Fitosenologiya


Senopopulyatsiyalarning yosh davrlari va holatlari


Download 329.85 Kb.
bet32/121
Sana05.02.2023
Hajmi329.85 Kb.
#1167441
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121
Bog'liq
Fitosenologiya (1)

2. Senopopulyatsiyalarning yosh davrlari va holatlari
T. A. Rabotnov o`simliklar jamoasidagi o`simliklar senopopulyatsiyalari ular tarkibidagi o’simlik tuplarining yoshi bo`yicha quyidagi 4 ta asosiy davrlarga va 11ta yosh holatlariga bo`linadi:
Latent davri (birlamchi tinim davri) Bunda o`simlikning spora, urug’ yoki mevalari tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o`simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug’i hayotchanligini 3-4 kundan 3 haftagacha saqlaydi, ba’zi bir begona o`t o`simliklarning urug’lari esa bir necha o`n yillab saqlay oladi. Tuproq tarkibida turli o`simliklarning ko`p sondagi urug’larini uchratish mumkin. Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqish xususiyatiga ega. Shu bilan birga har yili o’simliklardan yangi urug’lar tuproqqa tushib turadi.
Pregenerativ davri. Bu davrda o`simlik nihol, yosh o`simlik va voyaga yetgan holatlarda kuzatilib, nihollar yosh o`simliklardan urug’palla barglarining bo`lishi, qator miqdoriy va sifat belgilari bilan farqlanadilar.
Bu davr maysa, yuvenil, immatur va virginil yosh holatlarini o’z ichiga oladi.
1. Maysa (p) – bu yosh holatidagi o’simlik yer yuzasiga unib chiqadi, o’simlikning gipokotil qismi, ko’rinib turadi hamda urug’pallabargi mavjud bo’ladi. Ildiz sistemasida asosan o’q ildiz va bir necha kam sondagi birinchi darajali ildizlar shakllangan bo’ladi.
2. Yuvenil (j)yuvenil yoshdagi o’simliklarning pallabargi va bir necha chinbargi bo’ladi.
3. Immatur (im) – bu yosh holatida o’simlik gurkirab rivojlangan, yani kuchli miqdoriy o’zgarishlarga va ko’plab chinbarglarga ega bo’ladi, ko’p xollarda pallabargi tushib ketgan, lekin hali o’simlik shoxlanmagan bo’ladi. Ildizlarida birlamchi va ikilamchi ildizchalar shakllangan bo’ladi.
4. Virginil (v) – bu yosh holatidagi o’simlik ko’plab shox-shabbalarga ega, vegetativ holati yaxshi bo’ladi. Bo’yi ancha o’sgan, lekin hali g’unchalamagan bo’ladi Ildiz sistemasi kuchli taraqqiy etgan, yani, tuproqqa chuqur kirib borgan, keng tarvaqaylagan holatga ega bo’ladi.
Generativ davr. Bu o`simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan ko`payishning boshlanishi bilan xarakterlanadi. Daraxt va butalarda, ko’p yilliklarda g’unchalash bilan birga ushbu davrga o’tiladi. Bu davr ham 3 ta yosh holatini o’z ichiga oladi:

Download 329.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling