Vi guruh kationlari Cu2+, Ni


Natriy yoki kaliy karbonat


Download 38.86 Kb.
bet3/3
Sana06.10.2023
Hajmi38.86 Kb.
#1693661
1   2   3
Bog'liq
vi guruh

Natriy yoki kaliy karbonat mis ioni bilan asosli tuzning nitrat kislota va ammiakda eriydigan yashil Cu2(OH)2CO3 yoki ko'k 2CuCO3 Cu(OH)2

cho'kmasi hosil qiladi:
2Cu2+ + CO32- + 2H2O → Cu2(OH)2CO3↓ + 2H+
3Cu2+ + 2 CO32- + 2H2O → 2CuCO3 Cu(OH)2↓ + 2H+

  1. Natriy tiosulfat — Na2S2O3 Cu2+ ioni eritmasi bilan kislotali muhitda (ozgina H2SO4) kompleks tuz hosil qiladi va eritma rangsizlanadi. Eritma ozroq qizdirilib, qora-qo'ng'ir rangli cho'kmaolinadi:

2Cu2+ + 2S2O32-→ 2Cu+ + S4O62- Cu2+ + S2O32-→ Cu2S2O3
Cu2S2O3 + 2HOH → Cu2S↓ + S↓ + 2H2SO4
8. Kaliy geksatsianoferrat (II)—K4[Fe(CN)6] mis ioni bilan pH<7 bo'lganda qizil rangli cho'kma hosil qiladi:
2CuSO4 + K4[Fe(CN)6] → Cu2[Fe(CN)6] ↓ + 2K2SO4
2Cu2+ + [Fe(CN)6]4-→ Cu2[Fe(CN)6] ↓
Hosil bo'lgan cho'kma suyultirilgan kislotalarda erimaydi, lekin ammiakda eriydi:
Cu2[Fe(CN)6] ↓ +12NH4OH → (NH4)4[Fe(CN)6]+2[Cu(NH3)4](OH)2+8H2O
9. Kaliy yodid KJ Cu2+ tuzi eritmasiga qo'shilganda Cu2J2 oq cho'kmasi hosil bo'lib, shu lahzadayoq cho'kmaning rangi ajralib chiqayotgan yod bilan niqoblanadi:
2CuSO4 + 4KJ → Cu2J2↓ + J2 + 2K2SO4
2Cu2++4J-→ Cu2J2↓ +J2
10. Kaliy rodanid KSCN Cu2+ tuzi eritmasiga (pH<7) qo'shilganda oq rangli CuSCN cho'kmaga aylanadigan qora rangli Cu(SCN)2 cho'kma hosil bo'ladi:
2Cu2+ + 2SCN- → Cu(SCN)2
2Cu(SCN)2↓ + H2O → 2CuSCN↓ + HSCN +HOSCN
12. Segnet tuzi (kaliy natriy tartrat) — KNaC4H4O6 mis (II) ioni eritmasiga ishqoriy muhitda ta'sir ettirilsa, to'q ко'к rangli ichki kompleks birikma - «Feling suyuqligi» hosil bo'ladi:
Cu2+ + 2OH-→ Cu(OH)2
Cu(OH)2↓+ C4H4O62-→ [Cu(C4H4O6)2]2- + 2OH-
13. Alanga rangining bo'yalishi. Cu2+ tuzi eritmasiga nixrom sim botirib, rangsiz gaz gorelkasi alangasiga tutilsa, alanga yashil rangga bo'yaladi.
6.4.Kadmiy kationining reaksiyalari
1.O'yuvchi ishqorlar eritmasining 2-3 tomchisiga bir necha tomchi Cd2+ tuzi eritmasi tomizilsa, kislotalarda eriydigan oq Cd(OH)2 cho'kma hosil bo'ladi:
CdCl2 + 2NaOH → Cd(OH)2↓ + 2NaCl
Cd2+ + 2OH - → Cd(OH)2
2. NH3 eritmasi Cd2+ ioni bilan ta'sirlashganda, Cd(OH)2 tarkibli oq cho'kma tushadi. Agar reagent mo`liroq olinsa, cho'kma reagent ta'sirida erib, rangsiz ammiakli kompleksga aylanadi:
Cd 2+ + 2NH4OH → Cd (OH)2↓ + 2NH4+ Cd 2+ + 2OH-→ Cd(OH)2
Cd(OH)2 + 4NH4OH → [Cd(NH3)4 ]2+ + 2OH- + 4H2O
Bu hodisadan Cd2+ va Cu2+ ionlarini Bi3+ ning NH4OH da erimaydigan asosli tuzi cho'kmasidan ajratib olishda foydalaniladi.

  1. Natriy yoki kaliy karbonat ta'sirlashganda kadmiyning oq rangli oksikarbonati hosil bo'ladi.

  1. Kaliy yodidKJ kadmiy ioni bilanCdJ42-kompleks ionini hosil qiladi.

Download 38.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling