Fitosenologiya
“Turlar soni/maydon” egri chizig‘i
Download 329.85 Kb.
|
Fitosenologiya (1)
2. “Turlar soni/maydon” egri chizig‘i
O’simliklar qoplamida muayyan bir o’simlik turining populyatsiyalari ma’lum bir maydon birligida turlicha miqdorda va xilma-xil zichlik hosil qilib tarqalgan bo’ladi. Zichlik deb muayyan maydon yiki hajm birligi to’g’ri keluvchi tirik organizmlar miqdoriy ko’rsatkichiga aytiladi. Zichlik populyatsiyada statik ko’rsatkich hisoblanadi. O’simlik jamoasida populyatsiyalar tarkibidagi turning tuplar soni har xil jamoalar tarkibida xilma-xil bo’ladi. Tur tarkibidagi tuplar soni ortishi uyani zichlik ortishi bilan maydon ham kengayib boradi. Tur tarqalgan areallar hajmi ortib boradi. Turning tarkibidagi tuplar soni zichlikka to’g’ri proportsional bog’langan. Zichlik ortishi bilan har bir tupga to’g’ri keladigan maydon birligi kamayib boradi, yani bu ko’rsatkich bir-biriga teskari bog’langan. Turlar xilma-xilligi ko’plab omillarga bog’liq. Eng kichik masshtabda turlar xilma-xilligi o’tloqlarga tegishli. Bunday yerlar (Estoniya va Svetsiya)da 1 dm2 maydondagi o’lchov maydonchasida 40 taga yaqin tur uchraydi. Ayrim joylardagi dashtlar (Kursk)da 1 m2 maydonga 100 tagacha tur to’g’ri kelishi haqida ma’lumotlar bor. Mongoliyadagi dashtlarda 100 m2 maydonda juda kam, 20-40 tur tarqalgan. Shunday qilib turlarga boy bo’lgan fitosenozlar deb 100 m2 da 40dan ortiq turga ega bo’lgan xududlarga aytiladi. Undan kam bo’lgan turga ega bo’lgan fitosenozlar kambag’al fitosenozlar hisoblanadi. Turlar xilma-xilligi gradiyentlari haqidagi izlanishlar Uittekerga tegishli. Turlar xilma-xilligi har xil jamoalarda turlicha bo’ladi.Masalan, Rossiyada asosiy fitosenozlar quyidagicha turlarga ega. Pichan o’riladigan o’tloqlar – 40-60 ta tur Yaylov o’tloqlari – 20-30 ta tur Pichan o’riladigan dasht – 70-90 ta Yaylov dashtlar – 20-40 Segetal jamoalar – 10-20 Ruderal jamoalar – 5-15 Download 329.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling