Mundarija kirish I- bob asosiy qism I fuqaro muhofazasi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari
bilan bog„liq bo„lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
fuqoro muhofazasi tadbirlari rejalari va ularni tuzish11111111111111111111111
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O`zbekiston Respublikasida odamlar va
bilan bog„liq bo„lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni
bartaraf etish chora-tadbirlari to„g„risida» gi 201- sonli qaroridir. Qarorda ko`rsatilishicha, respublika davlat hokimiyat organlari tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ularning oqibatlarini tugatish bora- sida muayyan tajriba orttirganlar. Shu bilan birga har yili sel, toshqin, o`pirilish va ko`chkilar tufayli yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar katta vayronagarchiliklarga sabab bo`ladi, respublika xalq xo`jaligiga jiddiy zarar etkaziladi, ba‘zan esa odamlarning o`limiga sabab bo`ladi. Masalan, qaror qabul qilingan vaqtda respublikada 400 ga yaqin aholi yashash joylari va 300 dan ortiq xalq xo`jaligi ob‘ektlari xavfli zonalar da joylashgan edi. Sel, toshqin oqimlarini talofatsiz oqizib yuborish, ko`chki hodisa- larining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi quyidagicha qaror qabul qildi: «Joylarda tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, shuningdek, odamlarning to`liq xavfsizligini ta‘minlash bo`yicha ishlarni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokim- lari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklansin». Qarorda O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo`mitasi tax- min etilayotgan tabiiy ofatlarni kataloglashtirish va pasportlashtirish asosida oldini olish chora-tadbirlarining asoslangan tizimini ishlab chi- qishi, selga, ko`chkiga va shu kabilarga qarshi chora-tadbirlar birinchi navbatda loyihalashtirilishi lozim bo`lgan hududlarni aniqlashi lozimligi alohida ta‘kidlangan hamda turli vazirlik va idoralarning vazifalari aniq, ravshan ko`rsatib berillgan. Favqulodda vaziyatlar vaziri huzurida har yili vazirliklar, idoralar, hokimiyatlar rahbarlari va favqulodda vaziyatlar boshqarma boshliqlari bilan toshqin, sel va ko`chki xavfi mavsumiga tayyorgarlik bo`yicha yi- g‘lishlar o‘tkaziladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya qo`mitasi, Gidrometerologiya Bosh boshqarmasi xodimlari, mahalliy idora rahbarlari ishtirokida yer ko`chkisi, suv va sel toshqinlari ro`y beradigan hududlar nazoratdan utkaziladi. Masalan,1999 yilda tekshirishlar natijasida baland tog‘ hududlarida joylashgan 238 ta xavfli ko‘llar, 46 ming m 2 hududdagi suv va sel toshqinlari ro`y bera digan joylar, 27 ming m 2 sel toshqinlarini yigish inshootlari,mingga yaqin suv va sel toshqinlari ro`y beradigan daryo,soylar aniqlangan. Joylardagi imkoniyatlardan biri muqobil xizmatchilari hisobiga ix- tiyoriy avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil qilish,ularni zarur kiyim- kechak, asbob- uskunalar bilan ta‘minlash va umuman moliyaviy, mod- diy texnik zahiralarni to`plash ishlarini tashkil qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Hal qilinmagan muammolar qatoriga ko`chki va tosh- qin xavfli hududlaridan aholini ko`chirish; sel kelishi holatlarini oldindan bilish; xavfli joylarda yangi qurilishga yo`l qo`ymaslik; rahbar xodimlarni va aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va shu sharoit- larda xavfli joylarda yashayotgan aholimizni ijtimoiy himoya qilish maqsadida sug`urta tizimlaridan tula darajada foydalanish muammolari kiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18 yanvardagi 32-sonli «O`zbekiston Respublikasida odamlar va Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling