Физик-кимёвий анализ усуллари Elektrokimyoviy analiz usullari
Download 27.75 Kb.
|
Физик-кимёвий анализ усуллари Elektrokimyoviy analiz usullari
Kulonometrik usul vositasida хilma-хil elektrokimyoviy jarayonlarni tahlil etish mumkin. Ko’p analizlarda, moddalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga uchratib, ayniqsa, metall kationlari qaytarilishi bilan, sof metallar sodir qilinadi, aniqrog’i, ajratib olinadi. Mazkur usul bilan amalda mis (Cu), qo’rg’oshin (Pb), kadmiy (Cd), Vismut (Bi) kabi ko’plab turdagi metallarni tutgan birikmalar analizlari samarali amalga oshiriladi. Bunda, simobli elektrodlardan (katod) ko’p foydalaniladi. Chunki simob amalgamasining hosil bo’lishi bir talaymetallarning elektrolitik ajratilishini ancha osonlashtiradi. Ikkinchi tomondan esa, sof simob metalida vodorod gazi (H2) ning ajralishi nihoyatda qiyinligi sabab, suvli eritmalarda suv molekulari elektrolizi (parchalanishi) ham amalga oshmaydi.
Kulonometrik analiz paytida elektrokimyoviy jarayon va bunda amalga oshgan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalar tufayli, 4 valentli seriy (Ce+4) 1 ta elektron qabul qilib, 3 valentli holatgacha qaytariladi: Ce4+ + e→ Ce3+. Reaksiya davomida Ce4+ uzluksiz kamayib , shu bilan bog’liq tok o’tishi ham qiyinlasha boradi. Tekshirilayotgan eritmada Fe3+ bo’lishi muqarrar. Aks holda, katodda analiz natijasiga salbiy ta’sir qiluvchi vodorod ionining qaytarilishi reaksiyasi amalga oshirilishi mumkin: 2H++2e→H2. Buning oqibatida esa, eritmadan o’tgan tok orqali eritmada mavjud bo’lgan Seriy (Ce) ionlarining aniq miqdorini analiz qilish imkoni bo’lmaydi. Demak,sistemada Fe3+ bo’lishi shart. Shuni ta’kidlash kerakki HJ+ ga qaraganda, Fe3+ ionlar ancha engil qaytarish reaksiyasiga uchraydi. Natijada, suvning parchalanishi (elektroliz) va vodorod gazi ajralishi kuzatilmaydi, demak, reakstya (jarayon) ga ortiqcha elektr toki sarf ham bo’lmaydi.
Download 27.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling