Fitosenologiya


- ma’ruza: Yillik o‘zgarishlar (flyuktuatsiyalar)


Download 329.85 Kb.
bet29/121
Sana05.02.2023
Hajmi329.85 Kb.
#1167441
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121
Bog'liq
Fitosenologiya (1)

9- ma’ruza: Yillik o‘zgarishlar (flyuktuatsiyalar)
Reja
1. Flyuktuatsiya haqida tushuncha
2. Ekotopik flyuktuatsiya
3. Fitoparazitar va zoogenetik flyuktuatsiya
4. Antropogen flyuktuatsiya
Tayanch so’z va iboralar: flyuktuatsiya, ekotopik flyuktuatsiya, fitoparazitar flyuktuatsiya, zoogenetik flyuktuatsiya, antropogen flyuktuatsiya

  1. Flyuktuatsiya haqida tushuncha

O’simliklar jamoasida siklik o’zgarishlar, yani doimiy qaytarilib turadigan o’zgarishlar bilan bir qatorda vaqti-vaqti bilan sodir bo’lib turadigan o’zgarishlar ham uchrab turadi. Bunday o’zgarishlar turli yillarda tabiiy muxitning keskin yoki mo’tadil o’zgarishlari natijasida, o’simliklar jamoasining ichki almashinuvi natijasida, turli yillarda hayvonot dunyosi vakillarining ta’siri natijasida sodir bo’ladi.
O’simliklar jamoasiningbiron bir maqsadga yo’naltirilnagan, qo’qqisdan sodir bo’ladigan va ortga qaytmas o’zgarishlari yig’indisi flyuktuatsiya deb ataladi. Flyuktuatsion o’zgarishlar kutilmaganda, qo’qqisdan sodir bo’ladi va biron bir maqsadni ko’zlamaydi, shuning uchun ham ortga qaytmaydi.
Flyuktuatsion o’zgarishlar natijasida o’simliklar jamoasida ba’zan juda katta, yirik, ba’zan unchalik yirik bo’lmagan o’zgarishlar sodir bo’ladi. Natijada o’simliklar qoplami, yani, jamoanig strukturasi, morfologiyasi o’zgaradi. Flyuktuatsion o’zgarishlar kelib chiqishiga va sabablariga ko’ra 4 guruhga bo’linadi.

  1. Ekotopik flyuktuatsiyalar

  2. Fitoparazitar flyuktuatsiyalar

  3. Zoogenetik flyuktuatsiyalar

  4. Antropogen flyuktuatsiyalar

  1. Ekotopik flyuktuatsiya

Ekotopik o’zgarishlar (suv toshqinlari, qurg’oqchilik, yong’in va h.k.z.)
Tabiatda o’z-o’zidan, ison ta’sirisiz sodir bo’ladigan turli tabiiy ofatlar va jarayonlar borki, ular o’z navbatida nafaqat fitotsenozlarga, balki barcha tirik organizmlarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida jamoalar strukturasi,yani, turlar tarkibi, hayotiy shakllari, fazoviy joylashishlari hamda miqdoriy vasifat ko’rsatkichlari ham o’zgaradi. Bunday xodisalar qatoriga vaqti vaqti bilan sodir bo’lib turadigan suv toshqinlari, zilzilalar, ko’chkilar, qurg’oqchilik, sellar, tabiiy yong’in kabilarni misol sifatida keltirishimiz mumkin. Bunday xodisalarning oqibatida esa o’simliklar jamoasining tubdan yoki qisman o’zgarishlari vujudga keladi.

  1. Fitoparazitar va zoogenetik flyuktuatsiya

Fitoparazitar flyuktuatsiya yoki o’zgarishlar o’simliklar dunyosida parazitlik bilan hayot kechiruvchi zamburug’larning hayot faoliyati natijasida yuzaga keladi. Masalan, shoxkuya, qorakuya, zang zamburug’i va h.k.z.
Fitoparazitar o’zgarishlar ham ana shunday parazit o’simliklar uchun qulay muxit sharoitida yuzaga chiqadi va o’simliklar qoplamining jiddiy zarar ko’rishiga sabab bo’ladi. Buning oqibatida ham o’simliklar jamoasi strukturaviy o’zgarishlarga uchraydi. Ayniqsa, parazit zamburug’lar bunday o’zgarishlarga sababchi bo’ladilar. O’simliklar jamoasining turlar tarkibi, yosh tuzilmasi, senopopulyatsiyalari sifat va miqdor jihatdan o’zgaradi.
Zoogenetik flyuktuatsiyalar yoki o’zgarishlar hayvonot dunyosining vakillari hisoblangan hasharotlar va kemiruvchilarning faoliyati bilan bevosita bog’liq. Muayyan yillarda ular sonining keskin ortishi bunday o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Turli yillarda ayrim hayvon o’rganizmlari uchun juda qulay yashash muxiti sharoitlari yuzaga chiqadi. Buning natijasida, ayrim hayvonlar, jumladan, turli zararkunanda hasharotlar, zararkunanda kemiruvchilarning soni keskin ortib ketadi. Bu xodisa fanda populyatsiya to’lqini deb ham ataladi. Natijada ular uchun ozuqa resurslari keskin kamayib ketadi. Oqibatda ular turli o’simliklarning kamayib ketishiga, ba’zan esa butun bir o’simliklar qoplamining yoq bo’lishiga ham olib keladi. Bunday xodisalar insoniyat tarixida turli yillarda kuzatilgan va salbiy oqibatlarga olib kelgan. O’simliklar qoplamining qayta tiklanishi uchun esa ko’p yillar zarur bo’ladi.
4. Antropogen flyuktuatsiya
Antropogen flyuktuatsiya yoki o’zgarishlar bevosita insonlarning ho’jalik faoliyati bilan bog’liq. Bunday faoliyatlarga o’simliklarni o’g’itlash, rekreatsiya jarayonlari, chorva boqish, tabiiy boyliklardan tartibsiz foydalanish, o’simlik resurslaridan shafqatsizlarcha foydalanish va h.k.z.lar kiradi.
Antropogen o’zgarishlar insonning tabiatga noto’g’ri munosabati, qishloq xo’jaligida agrotexnik tadbirlarni buzib qo’llashi natijasida kelib chiqadi. Insonning tog’ yonbag’irlarida dehqonchilik bilan noto’g’ri shug’ullanishi oqibatida tuproq eroziyasi jarayonlari tezlashib ketadi va o’simlik qoplamining tuzilishiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tabiatdan rekreativ maqsadlarda noto’g’ri foydalanish, tabiatda bo’lish madaniyatiga amal qilmaslik ham tabiiy muxitning ifloslanishiga, o’simliklarning payxon bo’lishiga olib keladi. Cho’l, adir va tog’li xududlarga yaqin joylarda yashaydigan mahalliy aholining ko’p sonli chorva hayvonlarini uzoq muddat bir joyda boqishi ham o’simliklarning floristik tarkibiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Vaqt o’tishi bilan bu yerlarda chorva hayvonlari emaydigan tikanli, zaharli bo’lgan ruderal osimliklardan iborat jamoalar shakllanishiga sabab bo’ladi. Lekin ushbu o’simliklarning ham o’simliklar jamoasida o’ziga yarasha o’rni bor. Ruderal o’simliklar jamoalarini o’rganish bo’yicha respublikamizda bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Download 329.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling