
458
rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lishi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat moliya vositasida zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida, iqtisodiyot subektlar tasarrufiga moliyaviy mablag‘lar qanchalik o‘z vaqtida tushayotganligi, shuningdek, ulardan
foydalanish samaradorligini nazorat qiladi; 3. Moliyaning taqsimlash vazifasi aniq iqtisodiy vaziyatda jamg‘arish va iste’molni optimallashtirish maqsadida milliy daromadning taqsimlanishi va
qayta taqsimlanishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Bu real ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari, mamlakat xududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Bunda milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‘lovlari, aksiz yig‘inlari kabilar orqali davlat byudjetida to‘planadi. Davlat to‘plangan milliy daromadning katta qismini moliyaviy vositalar orqali aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilish, tibbiyot xizmati, maorif, nafaqa, stipendiya va shu kabilarga), daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy mudofaga, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. Shuni aytish lozimki, moliyaviy munosabatlar tizimida davlat moliyasi alohida o‘rin tutadi. Bunda nafaqat davlat, balki xususiy sektor korxonalari daromadining bir qismini undirish yo‘li bilan davlat pul fondlarini shakllantiradi. 4. Moliya iqtisodiy jarayonlarni, turli tadbirlarni moliyalash va unga xizmat ko‘rsatish vazifasini ham bajaradi; 5. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan maxsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, foizli daromadlarni tashkil qilish va taqdim qilish mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. Ikki xolda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 6. Ijtimoiy ximoyalash ham moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki, axolining muhtoj qatlamlari qariyalar, nogironlar, kam daromadli oilalar o‘z tirikchiligini yuritishni minimal darajada ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ijtimoiy himoyalash esa ularni moliyaviy ta’minlash, boshqacha aytganda, moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan davlat moliyasi yordamida amalga oshiriladi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni tizimli amalga oshirib boradi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar shular jumlasiga kiradi. Bundan tashqari ijtimoiy iste’mol orqali amalga oshadigan fondlar ham mavjud bo‘lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni muhofazalash kabilar kiradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling