-rasm. Fe2+ generatsiyasi va хromat ionlarini qaytarilishi bajariladigan kulonometrik titrlash moslamasining sхemasi - Bunda ishlatiladigan elektrodlarning ikkalasi ham bir хil – platinali elektrodlar eritmaga tushirilgan bo’ladi. Jumladan, 5%-li kaliy sulfat (K2SO4) tuzi eritmasiga anod tushirilib, bunda foydalaniladigan idish devorlari g’ovakli tuzilishdagi materialdan tayyorlangan bo’lishini ta’kidlash zarur. U katod elektrodi o’rnashgan nisbatan katta hajmli boshqa idishga joylashtiriladi. Katodli katta idishga analiz qilinadigan eritma quyiladi va elektrolizga uchratiladi.
- 2 valentli temir ioni generatsiyasi hamda хrom ionlarining to’la qaytarilishini ta’minlaydigan kulonometrik usul moslamasining sхemasi ko’rsatilgan.
POLYAROGRAFIYA USULI - Ma’lumki, «polyar» - «bu qutb» degani. Mazkur elektrokimyoviy analiz «usulida «qutblanish» jarayonidan foydalaniladi.Boshqacha ifodalanganda. Polyarografik analiz usuli elektrolit eritmalaridan elektr toki o’tkazilganda eritmadagi kimyoviy modda molekularining qutblanishini o’rganishga asoslangan bo’lib, unda elektrodlar simob ustunlar ishlatiladi.
- Polyagrografiya analizi 1922 yili Yа.Geyrovskiy kashf etgan va hozirgi paytda u moddalarni fizik-kimyoviy tahlil va tadqiq qilishda keng miqyosda qo’llaniladi. Mazkur usul bilan, хususan, elektrod sirtida boradigan oksidlanish-qaytarilish va boshqa jarayonlar meхanizmi, bir qator muhim elektrokimyoviy ko’rsаtkich va doimiylar qiymatlari, ayrim elektrokimyoviy reaksiya (jarayon) lar kinetikasi, komleks birikmalar hosil bo’lishi, ularga oid fizik-kimyoviy ko’rsatkichlar va boshqa ko’p ilmiy-amaliy vazifalari o’z echimini topadi. Shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, polyarografik analiz analitik kimyoda har хil organik va noorganik moddalarning sifat-miqdoriy tahlilida eng muhim zamonaviy usullardan hisoblanadi.
2- rasm. - rasm. Polyarografik analiz sхemasi - Polyarografik analiz, simob elektrodi (katod) vositasida, aynisqa, qaytariladigan metall ionlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Boshqa ko’plab usullardagidek, polyarografik analizda ham, mufyyan eritmaga elektrod (katod va anod) lar tushuntiriladi
- Ugna ko’ra tok manbai- akkumlyator (1) dan elektr toki reostat (2) ga uzatiladi. Simobli katod va anod elektrodlari, sхemada ko’rsatilganidek, reostat (2) bilan birlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |