Mundarija kirish I- bob asosiy qism I fuqaro muhofazasi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1575038
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fuqoro muhofazasi tadbirlari rejalari va ularni tuzish11111111111111111111111



MUNDARIJA 
KIRISH 
I- BOB ASOSIY QISM 
I.1. Fuqaro muhofazasi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va
vazifalari
I.2. O`zbekistonda fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari 
II.BOB NAZARIY QISIM 

II.1. Fuqaro muhofazasi asosiy faoliyatining rejasi 
 
II.2. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 


KIRISH 
Vatanimiz milliy davlatchiligi va iqtisodiy mustaqilligi, qudratli in- 
tellektual salohiyatining yuksak bo`lishida siyosiy, huquqiy, ma‘naviy va 
ma‘rifiy yo`nalishlarda olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlar majmuasida, 
aholi va hududlarni turli vaziyatlardan muhofaza qilish, inson xavfsizligi va 
salomatligini saqlash alohida o`rin tutadi, shuning uchun ham bu soha milliy 
davlat siyosatining ustuvor yo`na lishlaridan biri hisoblanadi. 
Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov mazkur 
masalaning dolzarbligiga alohida e‘tibor berib, respublikamiz mustaqilligining 
dastlabki yillaridanoq «Siyosatimizning asl mohiyati aholi xavfsizligini 
ta‘minlash, ularni turli xil ofatlar va favqulodda vaziyatlardan himoya qilishdir» 
deb alohida ta‘kidlab o`tgan edilar. 
Jamiyat va tabiat asosi, uni o`z faoliyati bilan rivojlantiruvchi va 
boshqaruvchisi inson ekanligini e‘tiborga olib, uning hayot faoliyatini 
yaxshilash, e‘zozlash – taraqqiyot yo`lidagi muhim omil bo`lib hisob- lanadi. 
Shuning 
uchun 
ham, 
mustaqilligimizning 
dastlabki 
kunlaridan 
fuqarolarimizning hayot sharoitini yaxshilash, ularni turli ta‘sirlardan saqlash, 
har qanday holatda ham ehtiyot etib, muhofaza etish asosiy ezgu maqsad qilib 
olingan. 
Fuqaro muhofazasi tushunchasi o`z ichiga insonning jamiyatda, ishlab 
chiqarishda, yashashida, faoliyat olib borishida muhitning xavfsiz bo`lishi, 
tabiiy va texnogen xususiyatli vaziyatlardan saqlanishi, urush va terrorizm 
xurujidan himoyalanishi, tabiat va odamzot uyg‘unligini saqlashi, umuman 
olganda, insonning shu zamindagi hayotining xavfsizligini ta‘minlash 
tushuniladi. 
Ona sayoramizda ilk qadamlarni quygan hamda tafakkur imkoniyati 
darajasiga ko`tarilgan uzoq ajdodlarimiz yashash joylarida o`zlariga xavf solib 
turgan yirtqichlardan ham xavfli ofatlar bo`lishini tezda tushunib yetishgan. 
Chunki, o`sha davrlarda ham zilzilalar, vulqonlar, to‘fonlar, suv toshqinlari va 
boshqa tabiiy ofatlar insonlarning ojiz va ziyrak qabilalariga sezilarli zarar 


yetkazib turgan. 
Insoniyat XXI asrga qadam qo`yar ekan, o`tgan davr mobaynidagi 
sovuq urushlar, tinchlik davrlarida qo`llanilgan zamonaviy qurollar, turli 
ko`rinishdagi falokatlar va boshqa muammolarni tahlil qiladi va yangi asr 
bo`sag`asida bajariladigan tadbirlarni har tomonlama asoslagan holda belgilab 
oladi. 
XX asr poyonida xafsiz hayotni ta‘minlash masalalari eng dolzarb 
muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarishni yuqori taraqqiy et- gan 
texnologiyalar bilan ta‘minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush 
vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodni 
barqaror rivojlanishiga xavf solib turibdi. Shuning uchun eng muhim vazifalar 
O`zbekiston aholisi hayot faoliyatini va hududini turli xil vaziyatlardan muhofaza 
qilish, ekologik xavfsizlikni, ayniqsa fuqaro mehnati muhofazasini ta‘minlash 
hisoblanadi. Respublikamiz birinchi Prezidenti I.Karimov «O`zbekiston XXI asr 
bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» 
asarida «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy 
doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan» deb e‘tirof 
etgan edilar. «O`zbekiston XXI asr ga intilmoqda» asarida birnchi Prezidentimiz 
vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi to`g`risida batafsil to`xtab o`tgan 
edilar. 
Oldingi asrda ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol 
qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg`in qurollari va 
hujumkor vositalardan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo`lsa, hozirgi vaqtda 
fuqaro muhofazasi yangi ijtimoiy-iqtisodiy zaru- riyat asosida shakllanmoqda, 
mamlakatimizni va aholini turli falokatlar va halokatlardan saqlash ularning 
mehnatini, yashashini muhofaza etish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilmoqda. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling