Elektroliz haqida ma’lumot


Download 32.22 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi32.22 Kb.
#1743769
Bog'liq
Elektroliz haqida ma


Elektroliz haqida ma’lumot



Reja:
1.Elektroliz haqida ma’lumot


2. Elektrolizga oid masalalar yechishni o’rganish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Elektrolit eritmasidan yoki suyultirilgan elektrolitdan elektr toki oʻtkazilganda sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoniga elektroliz deb ataladi. Elektrolizning mohiyati shundan iboratki, anodda oksidlanish, katodda esa qaytarilish jarayoni boradi. Elektolitlarning eritmalari yoki suyuqlanmalari har xil ishoradagi ionlar boʻlib, ular tartibsiz harakatlanadi. Agar elektolitlarning yoki suyuqlantirilgan eritmasiga M: NaCl eritmasiga grafitdan yasalgan elektrodlarni tushirib oʻzgarmas tok manbaiga ulansa Na+ ionlari anodga, Cl- ionlari katodga tomon harakatlanadi. Natijada natriy ionlari elektronlar olib qaytariladi:


Na+ +e =Na xlor ionlari esa elektronlar berib oksidlanadi:
2Cl– 2e = Cl2. Natijada katodda natriy metali, anodda xlor ajralib chiqadi.
2Na+ +2Cl- = 2NaCl.
Bu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi hisoblanadi. Anodda oksidlanish, katodda esa qaytarilish jarayoni boradi.
Koʻmir, grafit, metallar birinchi tur oʻtkazgichlar hisoblanadi va elektr tokini yaxshi oʻtkazadilar. Bunda oʻtkazgichlarning kimyoviy tarkibi oʻzgarmaydi.
Elektolitlarning eritmalari yoki suyuqlanmalarini tok oʻtganida kationlar katoddan elektronlar biriktirib oladilar, anionlar oʻz elektronlarini anodga beradi. Natijada elektr toki toʻxtovsiz oʻtib turadi. Elektrolitlar ikkinchi tur oʻtkazgichlar boʻlib ulardan elektr toki oʻtganida moddalar parchalanib boshqa moddalarga aylanadi. Ular ana shu xossalari bilan birinchi tur oʻtkazgichlaridan farq qiladilar. Eritmadagi ionlarning konsentrasiyasi qancha koʻp boʻlsa eritma orqali shuncha koʻp tok oʻtadi. Eritma orqali oʻtadigan tok miqdori ion zaryadiga bogʻliq, ya’ni ikki zaryadga ega boʻlgan ionlar 2 baravar ortiq, 3 zaryadli ionlar 3 baravar ortiq elektr miqdorini oʻtkazadi. Ionlarning harakat tezligi turlicha, ba’zilari tez, ba’zilari sekin harakatlanadi va shunga koʻra ionlarning tashilishi turlicha. Н+, OH- ionlarining harakatchanligi boshqa ionlarga nisbatan ortiqroq ular elektrolizda elektrodlarga tezroq yetadi, shuning uchun kislota va asoslar eritmasi yaxshi va tez elektrolizlanadi va elektr tokini oʻtkazuvchanligi yaxshi. Elektrolitlar va elektrodlarning tabiatiga qarab elektroliz turlicha boʻladi. Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida elektrolit eritmasidan tashqari Н+, OH- ham boʻladi. Eritma tok manbaiga ulanganida elektrodlarga elektrolit ionlari bilan suv ionlari ham boradi. Kаtodga elektrolitning kationi va suvning vodorod anioni boradi. Katodda qanday ionlar qaytariladi, anodda qanday ionlar oksidlanadi. Bunda ekektrolitning kationlari yoki H+ ionlari, elektrolitning anionlari yoki gidroksid ionlaridan qaysi biri nisbatan aktiv ekanligini bilish zarur. Kationlarning aktivligini rus olimi N.N.Beketov taklif etgan metallarning bir-birini siqib chiqarish qatoriga asosan muvofiq keladigan elektrokimyoviy kuchlanish qatoriga qarab aniqlash mumkin. Аgar elektrolit vodoroddan oldin turgan boʻlsa elektron biriktirib olishi qiyin, shuning uchun u katodda neytrallanmaydi, suvning tarkibidagi vodorod ionlari neytrallanadi – оksidlanadi va vodorod atomlari molekulalar hosil qilib katod oldida ajralib chiqadi. Elektrokimyoviy kuchlanish qatoridagi vodoroddan oldin turgan metal kationlari elektrolizda qaytarilmaydi, аluminiydan keyin turgan metall elektrolitlarining suvdagi eritmasida katod oldida metall kationlari neytrallanadi, chunki bu metallar kuchli qaytaruvchi emas. Aluminiyga qadar turgan suyultirilgan birikmalarni elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Kuchlanish qatoridagi mis, kumush, оltin kationlari elektrolizga oson uchraydi, ular katodda darhol neytrallanadi. Kislorodsiz anionlar kislorodli аnionlarga qaraganda osonroq oksidlanadi. Elektrolit anioni kislorodsiz boʻlsa (F-, Cl-, Br-, J-, S2-, CN-) anodga elektronlarini berib, erkin holda ajralib chiqadi.
Cl- – e → Cl20; 2Cl- → Cl2
Аgar аnionlar kislorodli boʻlsa, suvning ОН– ionlari oʻz elektronlarini ularga qaraganda osonroq beradi:
OH- → OH; 4OH = 2H2 O +O2
Shuning uchun katod oldida kislorod ajralib chiqadi.
Elektrolizda anodning qanday materialdan yasalganligi ham ahamiyatlidir. Elektrodlar koʻpincha koʻmir grafit, kabi inert moddalardan va passiv metallardan – platina, oltindan yasaladi. Agar elektrolit mis, nikel kabi metallardan iborat boʻlsa anodning oʻzi oksidlanadi, аnod аtomlari ionga aylanib eritmaga oʻtadi, eritmadan katodga borib neytrallanadi. Elektroliz jarayonida ionlarning neytrallanishi elektrolizning birinchi reaksiyasi deyiladi. Ba’zi elektrolitlar elektrolizda neytrallanib-oksidlanib, qaytarilib chiqqan moddalar oʻzaro yoki suv bilan reaksiyaga kirishadi. Маsalan, mis хlorid eritmasi оrqali elektr toki yuborilganida eritmadagi mis va xlor ionlari tegishli elektrodlarga tomon yoʻnaladi va bunda quyidagi jarayon boradi: katodda Cu2+ +2e= Cu0; аnodda 2Cl- -2e =Cl20. Elektr potensiali -0,41 v dan kichik boʻlgan metallarning tuzlari eritmasidan elektr toki oʻtganida, kаtodda mеtall ionlari emas, balki suv molekulalari qaytalishi kerak. Osh tuzining suvdagi eritmasi elektroliz qilinganida quyidagi oʻzgarishlar boʻladi. Kаtodda Na+; Аnodda 2Cl—
2e=Cl02 va 2H2O+2e =H2+2OН–

Аnodlar 2 xil boʻladi: eriydigan va erimaydigan. Eruvchan anodlar elektroliz vaqtida yemiriladi. Bunday anodlardan elektroliz sanoatida juda toza moddalar olishda, bir metalni boshqa metal bilan qoplashda ishlatiladi. Kislorodli tuzlarning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganida anodda suv molekulalari oksidlanib gaz holda kislorod hosil boʻladi. Agar faol metal va kislorodli kislota tuzlarini suvdagi eritmasi elektroliz qilinadigan boʻlsa М: Na2SO4 katodda suv qaytariladi va anodda oksidlanadi, natijada katodda vodorod, anodda kislorod hosil boʻladi. Hozirda koʻpgina metallar tuzlarining suyqlanmalari elektroliz yoʻli bilan olinmoqda: Al, Мг, Ca, Na; mеtalmaslardan: H2, O2, F2, Cl2 va ishqorlar shu usul bilan olinmoqda.


K+, Ca+2, Na+, Al+3, Zn+2, Fe+3, Sn+2, Pb+2, Cu+2, Hг+2, Aг+, Pt+4, Au+
Меtallarning kimyoviy faolligi kamayadi va metal ionlarining qaytarish faoliyati ortadi→. J–, Br–, S-2, Cl–, OH–, NO–3, SO-24, PO-34 → Оksidlanish faolligi kamayadi
1-masala:
X %li 400 g CuSO4 eritmasi 4 soat davomida 10 A tok kkuchi bilan elekktroliz qilindi. Elektroliz jarayonining 32 minut 10 sekundidan boshlab katodda gaaz ajralishi boshlandi. X ni toping.
A)8 B) 16 C) 30 D) 4
Yechimi :
CuSO4 + H2O=>Cu+0,5O2+H2SO4
2H2O=>2H2 + O2
Eritma 4 soat 10 A bilan elektroliz qilingan . CuSO4 elektrolizidan katodda gaz ajralmaydi , katodda gaz H2O elektrolizidan ajraladi. Demak 32 minut 10 sekundan keyin tuz elektrolizi tugagan va suv elektrolizi boshlangan ekan.
Tuz elektrolizi uchun 32 min 10 sekund ya'ni 32,1666/60=0,53611 soat sarflangan ekan.

0,53611soat • 10A


______________________=> 0,2 F
26,8
80 g/ekv. ------------------1 F
x g ------------------- 0,2 F
x=> 16 g CuSO4 elektroliz bo'lgan.
400 g ----------------- 100 %
  1. -----------------=> 4 % To'g'ri javob : D


2-masala :


AgNO3 ning 340 g X % li erittmasi 1170 minut davomida 12 A tok kuchi bilan elektroliz qillindi. Elektrroliz jarayonining 80 minut 25 sekundidan boshlab katodda gaz ajralishi boshlandi. X ni toping.
A)20 B) 30 C) 63,3 D) 25,5
Yechimi :
2AgNO3+H2O=>2Ag+0,5O2+2HNO3
AgNO3 elektrolizidan katodda gaz ajralmaydi, katodda gaz H2O elektrolizidan ajraladi . Demak 80 minut 25 sekundan keyin tuz elektrolizi tugagan va suv elektrolizi boshlangan ekan.
80 min. 25 sekund ya'ni 1,34 soat davomida tuz elektroliz bo'lgan ekan.
1,34 soat • 12 A
_______________________=>0,6 F
26,8
170 g/ekv. ----------------1 F
x g --------------------- 0,6 F x=>102 g
340 g ----------------- 100 %
102 g --------------- => 30 % To'g'ri javob : B
3 - masala :
CuSO4 eritmasining elektrolizi natijasida katodda 35 g modda(lar) ajraldi. Anodda 22,,4 l (n.sh.) gaz ajraldi. CuSO4 ning elektrolizi 80 daqiqa 25 sekund davom etgan bo’lsa ,eritma orqali o’ttgaan tok kuchini ( A ) toping.
A)15 B) 10 C) 20 D) 8
Yechimi :
CuSO4+H2O =>Cu+0,5O2+H2SO4
2H2O=>2H2 + O2
Katod : Cu + H2 => 35 g
Anod : O2 22,4l/22,4=>1 mol
x mol CuSO4 dan 64x g katod va 0,5x mol anod ya'ni O2 ajraladi
y mol H2O dan 2x g katod ya'ni H2 va 0,5y anod ya'ni O2 ajraladi.
64x + 2y => 35 g
0,5x + 0,5y=> 1 mol
x=> 0,5 mol , y=> 1,5 mol
0,5 mol CuSO4 => 1 F
1,5 mol H2O => 3 F
3 F + 1 F => 4 F
Soat => 80 daqiqa 25 sekund ya'ni 1,34 soat CuSO4 uchun faqat suv uchun 3 marta ko'proq vaqt ketga 1,34 • 3 =>4,02 soat suv uchun ekan umumiy 4,02+ 1,34= 5,36 soat.
5,36 soat • A
----------------------------=> 4 F
26,8
A=> 20 To'g'ri javob : C
4 - masala :
Cd (NO) 2 eritmasining elektrolizi natijasida katodda 19,6 g modda (lar ) ajraldi. Anodda 8,4 l (n.sh.) gaz ajraldi. Cd (NO) 2 ning elektrolizi 5 soat davom etgan bo’lsa, eritma orqali o’tgan tok kuchini (A) toping.
A)15 B) 5,5 C) 20 D) 8
Yechimi :
Cd(NO3)2+H2O=Cd+0,5O2+2HNO3
2H2O => 2H2 + O2
Katod : Cu va H2 => 19,6 g
Anod : O2 => 8,4 l/22,4 = 0,375 mol
x mol Cd(NO3)2 dan 112x g Cd va 0,5x mol O2 ajraladi.
y mol H2O dan 2y g H2 va 0,5y mol O2 ajraladi.
112x + 2y= 19,6 g
0,5x + 0,5y=>0,375
x=>0,164545
y=>0,584545
0,164545+0,584545=0,75•2=>1,5F
5 soat • x A
_________________= 1,5 F
26,8
A=> 8 To'g'ri javob : D
5 - masala :

AgNO3 eritmasi orqali 10 A tok kuchi o’tkazilganda katodda 6 g modda(lar) ajraldi. AgNO3 elektrolizi 482,5 sekund davom etgan bo’lsa , eritma orqali o’tgan tok miqdorini (F) toping.


A)0,02 B) 1,3 C) 0,65 D) 0,08
Yechimi :
2AgNO3+H2O=>2Ag+0,5O2+2HNO3
2H2O => 2H2 + O2
482,5 sek. • 10A
___________________ =>0,05 F
96500
AgNO3 0,05 F tok bilan elektroliz bo'lgan ya'ni 0,05 mol AgNO3 elektroliz qilingan ekan.

0,05 mol AgNO3 dan katodda 0,05 mol Ag ya'ni 5,4 g Ag ajraladi.


6 g -- 5,4 g => 0,6 g katod H2O dan ajralgan H2 demak.
2 F ----------------- 2 g H2
x F --------------- 0,6 g H2
x=> 0,6 F suv uchun .
F => 0,6 F + 0,05 F => 0,65 F. To'g'ri javob : C

Download 32.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling