Fiskal siyosat I. Muhokama uchun savollar


Download 6.35 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi6.35 Kb.
#1832407
Bog'liq
Dars5 (1)


Fiskal siyosat
I.Muhokama uchun savollar:
1. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda fiskal siyosatning o‘rnini qanday
baholaysiz?
2. O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi, byudjet jarayonlari,
to‘g‘risida tushuncha bering?
3. Mamlaktimizda ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirishda byudjet
mablag‘laridan oqilona foydalanish borasida qanday maslahatlar bergan bo‘lar
edingiz?
4. Byudjet va soliq islohotlarni chuqurlashtirish hamda soliq yukini
kamaytirish yo‘llari borasida fikr bildiring?
5. Byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet taqchilligini qoplash
yo‘llari borasida tushuncha bering?
II. Byudjet taqchilligining vujudga kelishi, uning turlari va byudjet taqchilligini
kamaytirish borasida o‘z fikrlaringizni amaliy misollarga tayanib bayon qiling?
Masalalar:
1. Davlat xaridlari 800, soliq funktsiyasi Tq 0,6 Y, transfertlar
funktsiyasi F = 0,4 Y ifodaga ega, foiz stavkasi R = 0,1 bo‘lganda davlat qarzi D =
2500. Ishlab chiqarishning real hajmi 4000, potentsial hajmi 4750 ga teng. Davlat
byudjetini tahlil qiling.
2. Quyidagi ma’lumotlar mavjud: YaIM-6500; Potentsial YaIM-7200; Davlat xaridlari-900; Soliq koeffitsienti-0,4; Davlat mulkini xususiy-lashtirishdan 188 daromad-200; Davlat qarzi-600; Huquq-tartibot idoralarini saqlash xarajatlari-700; Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha xarajatlar-350; Transfertlar koeffitsientidaromadga nisbatan 0,2. Davlat byudjeti saldosini, davlat byudjetining tarkibiy va tsiklik kamomadini aniqlang?
3. Iqtisodiyotda talab funktsiyasi quyidagicha ko‘rinishga ega: S=100 + 0,75Y. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida nafaqa to‘lovlari uchun dadlat xarajatlari 300 mln. dollarga ko‘paytirildi. Byudjetning muvozanatlashganligini saqlab qolish maqsadida soliqlar ham 300 mln. dollarga oshirildi. 1) Avtonom xarajatlar multiplikatorini va soliq multiplkatorini hisoblang? 2) Soliqlarning oshirilishi va davlat xarajatlarining ko‘paytirilishi sharoitida Y ning o‘zgarishini hisoblang? 3) Muvozantlashgan byudjet multiplikatori qoidasini shakllantiring?
Download 6.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling