Fizik jismlar Quyidagilarning qaysilari “fizik jism” va qaysilari “modda” ekanlgini ayting: samalyot, kosmik kema, mis, avtoruchka, chinni, suv, avtomobil, rels, temir, havo, moy tomchisi, asteroid, qog‘oz, Oy, simob, azot, traktor, magnit, sement, Quyosh


Atom tuzilishi haqida elementar ma’lumotlar


Download 1.2 Mb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1152605
1   2   3
Bog'liq
9-sinf masalalari uyga vazifa

Atom tuzilishi haqida elementar ma’lumotlar
1. Atomning qaysi qismi musbat zaryad, qaysi qismi manfiy zaryad ekanligini ayting.
2. Uglerod atomining massasi vodorod atomi massasidan necha marta katta? (elektronlarning massasini hisobga olmang)
3. Kislorod atomi yadrosi atrofida 8 ta elektron xarakatlanadi. Kislorod atomi yadrosdida nechta proton bor?
4. Vodorod, geliy, kislorod atomi yadrosi atrofida nechta elektron harakatlanadi?
5. Vodorod atomi yoki boshqa modda atomi elektron zaryadining 0,5 ga teng zaryadini yo‘qotishi mumkinmi?
6. Musbat zaryad bilan zaryadlangan metall shar zaryadsizlantirildi va u elektr jixatidan neytral bo‘lib qoldi. Sharda zaryadlar yo‘q bolib qoldi deyish mumkinmi?
7. Ishoralari jixatidan har hil, absolyut qiymati jixatidan bir hil zaryadlangan bir hil ikkita metall shar to‘qnashgandan keyin elektr jixatidan neytral bo‘lib qoldi.Sharlardagi zaryadlar yo‘q bo‘lib qoldi deyish mumkinmi? Sharlar ichidagi atomlar sonida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
8 . Rasmda vodorod atomi va ioni sxematik tasvirlangan. Qaysi rasmda (a yoki b) ion tasvirlangan?

9. a rasmda geliy atomi sxematik tasvirlangan. B rasmda nima tasvirlangan?



10. Alyuminiy tayoqcha musbat zaryad bilan zaryadlandi. Alyuminiy atomlarida qanday o‘zgarish yuz berdi?
11. Bor, uran, kislorod, berilliy, radiy atomida nechta proton bor?
12. Suv molekulasida nechta proton bor? Sulfat kislota ( ) molekulasida nechta elektron bor?
13. Oltingugurt atomi yadrosida 32 ta zarra bor. Yadro atrofida 16 ta elektron harakatlanadi. Bu atom yadrosida nechta proton va nechta elektron bor?
14. Alyuminiy atomi yadrosi atrofida 13 ta elektron harakatlanadi. Atom yadrosida 27 ta zarra bor. Bu atom yadrosida nechta neytron mavjud?
15. Natriy atomi yadrosida 12 ta neytron bor. Agar yadro atrofida 11 ta elektron harakatlansa, bu atom yadrosida nechta zarra bor?
16. Rezerford qanday zarrachalarning yupqa moddalarda sochilishi orqali atomning yadro modelini tajriba orqali kashf etdi?
A) alfa zarralarning B) protonlarning C) gamma kvantlarning
D) elektronlarning E) beta zarralarning
17. Rezerford tajribasida α-zarralar nima bilan ta'sirlashuv natijasida sochiladilar?
A) nishonning sirti bilan B) magnit maydon bilan
C) yadro kuchlari maydoni bilan D)elektronlar bilan
E) yadroning elektrostatik maydoni bilan
18. Berilgan atomlarning yadrosi tarkibida nechta proton va nechta elektron bor?
a) ; b) ; c) ; d) ;
19. Atomning elektron qobig‘ida 6 ta elektron bor. Agar atomning massa soni 14 bo‘lsa, atom yadrosida nechta neytron bor?
20. uran atomi yadrosida neytronlar soni protonlar sonidan qancha ko‘p?
21. Massa soni 14 va zaryad soni 7 bo‘lgan azot atomi yadrosidagi neytronlar soni, massa soni 65 va zaryad soni 30 bo‘lgan atom yadrosidagi neytronlar sonidan necha marta kam?
22. atomi yadrosidagi protonlar soni atomidagi nuklonlar sonidan necha marta ko‘p?
23. Temir, mis va kumush atomlarida nechtadan elektron bor?
24. Atomning planetar modeli quyidagilarning qaysi biri bilan o‘ tasdig‘ini topgan?
A) fazodagi jismlarning harakatini hisoblash orqali
B) elektrlash tajribalari orqali C) -zarralarning sochilish tajribasi orqali
D) atomlarning mikroskopdagi tasvirlari orqali
25. Atomning Rezerford modeli atomni shunday tasvirlaydi: …..
A) juda kichik o‘lchamli, elektroneytral jism
B) elektronlar qavati bilan o‘ralgan proton shari
C) elektronlar qo‘shilgan qattiq musbat zaryadli shar
D) musbat zaryadlangan kichik yadro va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlar
26. Zamonaviy tushunchalarga ko'ra, atomning yadrosi quyidagilardan iborat: …
A) elektronlar va protonlar B) neytronlar va pozitronlar
C) bitta protondan D) proton va neytronlardan
27. Elementning Mendeleyev davriy sistemasidagi tartib raqami ……. ga teng.
1. atomdagi elektronlar soniga 2. yadrodagi protonlar soniga
3. yadrodagi neytronlar soniga 4. yadrodagi nuklonlar soniga
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 4 D) 1, 2, 3, 4
2 8. Rasmda Mendeleyev davriy sistemasidagi element ko‘rsatilgan. Volfram yadrosidagi protonlar sonini aniqlang.
A) 74 B) 184 C) 110 D) 258
29. Elementning Mendeleyev davriy sisteasidagi massa soni ….. ga teng.
1. atomdagi elektronlar soniga 2. yadrodagi protonlar soniga
3. yadrodagi neytronlar soniga 4. yadrodagi nuklonlar soniga
A) 1,2 B) 3, 4 C) 4 D) 1, 2, 3, 4
30. Poloniy yadrosidagi nuklonlar sonini aniqlang.
A) 84 B) 126 C) 210 D) 294
31. Nima uchun yadro tarkibidagi musbat zaryadlangan protonlar bir-biridan qochmaydi?
A) Ularning orasida elektrostatik tortishish kuchi mavjud
B) Ular orasida yadroviy o'zaro ta'sir mavjud
C) Ular orasida magnit o'zaro ta'sir mavjud
D) Ular orasida gravitatsion o'zaro ta'sir mavjud
32. Yadro kuchlari …… lar orasida mavjud. (nuqtalar o‘rnini to‘ldiring)
A) faqat protonlar orasida B) faqat neytronlar orasida
C) barcha nuklonlar orasida D) protonlar va elektronlar orasida
33. atomi yadrosida nechta proton, elektron va neytron bor?
34. va Uran yadro izotoplari bir-biridan qanday farqlanadi?
35. Bor atomi yadrosida 5 ta proton va 6 ta neytron mavjud. Atomda nechta elektron bor? Shu atom yadrosida nechta nuklon mavjud?
36. Ca, Cu, Ge, Sb va P atomlarining qaysi birida elektronlar soni ko‘proq?
37. Quyidagi mulohazalardan qaysilari to‘g‘ri:

  1. protonlar orasidagi elektr ta’sir kuchlari ular orasidagi yadro kuchlaridan kuchsizroqdir

  2. protonlar orasidagi elektr ta’sir kuchlari ular orasidagi yadro kuchlaridan kuchlidir

  3. yadro kuchlari qisqa masofali, ya’ni yadroning o‘lchamlariga yaqin masofalardagina ta’sir qiladi

38. , va magniy elementining izotoplari bir-biridan qanday farqlanadi?

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling