Fitosenologiya
Download 329.85 Kb.
|
Fitosenologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Regressiv tip
- Nazorat savollari
Invazion tipdagi populyasiya deganda o`simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyasiya tushunilib, unda o`simlikni nihollar, yosh hamda voyagayetgan holatda uchratish mumkin. Bunday populyasiyaning urug’lari Fitosenozga tatshqaridan kelib qolib, jamoada eng muhim o`rinni eg’allatshi yoki mo`tlaqo yatshay olmasligi ham mumkin.
Regressiv tipdagi populyasiya generativ ko`payish xususiyatini yo`qotgan populyasiyadir. Ular odatda gullamaydi yoki gullasa ham urug’lari unuvchanlik xususiyatini yo`qotgan bo`ladi. Bu holat populyasiyani Fitosenozdan chiqib ketayotganligidan dalolat beradi. Normal tipdagi populyasiyada jamoada o`simlik taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to`liq o`tkazadi. Unda spora yoki urug’laridan tortib to voyagayetgan o`simliklarni uchratish mumkin. Senotik jihatdan olganda ular o`simliklar jamoasining asosiy populyasiyasi hisoblanadi. Fitosenozni xarakterlash vaqtida undagi o`simlik senopopulyatsiyalarining umumiy holati ham hisobga olinadi. Turlarning hayotiy holati quyidagi shkala bo`yicha ifodalanadi: 3-to`liq hayotiy holatda sharoit qulay bo`lib o`simlik o`sish, rivojlanish va taraqqiyotini to`liq o`tkazadi, ya’ni gullaydi va meva hosil qiladi. 2-o`rtacha hayotiy holatda o`simlikning generativ organlarining rivojlanishi uchun sharoityetarli bo`lmaydi, u faqat vegetativ fazada qoladi, gul va mevalar hosil qilmaydi. susaygan hayotiy holatda o`simlik zararlanganligi va kuchsiz o`sishi kuzatiladi. Nazorat savollari 1. Senopopulyatsiya deb nimaga aytiladi va bu kimlar tomonidan o’rganilgan? Senopopulyatsiyalarni o’rganishning qanday ahamiyati bor? O’simliklar populyatsiyasi qanday yosh davrlarini bosib o’tadi? Yosh holatlari va ularning ketma-ketligini tushuntirib bering Daraxtsimon o’simliklarning yosh davrlari va yosh holatlarini taxlil qilib bering Ko’p yillik o’tsimon o’simliklarda yosh holatlari qanday namoyon bo’ladi? Senopopulyatsiyaning invazion tipi qanday ko’rinishda bo’ladi? Regressiv senopopulyatsiyalarning normal senopopulyatsiyalardan farqli tomoni nimada? Download 329.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling