Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
452
- Kapitalistik iqtisodiyot har doim ham o‘zini- o‘zi tartibga solishga layoqatli emas. Shunday ekan, mehnat va kapital yuqori darajada umumlashgan sharoitda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi muqarrardir. Bunda davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiyotni narx yordamida tartiblash mexanizmi orqali to‘ldirib borilishi zarur; - Takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan ortiqcha ishlab chiqarish, iqtisodiy beqarorlik holatlarining sababi talabning etishmasligidandir, shunday ekan iqtisodiyotdagi muvozanatlikni ta’minlash muammosini talab nuqtai nazaridan hal qilish zarur. Buning uchun Keyns “samarali talab” tushunchasini kiritadiki, u daromad va bandlik, iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi muvozanatlikni o‘zida
mujassamlashtiradi; - Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi muhim dastagi bu byudjet siyosatidir. Davlat byudjeti va moliyaviy siyosatning asosiy maqsadi ishchi kuchi va ishlab chiqarish uskunalarining bandligini ta’minlashdan iboratdir 4 . Iqtisodiyotning siklik rivojlanishi va krizislarni bartaraf etishning asosiy dastagi bu – davlat xarajatlaridir. Keynsning fikricha, uning shakllanishi, tuzulishi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishdagi muhim omildir. Shunday qilib, Keyns davlat monopolistik kapitalislik iqtisodiyotni tartibga solishda yangi moliya nazariyasining ustuvor yo‘nalishini ishlab chiqdi. Mazkur moliyaviy siyosat Keyns izdoshlari tomonidan (Amerikada – R.Xarrod, A.Ouken, U.Xeller, Buyuk Britaniyada – J.Vaysman, Fransiyada – F.Perru, Yaponiyada – K.Emi, X.Itolar) amaliyotga joriy etildi. Bu 40-60 yillarda iqtisodiyotni tartibga solishda ijobiy natijalarni berdi. 70-yillargacha ko‘pchilik etakchi g‘arb davlatlarning moliya nazariyasi va amaliyoti asosida Keyns nazariyasining qoidalari yotadi. Neokonservatorlar Keyns
ta’limotining ayrim
kamchiliklarini topib, unga muqobil o‘z konsepsiyalarini ilgari suradi. Bular asosan quyidagilardan iborat: 1. Keyns konsepsiyasidagi inflsiyani jilovlash, ishlab chiqarish va bandlikni kengaytirishda moliyaviy dastaklardan foydalanish to‘g‘risidagi fikriga qarshi muomaladagi pul miqdorini kamaytirish haqidagi g‘oyalari; 2.
Soliqlarning tez o‘sishi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarning moddiy manfaatdorligini pasaytirib yuborishi sababli taklifni kengaytirish orqali iste’molchilik talabini
4
Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling