Vi guruh kationlari Cu2+, Ni


Download 38.86 Kb.
bet1/3
Sana06.10.2023
Hajmi38.86 Kb.
#1693661
  1   2   3
Bog'liq
vi guruh


VI guruh kationlari ( Cu2+ , Ni2+ ,Co2+ , Cd2+ , Hg 22+ ) ning analitik reaksiyalari.
6.1.Kobalt kationining reaksiyalari
1.O'yuvchi ishqorlar—NaOH va KOH Co2+ ion bilan ko'k rangli asosli tuz cho'kmasi hosil qiladi:
Co2+ +C1-+OH-→ CoOHCl
Agar cho'kmaga ishqor qo'shib qizdirilsa, asosli tuz pushti rangli Co(OH)2 ga aylanadi:
CoOHCl + OH-→ Co(OH)2 + Cl-
Co(OH)2 cho'kmasi havoda asta-sekin oksidlanib, qo'ng'ir rangli Co(OH)3 ga aylanadi:
4Co(OH)2 + O2 + 2H2O → 4Co(OH)3
2. Ammiak eritmasi bilan kobalt ioni avval ко'к rangli asosli tuz hosil qilib cho'kadi, ammiak yoki ammoniy tuzlaridan mo'l miqdorda qo'shilsa, cho'kma sarg'ish rangli kompleks ionga aylanib erib ketadi:
CoOHCl + 7NH4OH → [Co(NH3)6]2+ + 2OH- + NH4+ + Cl- + 6H2O
3. Natriy karbonat yoki boshqa ishqoriy metallarning eruvchan karbonatlari suyultirilgan kislotalar, NH4OH va (NH4)2CO3 da eriydigan pushti rangli asosli tuz - (CoOH)2CO3 cho'kmasi hosil qiladi, bu cho'kma havo kislorodi ta'siridan asta-sekin oksidlanib, qora-qo'ng'ir rangli Co(OH)3 ga aylanadi:
2Co2+ + 3CO32- + 2H2O → (CoOH)2CO3 + 2HCO3-
2(CoOH)2CO3 + O2 + 4H2O → 4Co(OH)3 + 2CO2
5. Ammoniy rodanid NH4SCN, Co2+ ion bilan ko'k rangli (NH4)2[Co(SCN)] tarkibli kompleks birikmani hosil qiladi:
Co2+ + 4SCN- → [Co(SCN)4]2-
Mazkur reaksiyani gazetaning yozuvsiz joyidan bajarish (tarkibida lignin borligi uchun) yanada yaxshi natija beradi. Buning uchun qog'oz qirqimiga oldin ammoniy rodanid, quritiladi. Qog'ozga kobalt tuzi eritmasining bir tomchisi tomizilsa, tomchi tushgan joy ko'karadi.

Download 38.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling