Fizik ixtirolarning inson hayotidagi ahamiyati


Download 36.9 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi36.9 Kb.
#167680
Bog'liq
17.Nazarova S.M


FIZIK IXTIROLARNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Nazarova Sadoqat Mardonovna

Navoiy viloyati Zarafshon shahar

8- maktab fizika fani o’qituvchisi

Telefon: +998(93) 319 24 17

sadoqat1512@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan fizik ixtirolar haqida fikr yuritilgan. Shuningdek ushbu ixtirolarni yaratgan olimlar va ularning yaratilish tarixi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: ixtiro, elektr toki , induksion tok, bug’ dvigateli, choʻgʻlanma lampa, transistor.

XXI asrni zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, ammo bu yo'l bosib o’tilguncha ancha mashaqqat chekildi. Hozirgi kunga kelib har kuni ixtirolar qilish mumkin bo’lgan ko'plab laboratoriyalar mavjud, lekin shunday ixtirolar borki, ular bir necha asr tarixga ega bo’lib, zamonaviy ilm-fanning asosi hisoblanadi. Zamonaviy ixtirolarning deyarli barchasi avvalgi ixtirolarga asoslangan. Mana shunday texnologiyalar asriga poydevor qo'ygan ayrim ixtirolar bilan tanishamiz.

Elektr toki. Ma’lumki bugungi kunda deyarli barcha texnikalar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Elektr so’zining kelib chiqishi qadimgi yunonlarga tegishli. Yunonlar ingnabargli daraxtlar qoldig’ining toshga aylangan smolasini “elektron” deb atashgan. “Elektr” so‘zi shundan kelib chiqqan. Miloddan avvalgi 8-asrda ishqalangan jismlarning tortishish hodisasini birinchi bo’lib yunon olimi Fales Miletskiy aytgan. “Elektr” atamani esa fanga birinchi bo’lib 1600 yilda ingliz shifokori Uilliam Gilbert kiritdi. Shundan so’ng ko’pgina olimlar eletr toki ustida izlanishlar olib borishdi va bu izlanishlar natijasida turli nazariyalar hamda ixtirolar yaratildi. Bu ixtirolar ichida eng muhimi M. Faradey tomonidan butun boshli zamonaviy sivilizatsiyaning tamal toshi bo’lib xizmat qilgan induksion elektr toki olishni ixtiro qilgani edi. Ushbu ixtiro statik va galvanik elektr hodisalarining barcha ijobiy jihatlarini o’zida nomoyon qilgan va yirik sanoat korxonalarini quvvat bilan ta’minlashdan tortib butun boshli shaharni yoritib berish imkonini beradigan mukammal elektr toki edi.

Bug'  dvigateli. Insoniyat aksariyat ixtirolari bilan inson mehnatini yengillashtirishga harakat qilgan . Ayniqsa bug’ dvigatellarining yaratilishi olamshumul yangilik bo’ldi. Bug' dvigateli ixtiro qilinishidan oldin, mahsulotlarning aksariyati qo'l mehnati orqali yaratilgan. Sivilizatsiya tarixidagi qisqa vaqt ichida ro'y bergan eng katta o'zgarishlardan biri bo'lgan sanoat inqilobi bug ' dvigateli tufayli oldinga siljidi.

Bug'dan mashinalarni quvvatlantirish uchun foydalanish g'oyasi ming yillar oldin paydo bo'lgan, ammo 1712 yilda ingliz olimi Tomas Nyukomen bu energiyani birinchi bo’lib, foydali ish (ko'p hollarda shaxtalardan suvni tortib chiqish) uchun ishlatgan. 1769 yilda ingliz ixtirochisi Jeyms Uatt Nyukomenning dvigatelini modifikatsiyalab, unga alohida kondensator qo'shdi. Bu esa bug ' dvigatelining kuchini sezilarli darajada oshirib, undan yanada samarali foydalanish imkoniyatini yaratdi. Shuningdek, Jeyms Uatt dvigatel yordamida natijadorlikni oshiruvchi aylanma harakatlanish usulini ishlab chiqdi. Shu tariqa, Uatt bug' dvigatelining ixtirochisiga aylandi.

Transport va energetika sohasida bug' dvigatelini asta-sekin elektr dvigateli va ichki yonish dvigateli siqib chiqargan bo'lsa-da, bu g'oya hayotda hali ham o'z amaliyligini topmoqda. Dunyodagi ko'pgina elektr stantsiyalari aslida elektr energiyasini ko'mir, tabiiy gaz yoki yadro reaktorini yoqish natijasida bug’ harorati oshuvchi bug'  turbinalari yordamida ishlab chiqaradi. Demak, murakkab qurilmalar texnologiyasi zamirida oddiy ixtirolar yotadi. Buni bug' dvigateli texnologiyasi misoli sifatida yaqqol ko'rish mumkin.

Bugungi kunda axborot texnalogiyalar hayotimizning ajralmas qismidir. Deyarli har soniyada texnalogiyalar bizning hayotimizni yengillashtirishga , bizga yordam berishga hamda o’zgartirishga xizmat qilmoqda. Ushbu rivojlanishlarga start bo’la olgan eng muhim ixtiro bu tranzistorlardir.

Tranzistor bu-elektr signallarini kuchaytirish, generatsiyalash yoki kommunikatsiyalash uchun qo’llaniladigan yarimo’tkazgichli miktoelektron detaldir.

1947 yilning 16-dekabr sanasi axbarot erasining boshlanishi sifatida qayt etish mumkin. Aynan shu kuni Bell labarotoriya xodimlari Jon Bardin, Uolter Bratteyn shunengdek Uilyam Shokli ajoyib bir mikroelektron detalni yaratishadi. Ular o’zi deyarli elektr energiyasini istemol qilmaydigan lekin signalni juda yaxshi boshqaradigan yarim o’tkazgich komponentni, bequtubiy tranzistorni ixtiro qilishgan edi.

Bugungi kunda butun jahonda ishlab turgan turli xil elektron uskunalar-telifon, kompyuter, bankamatlar, svetafor, avtomabillar, tilivizor, radio, nusxa ko’paytiruvchi qurulmalar, vahokozo minglab elektron asbob uskunalarning barcha barchasining sxemalarida qo’llanilgan aynan tranzistorlar tufayli ishlamoqda. Tranzistor zamonaviy elektronika va mikroelektronikaning yuragi yoki miyasi desak ham also mubolag’a bo’lmaydi.Tranzistorlar shubxasiz ming yillardan keyin ham insoniyatning eng buyuk ixtirolari qatorida qolaveradi.

Aynan ushbu ixtirolar sabab biz bugungi taraqqiy etgan zamonda yashamoqdamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Kashfiyot va ixtirolar. Bolalar uchun ensiklopediya - Davr nashriyoti Toshkent

2013-yil. 54-bet

2.N.SH. Turdiyev. Fizika 6-sinf darsligi. Toshkent 2017-yil. 118- bet

3.P. Habibullayev, A. Boydedayev. Fizika 8-sinf darsligi. “O’qiyuvchi” nashriyoti, Toshkent -2019. 3-4 betlar

4. Orbita.uz elektron sayti. Muzaffar Qosimov “Ixtirolar tarixi” maqolasi



23.01.2017y
Download 36.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling