Fitosenologiya


Download 329.85 Kb.
bet33/121
Sana05.02.2023
Hajmi329.85 Kb.
#1167441
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121
Bog'liq
Fitosenologiya (1)

1. Yosh generativ ( G1 ) ushbu yosh holatidagi o’simliklarda dastlabki generativ o’rganlar yuzaga chiqadi. G’unchalash va dastlabki gullashning boshlanishi ushbu yosh holatining asosiy morfologik belgisi hisoblanadi.
2. Yetuk generativ (G2 ) ushbu yosh holatidagi o’simliklar yoppasiga gullash holatida bo’ladi. Daraxtsimonlarda bir necha o’nlab yillarga, ko’p yillik o’tsimonlarda bu davr bir necha yilga teng bo’ladi. Bir yilliklarda bir necha hafta davom etadi. O’simliklarning reproduktiv imkoniyatlari eng yuqori darajaga yetadi.
3. Qari generativ (G3). Bu yosh holatiga o’tgan o’simliklarni ulardagi gullashning yakunlanishida va mevalashning boshlanishida hamda pishishida ko’rishimiz mumkin.
Postgenerativ (qarilik) davri. Bu davrda o`simlik yoshi ulg’ayishi bilan generativ ko`payish xususiyatini yo`qotadi, vegetativ holati yomonlashgan bo’ladi. Postgenerativ davr 3 ta yosh holatiga ajratib o’rganiladi.
1. Subsenil (ss) - o’simliklarning ushbu yosh holati tuplarning reproduktiv imkoniyatlari kamayishi bilan xarakterlanadi. O’simliklar gullaydi, lekin juda kam yoki umuman meva hosil qilmaydi.
2. Senil (s) - yosh holatiga o’tgan o’simlik tuplari deyarli gullamaydi va umuman meva hosil qilmaydi, shox-shabbalari orasida quriyotgan novdalar soni birmuncha ko’payadi.
3. Qurigan (x) – Ushbu yosh holatida o’simliklarda qurigan novdalar soni juda ko’payadi yoki o’simlik tupi umuman qurib qoladi.
3. O’simlik senopopulyatsiyalarining tiplari
Populyasiya tarkibida o`simlikning har xil yoshdagi davrlari uchratilib, bu turning jamoada turg’un saqlanib qolish holatini belgilaydi va uning normal hayot kechirayotganidan dalolat beradi. T. A. Rabotnov ma’lumotlari bo`yicha, o’simliklarning invazion, normal va regressiv tipdagi senopopulyasiyalar farq qilinadi.

Download 329.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling