“Yo’l qoidasi umr foydasi” mavzusida ochik mashg’ulot ishlanmasi


Download 76 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi76 Kb.
#1262059
  1   2
Bog'liq
“Yo`l qoidasi – umr foydasi” mashg\'ulot ishlanmasi

“Yo’l qoidasi umr foydasi” mavzusida ochik mashg’ulot ishlanmasi.


 “Yo`l qoidasi – umr foydasi”
Faoliyat markazlari: Fan va tabiat, san`at markazi, til va nutk markazi.
 Faoliyat uchun kerakli jihozlar:
Svetafor maketi, yo`l belgilari, yo`l chizmalari, bolalar avtomabillari, velosipedlar, samakatlar, rasm daftar, rangli qalamlar, svetafor rasmining eskizlari, faoliyat uchun tarqatma va ko`rsatma materiallar, noutbuk AKT
Faoliyatning borishi:
Faoliyat bolalar saf tortgan holda tarbiyachining kirish so`zi bilan boshlanadi.
Tarbiyachi:Salom aziz bolajonlar, yaxshi keldingizlarmi, dam olish kunlarini mazmunli o`tirdingizmi?
Bolalar: Ha
Tarbiyachi:barakalla bolajonlar, qani bolalar aytinglarchi hozir o`lkamizda qanday fasl?
Bolalar: kuz fasli
Tarbiyachi:barakalla, kuz faslida qanaqa oylar bor edi?
Bolalar: sentabr, oktabr, noyabr
Tarbiyachi:xo`p, hozir kuz faslining qaysi oyi o`tayapti?
Bolalar: noyabr
Tarbiyachi:barakalla, xo`sh endi aytingchi, hafta kunlari qanday?
Bolalar: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba
Tarbiyachi: xo`p, bugun haftaning qaysi kuni ekan?
Bolalar: dushanba

Tarbiyachi: bolajonlar tinglang men sizga topishmoq aytaman, javobini topingchi
Uch xil rangli botirlar,
Ko`p ishlarga qodirlar
Chorraxada turarlar,
Navbat bilan yonarlar
(Svetafor)
Bolalar: xo`r bo`lib svetafor deb javob berishadi
Tarbiyachi: hurmatli bolajonlar, bu hafta biz siz bilan “Yo`l qoidasi – umr foydasi” degan mavzuda yo`l harakati qoidalari, yo`lda piyodalarning harakatlanishi, svetafor va uning afzalliklarini o`rganishimiz kerak. Buni o`rganish uchun men sizni yo`l qoidalarini o`rganish uchun maxsus tayyorlangan o`quv maydoniga olib boraman. U yerda sizga yo`l patrul xizmati xodimlari yo`lda harakatlanishingizda kerakli maslahatlarni berishadi. Xo`sh boramizmi?
Bolalar baravariga: Ha
Tarbiyachi bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasining asfaltlangan maydonida maxsus yo`l va piyodalar yo`li va svetaforlar o`rnatilgan o`quv maydoniga olib boradi. Mashg`ulotga tuman yo`l patrul xizmat xodimlari va mahalla noziri taklif qilinadi.
Bolalarni maydonda yo`l patrul xizmat xodimlari kutib olishadi.
Yo`l patrul xizmat xodimi: salom aziz bolajonlar, men sizlarni ko`rib turganimdan xursandman, chunki mening kasbimda asosan yoshi katta piyodalar va haydovchilar bilan ishlashga to`g`ri keladi. Lekin faoliyatim davomida yo`l harakati qoidalarini yaxshi bilmaydigan yoshi kattalarni ko`p uchrataman, shuning uchun sizlarga maslahatim, yoshligingizdan yo`l harakati qoidalarini yaxshi o`rganib olsangiz, hayotingiz davomida yo`l halokatlariga uchramasligingiz va uzoq umr ko`rishingizga kafolat beraman.

Yo`l patrul xizmat xodimi piyodalar yo`li va svetaforlar o`rnatilgan o`quv maydoniga borib, bolalarga qisqacha yo`l xavfsizligi qoidalarini tushuntiradi.


1.Uydan ko`chaga chiqqach,piyodalarga halaqit bermaslik uchun, avval chapga, so`ng o`ng tomonga qara. Uydan boqchaga yoki maktabga olib boruvchi eng xavfsiz, kamroq kesib o`tiladigan , transportlar qatnovi kam yo`lni tanla.
2.Shahar tashqarisidagi yo`lda yo`l chetidan uzoqroqda, shoshmasdan harakat qil. Yo`lning qatnov qismiga chiqma. Tor yulaklardan ketayotganda, to`chtab turib, o`zingdan kattalarga yo`l ber.
3.To`xtab turgan avtomabil yonidan ehtiyot bo`lib o`t. xaydovchi to`satdan avtomobil eshigini ochib yuborishi mumkin. Harakat tartibga solib turilmaydigan joylarda yulaklardan yo`lga tushishdan oldin chap tomonga qara, chap tomondan transport kelmayotganiga ishonch hosil qilgandan so`ng, yo`lni kesib o`ta boshlashing mumkin.
4.Agar transportlar harakati boshlanib qolgan bo`lsa, “Xavfsizlik orolchasi”da kutib tur. Endi o`ng tomonga qara. Agar o`ng tomondan transport kelmayotgan bo`lsa, yo`ldan o`tishni tugallashing mumkin.
Shundan keyin svetafor, uning uch xil rangining ahamiyati, piyodalar yo`lidagi ogohlantiruvchi belgilar haqida ma`lumot beriladi. Ma`lumotlar berilib bo`lgandan keyin, bolalardan uchtasini bolalar avtomobiliga, ikkitasini velosipedga mindirib, transportlarda svetaforga qarab harakatlanish mashq qilinadi. Keyin piyodalar yo`lida bolalarning harakatlanishi mashq qilinadi

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling