Fitosenologiya


Download 329.85 Kb.
bet105/121
Sana05.02.2023
Hajmi329.85 Kb.
#1167441
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121
Bog'liq
Fitosenologiya (1)

FITOSENOLOGIYA
fanining


ISHCHI O’QUV DASTURI


Bilim sohasi: - 100000 – Gumanitar soha


Ta'lim sohasi: - 140000 – Tabiiy fanlar
Ta'lim yo’nalishi: 5140100 – Biologiya (turlar bo’yicha)
Umumiy o’quv soati – 156 soat

Shu jumladan:
Ma’ruza – 24 soat (8 – semestr)
Seminar – 36 soat (8 – semestr)
Mustaqil ta’lim – 96 soat (8 – semestr)
Andijon - 2018
Fanning ishchi o’quv dasturi Andijon davlat universitetining 2018-yil “___”______ dagi “__” – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Fitosenologiya” fani dasturi asosida tayyorlangan.

Fanning ishchi dasturi Andijon davlat universiteti Kengashining 2018-yil “__”______ dagi “__” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.


Fanning ishchi o’quv dasturi Biologiya va ekologiya kafedrasining 2018-yil “____”______
dagi “____”-son yig’ilishida muxokama qilingan va tavsiya qilingan.
Tuzuvchilar:
A.S.Yuldashev – And.DU, Biologiya va ekologiya kafedrasi professori, b.f.d.
M.U.Tojiboyev – And.DU, Biologiya va ekologiya kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
A.To’xtaboyev – Tosh.DAU, Andijon filiali kafedrasi dotsenti
D.S.To’ychiyeva – And.DU, Zoologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n.

And.DU, Tabiiy fanlar fakul’teti
dekani: _____________ t.f.n., dots. To’xtaboyev N.X.

2018-yil “___”___________


Biologiya va ekologiya kafedrasi
mudiri: ____________b.f.n., dots. Naraliyeva N.M.

2018-yil “___”___________




1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Fitosenologiya fanini o‘qitishdan maqsad – o‘simlik jamoalari, ularning gorizontal va vertikal strukturasi, ularning tashqi muxit sharoitlariga moslashish qonuniyatlari, yer yuzida tarqalishi, o‘simlik jamoalarining shakllanishi, fitotsenozdagi jarayonlar va boshqa biologik va fitotsenotik xususiyatlari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
Fitosenologiya fanining vazifalari – talabalarda o‘simlik assotsiatsiyalari, formatsiyalari va tiplarini aniqlay olish usullarini, ekologik omillar va ularning o‘simliklarga va fitotsenozlarga ta’sirini, fitotsenozlar klassifikatsiyasi (sintaksonomiya) prinsiplarini amalda qo‘llay olishni o‘rgatishdan iborat.
“Fitotsenologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi: bakalavr:
- o‘simlik jamoalari to‘g‘risida umumiy tushunchalarni, flora bilan o‘simliklar qoplami o‘rtasidagi farqlarni, o‘simliklar sistematikasi bilan fitotsenologiya o‘rtasidagi farqlarni, sistematik kategoriyalar bilan sintaksonomik birliklar o‘rtasidagi farqlarni, fitotsenozlarning shakllanish qonuniyatlarini, ularni klassifikatsiyaga solish prinsiplarini va bu sohadagi turli ilmiy maktablarning qarashlarini bilishi kerak.
- talaba o‘simliklarning sistematik o‘rnini – qaysi sistematik birliklarga mansubligini mustaqil aniqlay olish, fitotsenozlarga ilmiy nom berish, dominantlik metodi yoki ekologo-floristik usulda fitotsenozlarni klassifikatsiyaga solish, fitotsenozlardagi yaruslilikni, ulardagi dominant va edifikator turlarni aniqlash; mutaxassislikka oid zamonaviy tadqiqot uslublarini bilish va ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- talaba fitotsenozlarni bir-biridan farqlay olish, geobotanik blankalarni to‘g‘ri to‘ldirish, gerbariylar yig‘ish va ularni to‘g‘ri, sifatli quritish, tajribalar qo‘yish, zamonaviy GIS texnologiyalaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lish kerak.

Fitosenologiya” fanidan mashg’ulotlarni mavzular va soatlar bo’yicha taqsimoti.






Download 329.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling