Fiskal siyosat I. Muhokama uchun savollar
Download 6,35 Kb.
|
Dars5 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Byudjet taqchilligining vujudga kelishi, uning turlari va byudjet taqchilligini kamaytirish borasida o‘z fikrlaringizni amaliy misollarga tayanib bayon qiling
Fiskal siyosat I.Muhokama uchun savollar: 1. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda fiskal siyosatning o‘rnini qanday baholaysiz? 2. O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi, byudjet jarayonlari, to‘g‘risida tushuncha bering? 3. Mamlaktimizda ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirishda byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish borasida qanday maslahatlar bergan bo‘lar edingiz? 4. Byudjet va soliq islohotlarni chuqurlashtirish hamda soliq yukini kamaytirish yo‘llari borasida fikr bildiring? 5. Byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet taqchilligini qoplash yo‘llari borasida tushuncha bering? II. Byudjet taqchilligining vujudga kelishi, uning turlari va byudjet taqchilligini kamaytirish borasida o‘z fikrlaringizni amaliy misollarga tayanib bayon qiling? Masalalar: 1. Davlat xaridlari 800, soliq funktsiyasi Tq 0,6 Y, transfertlar funktsiyasi F = 0,4 Y ifodaga ega, foiz stavkasi R = 0,1 bo‘lganda davlat qarzi D = 2500. Ishlab chiqarishning real hajmi 4000, potentsial hajmi 4750 ga teng. Davlat byudjetini tahlil qiling. 2. Quyidagi ma’lumotlar mavjud: YaIM-6500; Potentsial YaIM-7200; Davlat xaridlari-900; Soliq koeffitsienti-0,4; Davlat mulkini xususiy-lashtirishdan 188 daromad-200; Davlat qarzi-600; Huquq-tartibot idoralarini saqlash xarajatlari-700; Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha xarajatlar-350; Transfertlar koeffitsientidaromadga nisbatan 0,2. Davlat byudjeti saldosini, davlat byudjetining tarkibiy va tsiklik kamomadini aniqlang? 3. Iqtisodiyotda talab funktsiyasi quyidagicha ko‘rinishga ega: S=100 + 0,75Y. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida nafaqa to‘lovlari uchun dadlat xarajatlari 300 mln. dollarga ko‘paytirildi. Byudjetning muvozanatlashganligini saqlab qolish maqsadida soliqlar ham 300 mln. dollarga oshirildi. 1) Avtonom xarajatlar multiplikatorini va soliq multiplkatorini hisoblang? 2) Soliqlarning oshirilishi va davlat xarajatlarining ko‘paytirilishi sharoitida Y ning o‘zgarishini hisoblang? 3) Muvozantlashgan byudjet multiplikatori qoidasini shakllantiring? Download 6,35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling