Fitosenologiya


Suksessiyaning kelib chiqish sabablari


Download 329.85 Kb.
bet78/121
Sana05.02.2023
Hajmi329.85 Kb.
#1167441
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121
Bog'liq
Fitosenologiya (1)

2. Suksessiyaning kelib chiqish sabablari
3. Fitosenozning almashinish xillari
Tayanch so’z va iboralar: suksessiya, birlamchi, ikkilamchi, ichki sabab, tashqi sabab, endodinamik, ekzodinamik, fitosenotik, singenetik, endoekogenetik, gologenetik, ekzoekogenetik
1. Qaytmaydigan va o’simliklar jamoasini muayyan yo’nalishda o’zgarishiga yo’naltirilgan hamda bir fitosenozning o’rnini boshqasi egallaydigan o’zgarishlar yig’indisi suksessiya deb ataladi. Suksessiyalarning 2 xil tipi farqlanadi:

  1. Birlamchi suksessiyalar

  2. Ikkilamchi suksessiyalar

Birlamchi suksessiyalar odatda avval o’simliklar qoplami bo’lmagan joylarda yuzaga chiqadi.
Ikkilamchi suksessiyalar esa odatda biror bir xududdagi o’simliklar yoq qilingandan keyin uning o’rnida shakllanadi.
Ikkilamchi suksessiyalar birlamchi suksessiyalardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:

  1. Tuproq qatlami shakllangan bo’ladi

  2. Tuproq faunasi va ko’plab miroorganizmlar mavjud bo’ladi.

  3. Tuproqda sporalar, urug’lar va tinim davridagi organlar bo’ladi.

  4. O’simliklarning ayrim qismlari saqlangan bo’lishi mumkin.

Ikkilamchi suksessiyalar suksessiyalarning kelib chiqishiga odatda, yong’inlar, o’rmonlarni kesish, surilmalar, o’simlilarning turli zararkunandalar ta’sirida zararlanishi va yoq qilinishi sabab bo’ladi. Ko’p xollarda ikkilamchi suksessiyalar dastlabki ko’rinishga, fitosenozning buzilmasdan oldingi xolatiga yo’nalgan bo’ladi. Suksessiyalar natijasida bir o’simlik qoplami boshqasi bilan almashadi.
Fitotsenozlarning o'zgarishidan tashqari ularda almashinuv ya'ni bir fitotsenoz o'rnini ikkinchisi egallashi ham kuzatiladi. Almashinishning o'zgarishdan farqi u qaytarilmas jarayondir.
O'simliklar qoplamida fitotsenozlarning qaytarilmas qayta shakllanishi va bir fitotsenozning ikkinchisi bilan almashinish jarayoni fitotsenozlarning almashinish yoki suktsessiya, suktsession o'zgarishlar deb ataladi. Suktsessiya so'zi lotincha succedo-kimning yoki nimaning orqasidan boraman degan ma'noni anglatadi.
Fitotsenozlardagi o'zgarishlar ya'ni mavsumiy va yillik(turli yillarda) o'zgarishlar fitotsenoz chegarasida ro'y beradi. Suktsession o'zgarishning asosiy mazmuni bir fitotsenozning o'rini ikkinchi bir fitotsenoz egallashidir, ya'ni ularni rivojlanish hodisasi deb tushunish kerak.
Fitotsenozlar almashinishini o'rganishning amaliy ahamiyati juda kattadir. Inson xo'jalik faoliyatida bevosita yoki bilvosita fitotsenozlar suktsessiyasiga duch keladi. Qishloq xo'jaligi va o'rmon maydonlarining yomonlashish hodisalari suktsessiya natijasidir. Xo'jalik faoliyati uchun foydali suktsessiyalar ham bo'ladi, bu inson aralashuvisiz kechadigan suktsessiyalardir: o'rmonda tuproq jinsining yaxshilanishi, tabiiy botqoqlashish, yaylovlarning o'z-o'zidan tiklanishi va hakozolar. Inson o'simliklar qoplamini o'zining foydasiga yaxshilashga urinadi. Natijada u fitotsenozlar almashinishiga sabab bo'ladi. Bunday ta'sir suktsessiyaning tezlashishiga yoki sekinlashishiga, yoki umuman boshqa yo'nalishga burilib ketishiga sabab bo'ladi. O'simliklar qoplamini boshqarish suktsessiyani boshqarishga olib boradi: foydali almashinishni amalga oshirish, zararli almashinishning oldini olish, almashinish tempini tezlashtirish yoki susaytirish. O'simliklar qoplamini boshqara olish uchun suktsessiya mexanizmi va tempini, sabablarini bilish kerak.
2. Jamoalarning almashinish sabablari turlicha. Suktsessiya sabablaridan biri-ichki, ya'ni fitotsenoz tabiati bilan bog'liq bo'lsa, boshqasi-tashqi-fitotsenozlarga tashqi omillar ta'siri bilan bog'liq. Har ikkala sabab ham bir-biri bilan bog'liq holda bir vaqtda ta'sir etadi. Ichki sabab ta'siri tashqi sababning qulay yoki noqulay ta'siri ostida tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin.
Ichki sabablardan biri-o'simliklarning ko'payishi va uning oqibatlari. O'simliklarning ko'payishga bo'lgan qobiliyati ularning yashash muhiti sharoitiga moslashishida namoyon bo'ladi. Muhit sharoitiga moslashish fitotsenozning ba'zi turlarida yuqori bo'lsa, boshqalarida esa sustroq. SHuning uchun birinchilarining populyatsiyasi son jihatidan ikkinchilaridan ustunlik qiladi va fitotsenozda ko'proq maydonni egallaydi. Bunda «joy uchun kurash» vujudga keladi. Bu kurash bir tur individlari orasida ham kuzatiladi.
Ikkinchi shunga o'xshash sabab, bu «oziq uchun kurash» (yorug'lik, suv, oziq moddalar) bo'lib, fitotsenoz komponentlari orasida to'xtovsiz davom etadi. Bu yerda ba'zi turlarda oziqni o'zlashtirish qobiliyati yuqori bo'lsa, boshqalarida esa kamroq. Oziqni sustroq o'zlashtiradigan tur individlarining hayotchanligi pasayadi va ularning ba'zilarining nobud bo'lishiga olib keladi. Natijada qobiliyati yuqori turlar individlari uchun joy bo'shaydi. Bu jarayon fitotsenoz tarkibi va tuzilishini o'zgartiradi.
Uchinchi sabab-tashqaridan mazkur fitotsenozga o'simliklar turlarining migratsiyasi. Agar migrantlar ushbu fitotsenozda o'zlari uchun qulay sharoitga ega bo'lgan joy topa olsa, ular fitotsenoz komponentlari qatoridan joy oladi. Natijada fitotsenozning floristik tarkibi va tuzilishining o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Suktsessiyaning to'rtinchi ichki sababi shundan iboratki, har qanday fitotsenoz yashash sharoitining havo va tuproq muhitiga ta'sir etib uni o'zgartiradi. Fitotsenoz shakllanishida bu ta'sir foydali bo'lishi mumkin. Biroq keyinchalik yashash joyining qayta shakllanishi shu darajaga borishi mumkinki, natijada fitotsenoz turlarining biri uchun foydali bo'lsa, boshqalari sonining kamayishiga sabab bo'ladi. Bu jarayon ba'zi turlarning ko'payishini tezlashtirsa, boshqalarinikini esa susaytiradi, tashqaridan migrantlarning kirib kelishiga sabab bo'ladi.
Suktsessiyaning beshinchi sababi o'simliklar evolyutsiyasi. Bu fitotsenoz turlarining boshqa turlar bilan almashinishining eng sekin kechadigan jarayonidir.
3. Ko'pincha suktsessiya uning almashinish sabablari asosida klassifikatsiya qilinadi. Dastlabki shunday klassifikatsiya 1915 yil V.N.Sukachev tomonidan tavsiya qilingan. 1954 yilda Sukachev suktsessiyani quyidagicha klassifikatsiya qiladi:
1.Endodinamik
- singenetik
- endoekogenetik
2. Ekzodinamik
- gologenetik
- ekzoekogenetik
3. Fitotsenogenetik.
Singenetik almashinish o'simliklarning ko'payishi va tarqalishi natijasida amalga oshib, bir fitotsenoz o'rnida ikkinchisining shakllanishiga sabab bo'ladi.
Endoekogenetik almashinish fitotsenoz muhitining uning hayot faoliyati bilan birga o'zgarishi natijasida vujudga keladi. Almashinishning bu ikki kategoriyasi endodinamikdir, ya'ni ularning manbai fitotsenozning o'zi, uning o'simliklari xususiyatlari, fitotsenoz faoliyati(muhitga ta'siri) hisoblanadi.
Keyingi ikki almashinish kategoriyalari ekzodinamik almashinish tarkibida bo'lib, tashqi kuchlar ta'sirida amalga oshadi. Ekzodinamik tarkibidagi gologenetik almashinish nisbatan yirik birlik, masalan butun geografik muhitning o'zgarishi bilan bog'liq.
Ekzodinamik almashinish tarkibiga ham kirib, ekologik sharoitning o'zgarishi, ya'ni tashqi sabab ta'siri ostida ro'y beradi.
Ekzoekogenetik almashinish o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi: 1) klimatogen; 2) edafogen;
3) geomorfogen; 4) zoogen; 5) antropogen.
E n d o e k o g e n e t i k almashinish bu o’zgarishlar singenetik o’zgarishlarning keyingi bosqichi bo’lib, bunda jamoa o’zining ma’lum bir qat’iy muhitiga ega bo’ladi. Uning navbatdagi o’zgarishi jamoaning yangidan muhit hosil qiluvchi o’zgarishini ifodalaydi. Endoekogenetik almashinish-deganda, fitotsenoz o’zi yashab turgan sharoitni- fitotsenozning ichki muhitini o’zi tomonidan o’zgartirilish natijasida kelib chiqadigan almashinuvga tushiniladi. Klements aytganidek, fitotsenoz o’z tabiatidan kelib chiqadigan sabablarga ko’ra rivojlanadi, yetiladi va nobud bo’ladi va boshqa fitotsenozga o’rin bo’shatib beradi.
E k z o e k o g e n e t i k almashinish—bu jamoaga tashqaridan bo’ladigan tasodifiy hodisalar orqali tasir ko’rsatiladi. Hashoratlarning ko’payib ketishi, yer ko’chkilarining hosil bo’lishi, yer surilishi kabi hodisalar ro’y beradi. Ba’zan bunga inson ta’sirini ham kiritish mumkin. Masalan yong’inlar bo’lishi, yoppasiga kesish, surunkali chorva mollarini boqish va hakozolar. Ekzoekogenetik almashunuvlar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
a) klimatogen (iqlimiy), b) geomorfogen, v) edafogen, g) zoogen, d) antropogen.
K l i m a t o g e n almashinuvlar. Bu almashunuvni iqlimiy almashunuv ham deb ataladi. Iqlimiy o’zgarishlar natijasida fitotsenozning ma’lum bir qismi o’zgarishi ham mumkin. Ba’an to’liq o’zgaradi. Masalan uchlamchi davr oxirida iqlimning sovub ketishi natijasida o’sha davr florasining juda kambag’allashb ketishiga asos bo’lgan. Natijada florada faqatgina sovuqqa chidamli turlar hukmron bo’lib qolgan.
G e o m o r f o g e n almashinuvlar. Bu almashunuv Yer shari landshaftining o’zgarishi bilan bog’liq. P. D. Yaroshenko fikriga ko’ra, bu xil o’zgarishlar tog’ massivlarining ko’tarilishi, yer qobig’ining to’lqinsimon tebranishi natijasida kelib chiqadi. Tog’ massivlarining ko’tarilishi natijasida iqlim ham o’zgaradi, shu bilan birga balandlik pog’onalari ham shakllanadi.
E d a f o g e n almashinuvlar. Edafogen almashinuvlar tuproq muhiti, yani uning tarkibi va tuproq eritmasining o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi.
Z o o g e n almashinuvlar. Hayvonlar natijasida bo’ladigan almashunuvlar. Bunga yaylovlarning degradasiyaga uchrashi yaxshi misol bo’la oladi. Bundan tashqari ba’zi bir turlarga turli xil kasalliklarning yuqishi natijasida nobud bo’lishi ham misol bo’la oladi.
A n t r o p o g e n almashinuvlar. (Biz bu haqda fitotsenozga inson faoliyatining salbiy ta’siri haqida antropogen omillar mavzusida misollar keltirgan edik.) Bunday almashinuvlar o’simliklar qoplamining o’zgarishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Filotsenogenetik almashinish o'simliklar turlarining evolyutsion o'zgarishi hisobiga fitotsenozlar hosil bo'lish natijasidir.
Suktsessiyani sabablariga ko'ra ajratish bilan bir qatorda tezligiga (tempiga) ko'ra ham ajratiladi. Bular:
1. Katastrofik (qo'qqisdan);
2. Qisqa muddatli (nisbatan tez kechadigan almashinish, bevosita kuzatish imkoni mavjud);
3. Uzoq muddatli (o'nlab va hatto yuz yillar davomida);
4. Asriy (juda sekin, asrlar davomida, ya'ni ko'p yuzyilliklar va ming yilliklar davomida).
Katastrofik almashinish o'rmonlarning yalpi kesilishi, yangi yerlar o'zlashtirilishi, yong'in, vulqon va lava ta'sirida sodir bo'ladi. Bu almashinish hamisha ekzodinamikdir. Payhon bo'lgan fitotsenoz o'rniga yangisi shakllanadi.
Qisqa muddatli almashinish tashlandiq va qo'riq yerlarning qayta tiklanishida, o'tloq va o'rmon o'simliklari qoplamida mol boqilishi natijasida kuzatiladi.
Uzoq muddatli almashinishga yongan va yalpi kesilgan yel o'rmonlari negizida qayin yoki qarag'ay o'rmonlarining, yoki bo'lmasa yel o'rmonlarining hosil bo'lishi misol bo'ladi.
Asriy almashinishga klimatogen va filotsenogenetik almashinishlar kiradi.
Muayyan bir xududda uchraydigan barcha o‘simlik turlarining xilma xillik darajasi alfa xilma-xillik deb yuritiladi. Har bir xudud o‘zining shart sharoitlari bilan bir biridan farq qiladi va har xil o‘simlik turlarining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Turlar soni (tuplar soni emas) qanchalik ko‘p bo‘lsa, alfa xilma-xillik shunchalik yuqori hisoblanadi va aksincha, qanchalik kam bo’lsa, shunchalik past bo’ladi.

Download 329.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling