Fitosenologiya
Sinmorfologiya haqida tushuncha va uning tuzilishi
Download 329.85 Kb.
|
Fitosenologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vertikal struktura
Sinmorfologiya haqida tushuncha va uning tuzilishi
O’simliklar jamoasidagi har qanday tushuncha oldiga albatta sin qo’shimchasi qo’yiladi va bu jamoadagi o’simliklarning birgalikdagi faoliyatini, xossa, belgi va xususiyatlarini o’zida mujassam qiladi. Sinmorfologiya o’simlik jamoalarining, o’simliklar va ularning qismlarining fazoviy kenglikdagi birgalikdagi joylashganligini o’rganadigan fitosenologiyaning bo’limi hisoblanadi. Yana bir boshqacha ta’rifi jamoa darajasidagi fiziognomika haqidagi bo’limdir. Sinmorfologiya bo’limi o’simlik jamoalarining vertikal va gorizontal strukturalarini o’rganadigan bo’limdir. Vertikal struktura Fitotsenozdagi turlarning yerustki va yerostki qismlari fazoda va tuproqda yarus hosil qilib joylashadi. Har bir fitotsenozda uning qavatlarga bo’linishi aniq ifodalanadi. Buni cho’l, adir, tog’ mintaqalarda va o’rmonlarda yilning to’rt faslida ham kuzatishimiz mumkin. Har bir fitotsenozda qavatlar soni jamoaning tur tarkibiga qarab 5 ta va ayrim hollarda bundan ko’p bo’lishi mumkinligi kuzatiladi. Har bir qavatda shu qavat uchun Harakterli o’simlik turlari joylashgan bo’ladi. Har bir yarus bitta ekologik qavat xisoblanadi. Tog’ mintaqasida birinchi qavatda doimiy ravishda daraxtlar, ikkinchi qavatda butalar, uchinchi qavatda chala butalar, eng pastki qavatda esa ko’p yillik o’tlar, efemerlar va moxlar o’sadi. Ushbu o’simlik turlarning hammasi muhit sharoitlarining o’ziga xos holda shakllanishiga sabab bo’ladi. Yaruslilik- pog’onalik o’rmon fitotsenozlarida aniq ko’zga tashlanadi. O’rmonlarda odatda, ko’pincha 5-6 yaruslilik bo’ladi. Birinchi yarusda daraxtlar, ikkinchi yarusda biroz pakanaroq daraxtlar, uchinchi yarusda butalar, to’rtinchi yarusda yarim butalar, beshinchi yarusda o’t o’simliklar keyin esa moxlar yarusi mavjud bo’ladi. O’t o’simlikli fitotsenozlarda, o’rmonlardagi fitotsenozlardek, ayniqsa, yaylov va botqoqliklarda yaruslilik unchalik yaxshi ko’zga tashlanmaydi. Ochiq yaylov dalalardagi fitotsenozlarda birinchi yarusni bitta yoki ikkita bug’doy (Poa bulbosa L.)doshlar oilasiga mansub turlar, yovvoyi arpa va bug’doyiq (Agropyron repens L) tashkil qiladi. Ikkinchi yarusda ham bug’doydoshlar oilasiga mansub boshqa turlar mavjud bo’ladi. Uchinchi yarusda esa burchoqdoshlar, sho’radoshlar oilasiga mansub sebarga turlari, to’rtinchi yarusda ham bug’doydoshlarga mansub turlari mavjud bo’ladi. Yaylovlarda ba’zan ikki va uch yarusli o’simliklar qoplami uchraydi. Ammo tabiatda bir yaruslm o’simlmklar qoplami deyarli uchramaydi. Markaziy Osiyoning sho’rhok cho’llaridagina bir yarusli o’simliklar qoplami uchrab, u yerda oqboyalish (Sa1so1a arbusculaeformis Drob), tatir (S.gemascens Pall), sho’rbuta- (S.dondraides. Pall), poshmak (S.leptoclada Gand), sertuk baliqko’z (S. arassa M.V), to’rgaycho’p (S.brachiata Pall) larning qavatidan iborat bo’ladi. Fitotsenozdagi yaruslilikka birinchi navbatda ekologik omillar ta’sir ko’rsatadi. Yaruslilik yerning iqlimiga va tuproq sharoitiga bog’liq bo’lib, ko’p yaruslik yuzaga chiqishida ta’sir ko’rsatadi. Eng murakkab yaruslilik bizda Hisor, Tyon-S’Hon tog’ tizmalarining o’rmonlarida uchraydi. O’simliklar jamoasining qoplamida yaruslik faqat yer usti organlarida kuzatilib qolmay, balki yer ostki organlarida ham xuddi yer ustki organlaridek pog’onalik mavjud. Fitotsenozdagi yer ostki ildiz sistemasining pog’onalarida eng ustki pog’onani yaylovlarda odatda qo’ng’irboshdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’g o’simliklarning ildiz sistemasi egallasa undan keyingi pog’onani o’q ildizli dukkakdoshlar, astradoshlar, labguldoshlar va boshqa oila vakillari egallaydi. Navbatdagi pog’onani esa bir yillik va ko’p yillik ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan yem-xashak turlar egallaydi. O’simliklar qoplamining fitotsenozlarida yer ostki va yer ustki organlarining pog’onaligi, ayniqsa, daraxt o’simliklarda sezilarli darajada kuzatiladi. O’simliklarda yer ustki va yer ostki pog’onalilik o’simliklarning qoplami qanday maydonda uchrashiga va zichligiga bog’liq bo’ladi. Agar o’simliklar o’sadigan maydonlarga harorat va yorug’lik yetarli bo’lsa, pog’onalilik shuncha yaxshi namoyon bo’ladi. Fitotsenozdagi pog’onalilik yil fasllarining almashinishida o’zgarib turadi. O’lkamizda bunday holat cho’l mintaqasida yaqqol namoyon bo’ladi. Erta bahorda bir yillik efemer o’simliklar keyingi fasllarda esa ko’p yillik efemeroid o’simliklar undan keyin esa buta va chala butalar almashinadi. Daraxt o’simliklarning ildiz sistemasining qavatliligi tuproqda boshqa turdagi o’simliklar ildizining yaxshiroq o’rnashishiga xalaqit qiladi. Shunday qilib, fitotsenozda murakkab hayotiy jarayon davom etadi. Muhitning abiotik omillari bir-biriga tasir ko’rsatish orqali uni malum yunalishga solib turadi. Ayni bir vaqtda o’simliklarning o’zlari ham biogeotsenozning barcha komponentlariga faol ta’sir ko’rsatadi va bu ularni o’rab turgan muhitini o’zgartiradi. O’simliklar bilan atrofidagi muhitning o’zaro tasir etish jarayonida tobora murakkabroq o’zaro aloqalar vujudga keladi. Download 329.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling