“Yo’l qoidasi umr foydasi” mavzusida ochik mashg’ulot ishlanmasi


Download 76 Kb.
bet2/2
Sana12.03.2023
Hajmi76 Kb.
#1262059
1   2
Bog'liq
“Yo`l qoidasi – umr foydasi” mashg\'ulot ishlanmasi

2-Tarbiyachi sport burchagida:
Hurmatli bolajonlar, biz siz bilan bugun mana bu halqachalar va xaltachalar yordamida quyoncha bo`lib sakrashni o`rganamiz. Qani quyoncha qanday sakrar edi, kim ko`rsatib beradi, barakalla, bolalar, endi ikki nafar o`rtog`imiz bizga xaltachalarni kiyib, xalqachalar ustidan sakrashni ko`rsatib teradi va keyin barchamiz takrorlaymiz.
Barcha bolalar bu usulni takrorlab bo`lgandan keyin guruhning o`g`il va qizlar sonidan kelib chiqib, to`rtta guruhga ajratiladi va xaltachada belgilangan manzilni aylanib kelish musobaqasi tashkil etiladi. G`olib bo`lgan guruh bolalari rag`batlantiriladi.
Musobaqadan keyin bolalar bilan nafas rostlash mashqlari bajariladi.
3-Tarbiyachi san`at markazida:
 Tarbiyachi: hurmatli bolajonlar, yo`l harakati qoidalari esimizda qoldimi?
  Bolalar baravariga: Ha
 Tarbiyachi: Unda aytingchi, svetafor bizga nimaga kerak ekan?
Bolalar baravariga: yo`l harakatlarini tartibga solib turish uchun.
Tarbiyachi: qani bizning svetaforimizda qanday rangli chiroqlar bor ekan?
Bolalar baravariga: qizil, sariq, yashil
 Tarbiyachi: svetaforni chizishni harakat qilib ko`raylikchi
Bolalar: ha, chizamiz, chizamiz
Tarbiyachi: unday bo`lsa doskadagi namunaga qarab, svetafor rasmini chizishni taklif qilaman.
Bolalarning harakatini kuzatib boramiz, qiynalgan bolalarga faoliyat davomida yordamlashib boramiz, tayyor bo`lgan rasmlarni bolalar bilan birgalikda tahlil qilamiz, faol qatnashgan bolalar “rag`bat kartochkasi” bilan rag`batlantiriladi. Faoliyat yakunida bolalar bilan harakatli o`yin o`ynaymiz.
Qo`llarimiz chapak-chapak,
Harakat bizga kerak,
Boshlarimiz sarak-sarak,
O`yindan berar darak.
Qo`limizni ko`tardik,
Astagina tushirdik,
Endi ehtiyot bo`lib,
Turgan joyda aylandik.


Конец формы
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling