Mundarija kirish I- bob asosiy qism I fuqaro muhofazasi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari
hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora-
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
fuqoro muhofazasi tadbirlari rejalari va ularni tuzish11111111111111111111111
hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora-
tadbirlari to„g„risida» gi qarori qabul qilingan. Bu qaror odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi ku- rash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish, shuningdek aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saqlashni tartib- ga solish maqsadida qabul qilingan bo`lib, unda jumladan shunday de- yiladi: qarovsiz qolgan it, mushuk va boshqa hayvonlarni tutish hamda qirib tashlash va ularni tayyorlov tashkilotlariga foydalanish uchun yetkazib berish vazifasi shaharlarda - O`zbekiston Respublikasi Kom- munal xizmat ko`rsatish vazirligiga, Qoraqolpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda O`zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining joylardagi korxonalariga, qishloq joylarda - O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligiga, uning veterinariya xizmati organlariga, o`zini-o`zi boshqarishning mahalla, ovul va shaharcha organlari (fuqaro lar yig`ini) ga yuklansin. Qoraqolpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jali- gi vazirligi va Kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi it tutish xizmatlari va brigadalarini, xo`jalikda kerak bo`lmagan hayvonlarni aholidan qabul qilib olish joylarini tashkil etish va mablag` bilan ta‘minlash, ularni ixti- soslashtirilgan transport, yonilg`i-moylash materiallari, hayvonlarni tu- tish qurollari bilan ta‘minlash uchun sarf-harajatlarni har yili mahalliy byudjetning xarajat qismida nazarda tutishlari; egasi bo`lmagan itlarning ro`yxatdan o`tkazilishi va har yili majburiy qayta ro`yxatdan o`tkazilishi ni ta‘minlashlari lozimligi ko`rsatib berilgan. O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jalik vazirligi har yili itlarni quturishga qarshi majburiy emlashni; quturish kasalligi ko`p uchrashi xavfi bo`lgan hududlarda mushuklar va qishloq xo`jaligi hayvonlarini quturishga qarshi profilaktik emlashni; quturishga qarshi samarali emlash vaksinalari zahirasi mavjud bo`lishini; hayvonlarning quturishi ustidan veterinariya nazorati tizimini tashkil etishni; hayvonlar quturgan joylarda ularning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik va tugatish yuzasidan veterinariya chora-tadbirlarining barcha majmuini o`tkazishni, shuning- dek, yo`q qilingan va nobud bo`lgan hayvonlarni ko`mib tashlashning sanitariya- veterinariya qoidalariga rioya qilinishini ta‘minlashlari lozim. O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi hayvonlar tishlab olganda tibbiy yordamga, albatta murojaat qilishlari to`g`risida aholi o`rtasida tushuntirish ishlarini olib borishlari; davolash-profilaktika muassasalarida quturishga qarshi vaksinalar va gammaglobulin zahira- lari mavjud bo`lishini ta‘minlashlari, quturishga qarshi yordam uchun murojaat qilgan barcha kishilarni zudlik bilan va to`liq hajmda profilak- tik davolashlari lozim. Qarorga aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlash qoidalari ilova qilingan bo`lib, u 3 ta bo`limdan iborat: 1 bo`lim - «Umumiy qoidalar», 2 bo`lim - «It, mushuk va boshqa uy hayvonlari egalarining burchlari» va 3 bo` lim - «Davlat organlari va hududiy jamo atchilik o`zini-o`zi boshqarish organlarining burchlari» deb nomlanadi. Birinchi bo`limda sotib olingan itlar majburiy ro`yxatdan o`tkazi- lishlari shartligi va har yili qayta ro`yxatdan o`tkazilishi lozimligi ko`r- satib o`tilgan. Ko`p qavatli uylarning alohida kvartirasida yon qo`shnilar ning roziligi bilan, kommunal kvartirada esa - ushbu kvatirada yashov- chilarning roziligi bilan bitta it va bitta mushuk saqlashga ruxsat beriladi. Respublika hududidagi barcha itlar, ular kimga qarashli ekanligidan qat‘iy nazar, zarur hollarda esa mushuklar ham, quturishning oldini olish uchun quturishga qarshi vaksinani qo`llash bo`yicha yo`riqnomada ko`zda tutilgan tartibda kasallikning oldini oluvchi ana shu vaksina bilan emlanishi shart. It, mushuk va boshqa uy hayvonlari egalarining burchlari: - itlarni veterinariya muassasalarida ro`yxatdan o`tkazishga va qayta ro`yxat dan o`tkazishga; - uy hayvonlarining umum foydalanish joylarni iflos qilishiga yo`l qo`ymaslikka; - it odamlarni yoki hayvonlarni tishlagan taqdirda uni darhol tek- shirish va 10 kun muddat ajratib qo`yish uchun veterinariya muassasasiga olib kelishga hamda birinchi va takroriy veterinariya ko`rigi haqidagi ma‘lumotnomani veterinariya muassasasidan olishga va uni tezda tishlashdan jabrlangan shaxsga topshirishga majburdirlar. Qoidalarni buzgan fuqarolarga jarima solinadi, qoida takroran buzilgan taqdirda esa, agar ushbu qoida buzishlar jinoiy javobgarlikka olib kelmasa, ularning hayvonlari olib qo`yiladi. O`zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish», «Fuqa- ro muhofazasi» to`g`risidagi qonunlari va Favqulodda vaziyatlar vazirli- gining 2008 yil 3 sentyabrdagi 140-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan «Aholini favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo`riqnoma» ijrosini ta‘minlash maqsadida oliy ta‘lim talabalariga «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani alohida ilmiy metodologiyaga asos- lanib o`qitilishi, shu buyruq asosida hayot faoliyati xavfsizligi fani quyidagi ko`rsatilgan to`rt bo`limdan iborat: - hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari; - fuqaro muhofazasi; - yong`in xavfsizligi; - birinchi tibbiy yordam ko`rsatish. Shu bilan birga barcha bakalavrlar malakaviy bitiruv ishi va magis- trlik dissertatesiyalarida alohida bo`lim bajarilishi ko`rsatildi va masla- hat ishi uchun 2 soat (har bir talabaga) hamda ular «Fuqaro muhofazasi» fanidan mashg`ulotlar olib borgan o`qituvchi bevosita ishtirokida amalga oshirilishi ta‘kidlab o`tildi. Fuqaro muhofazasi fanini o`qitishdan maqsad – inson hayot faoliyati xavfsizligini tashkil etuvchi hayot faoliyati xavfsizligi nazariy asoslaridan kelib chiqib, turli vaziyatlarda fuqaro muhofazasi, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulotdda vaziyatlardan, ayniqsa yong`in- dan saqlanish, mehnat muhofazasiga amal etish va turli jarohatlar olin- ganda dastlabki tibbiy yordam ko`rsatish, umuman inson hayotini izdan chiqaruvchi barcha xavflardan himoyalanish uchun zarur bo`lgan himoya vositalarini tanlash va qo`llash qoidalarining mohiyatini biladi- gan malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Fanning vazifasi – davlat standartlari asosida fanni o`rganish jarayonida talabalarga yuqori saviyada bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga fan inson faoliyatining ishlab chiqarishdagi faoli- yati bilan chegaralanmasdan, uning yashash muhiti, turli xildagi tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan saqlanish, tabiat va odamzot uyg`unligini yaxshi tushunish, tabiatga mulohaza bilan, uning muvozanat zanjirini uzilib ketishidan ehtiyot qilgan holda yondoshish masalalarini inson ongiga singdirish vazifasini bajaradi. «Fuqaro muhofazasi» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, fuqaro muhofazasining nazariy asoslarini, ya‘ni fanning mohiyati, asosiy tushunchalari, tarkibiy qismi, huquqiy asoslarini; fuqaro muhofazasi bo`yicha O`zbekistonda tashkil etilgan ishlar, hozirgi zamon urushi xususiyatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar va undagi fuqaro muhofazasi; fuqaro muhofazasida qo`llaniladigan nazorat va shaxsiy asboblar va himoya vositalarini qo`llash, tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan biri bo`lgan yong`in xavfsizligi hamda yuqori da keltirilgan vaziyatlarda jarohatlanganlarga dastlabki tibbiy yordam berish; sog`lom va qulay mehnat sharoitlarini yaratish usullari, iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar tuzishda, sohaga doir ishlarni tashkil etishda fuqaro muhofazasi talablarini hisobga olish, inson hayot faoliyati davrida turli salbiy omillardan himoyalanish usul va vositalari to`g`risi- dagi malakasini bilishi kerak; - Fuqaro muhofazasi tahliliga oid ko`rsatkich (tavsif) va miqdoriy kattalik (qiymat) larni o`lchay olish hamda ularni iqtisodiy va xavfsizlik nuqtai nazaridan baholash; o`z kasbiy faoliyatini; fuqaro muhofazasi bo`yicha sifat va miqdoriy jihatdan baholash, qulay va sog`lom mehnat sharoitlarini yaratish bo`yicha turli tadbirlarni ishlab chiqish hamda amaliyotda qo`llash; dan bilim, ta‘lim va tarbiya berishning samarali usullarini amaliyotga joriy etish bo`yicha fuqaro muhofazasi ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak; - talaba mustaqil ravishda mehnat faoliyatida, favqulodda vaziyat- larda, ayniqsa yong`in vaqtida fuqaro hayot faoliyati xavfsizligini ta‘min lash, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish malakalariga ega bo`lishi kerak. «Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanini o`qitishdan maqsad talabalarga aholini, hududlarni, xalq xo`jaligi ob‘ektlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iboratdir. Shu bilan birga, talabalarni turli xil vaziyatlarni umumiy tavsilotlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, talafotlarni kamaytirish va ularni oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha fuqaro muhofazasini tadbirlari bilan tanishtirish; oliy o`quv yurtlarining xalq xo`jaligi inshooti sifatida ularni komanda-boshqaruv tarkibi va harbiylashmagan tuzilmalari faoliyatining mohiyatini, moslangan o`quv- moddiy bazasini, oliy o`quv yurtida beriladigan mutaxassisligiga mos fuqaro muhofazasi tuzilmalarini xizmatini qo`llab hal etadigan fuqaro muhofazasi masalalarini o`z ichiga oluvchi tadbirlar ning yagona tizimini o`rgatish; talabalarda O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligini ta‘minlashda fuqaro muhofazasi masalalarini, tadbirlarini muhimligini hamda vaziyatlarda jarohatlanganlarga va o`ziga-o`zi yordam ko`rsatish bo`yicha mas‘uliyat va burch hissiyotini tarbiyalash; talabalarga vaziyatlar xavfi bo`lganda va ro`y berganda ularning harakatlarida axloqiy-ruhiy barqarorlik sifatlarini singdirish; talabalarga vaziyatlarda birga harakat qilish, aholini muhofaza qilish, vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmas ishlarni tashkil qilish va o`tkazish asoslarini, xalq xo`jalik bino- inshootlarini (korxonalarini) barqaror ishlashini kuchaytirish uskunalarini o`rgatish hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling