7. Kaliy yoki natriy nitrit (KNO2 yoki NaNO2) biroz suyultirilgan va CH3COOH qo'shib kislotali muhitga keltirilgan kobalt (II) tuzi eritmasi bilan sariq rangli ↓K3[Co(NO2)6] kompleks birikma cho'kmasi hosil qiladi:
Co2+ +7NO2- + 3K+ +2CH3COOH → K3[Co(NO2)6] ↓+ ↑NO + +2CH3COO- +H2O
6.2.Nikel kationining reaksiyalar
1.O'yuvchi ishqorlar—NaOH va KOH Ni2+ioni bilan kislotalar, ammiak va ammoniy tuzlarida eriydigan yashil rangli Ni(OH)2 cho'kmasi hosil qiladi:
NiCl2 + 2NaOH → Ni(OH)2↓ + 2NaCl
Ni2+ + 2OH- → Ni(OH)2↓
3. Natriy yoki kaliy karbonat nikel (II) ioni bilan kislotalar, ammiak va ammoniy sulfid eritmalarida eriydigan yashil rangli NiCO3cho'kmasi hosil qiladi:
NiCl2 + Na2CO3→ NiCO3↓ + 2NaCl
6.3.Mis kationining reaksiyalari
1. O'yuvchi ishqorlar ta'siridan mis ioni kislotalar va ammiakda eriydigan ko'k-yashil cho'kma hosil qiladi:
Cu2+ + 2OH-→ Cu(OH)2↓
2. Ammiakning mis tuzlari bilan reaksiyasi mis ioni uchun xarekterli bo'lib, ancha seziluvchan reaksiyadir (suyultirish chegarasi 1:25000). Cu2+ ioni ammiak ta'siridan avval yashil cho'kma - (CuOH)2SO4 so'ngra ortiqcha qo'shilgan reagent ta'siridan to'q ko'k rangli mis tetraammin kompleks ionini hosil qiladi:
2CuSO4 + 2NH4OH → (CuOH)2 SO4↓ + (NH4)2SO4
(CuOH)2 SO4 + (NH4)2SO4 + 6NH4OH →2[Cu(NH3)4]2+ + 2SO42- + 8H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |