- KONDUKTOMETRIYA
- KULONOMETRIK ANALIZ USULI
- POLYAROGRAFIYA USULI
- ELEKTROD POTENSIALI VA POTENSIOMETRIK ANALIZ ASOSLARI
- Elektrokimyoviy analiz turlari ko’p. Amalda qo’llaniladigan usul turlaridan qat’iy turlaridan qat’iy nazar, umumiy tarzda ta’kidlanganda, asosan quyidagicha analiz ishlari amalga oshiriladi.
- 1. Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi tahlil qilish (konduktometriya usuli).
- 2. Moddalarning elektrokimyoviy o’zgarishlarida sarf bo’ladigan elektr tokini o’lchab tahlil qilish (kulonometrik usul)
- 3. Mikroelektrodlar qutblanish jarayonlarini o’rganish (polyarografiya)
- 4.Muvozanat holatdagi elektrolitlar potensiallari qiymatini aniqlash (potensiometriya)
- 5. Elektrokimyoviy jarayonlarni bajarib kimyoviy modda (birikma) larning ma’lum qismini ajratib olish («elektromiqdoriy» usul) va boshqalar
Konduktometriya usullari - Konduktometrik analiz usullarining bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) va bilvosita (to’g’ridan-to’g’ri bo’lmagan) turlari mavjud, lekin har ikkalasining negizida muayyan modda eritmasining elektr o’tkazuvchanligini aniqlash yotadi. Amalda, ta’kidlash kerakki, bilvosita usul – konduktometrik titrlash kengroq ishlatiladi.
- Konduktometrik titrlash hajm analizi usullaridan hisoblanib, unda eritmaning neytrallanish nuqtasi, odatdagidek indikatorlar bilan emas, balki o’rganilayotgan eritma elektr o’tkazuvchanligini bosqichma-boqich o’lchab topiladi. Bundan tashqari, rangli yoki tiniq bo’lmagan (loyqalangan) eritmalarning ekvivalent neytrallanish nuqtasini amalda ishlatiladigan indikator birikmalar vositasida titrlab aniqlashning o’zi o’ta mushkul. Konduktometrik usul bilan eritma titrlanganda uning qandaydir sabab loyqalanganligi yoki rangli bo’lishi elektr o’tkazuvchanligiga unchalik ta’sir eta olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |