Mundarija kirish I- bob asosiy qism I fuqaro muhofazasi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1575038
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fuqoro muhofazasi tadbirlari rejalari va ularni tuzish11111111111111111111111

 
 
 


I- BOB ASOSIY QISM 
I.1. Fuqaro muhofazasi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari 
Yuqorida qisqa keltirilgan tahliliy materiallardan ko`rinib turibdiki, barcha 
bo`layotgan vaziyatlarda, ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining 
funksional va hududiy quyi tizimlari, korxona va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi 
bo`yicha mutaxassisliklari uchun yuzaga kelishi mumkin bo`lgan vaziyatlarning 
oldini olish, bartaraf etishda tezkor harakat qilish, profilaktik chora- tadbirlarni ishlab 
chiqish, aholini, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda to`g`ri harakat qilishga 
o`rgatishda hayot faoliyati xavfsizligi fani muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buning muhimligini nazarga olgan holda 1996 yil 4 martda O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil 
etildi va barcha vaziyatda fuqaro muhofazasi vazifalari shu vazirlikka yuklatildi. 
(№1378 PF) . 
Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari kabi Respublikamiz hukumati XXI 
asr bo`sag`asida aholining xavfsizligini ta‘minlash borasida shu kunning dolzarb 
qonun va qarorlarini qabul qilib, ularni ijro etish bo`yicha qator tadbirlar 
o`tkazmoqda. 
O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida» gi (1997 yil 27 avgust), 
«Aholini va hududlarni tabiiy, hamda texnogen xususiyatni favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish to`g`risida» gi (1999 yil 20 avgust) va «Fuqarolar 
muhofazasi to`g`risida» gi (2000 yil 26 may) qonunlarini hamda Vazirlar 
Mahkamasining 1998 yil 9 dekabrdagi 
«O`zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muho- faza qilishga 
tayyorlash to`g`risida» gi 427-sonli qarorini, O`zbekiston Respublikasi «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi» ni (1997 yil 27 avgust) amalga oshirishni ta‘minlashda 
umumiy o`rta maktablarida «Hayot xavfsizligi asoslari», o`rta maxsus kasb hunar 
ta‘limi tizimida «Fuqaro muhofazasi asoslari va hayot xavfsizligi», oliy o`quv 
yurtlarida «Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar» yoki (2003 yildan) 
«Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanlarini o`qitishni tashkil qilish ta‘lim 


ning uzluksizligini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
«Fuqaro muhofazasi to`g`risida»gi qonunning 16 va 18-modda larida umum 
ta‘lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlarida, 
ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulod- da vaziyatlarda harakat qilishga 
o`rgatish va fuqaro muhofazasi sohasi bo`yicha o`qitish umumiy va majburiydir, deb 
ta‘kidlangan. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling