«fizik-kimyo»
-LABORATORIYA ISHI: INDIVIDUAL SUYUQLIKNING MOLYAR BUG‘LANISH ISSIQLIGINI ANIQLASH
Download 114.5 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsusta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishini bajarish tartibi
3-LABORATORIYA ISHI: INDIVIDUAL SUYUQLIKNING MOLYAR BUG‘LANISH ISSIQLIGINI ANIQLASHIshni bajarishdan maqsad: Suyuq moddalarning yashirin molyar bug‘lanish issiqligini aniqlash. Suyuqlikning bug‘ bosimi atmosfera bosimiga tenglashganda qaynash jarayoni boshlanadi. Suyuqlik isitilganda uning bug‘ bosimi oshadi va ma’lum haroratda bug‘ bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi, demak suyuqlikning qaynash haroratida bu ikkala bosim tenglashadi. Agar tashqi bosim o‘zgarsa, qaynash harorati ham o‘zgarishi kerak, chunki turli tashqi atmosfera bosimiga suyuqlikning bug‘ bosimi tenglashishi uchun, u turli dara-jada istilishi kerak. Masalan, tashqi atmosfera bosimi bir atmosferaga teng bo‘lsa, suv 100°C da qaynaydi. Tog‘larda tashqi bosim bir atmosferadan kam, shunga ko‘ra u yerlarda suv 100°C dan pastroqda (89°C) qaynaydi. Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar:Sovitgich, vakuum-nasos, manometr, jo‘mrak,bufer idish, isitgich, termometr, benzol yoki toluol. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: qaynash jarayonini turli bosim ostida olib borib, bu chog‘da qaynash haroratining o‘zgarishini o‘lchash orqali yashirin bug‘lanish issiqligini hisoblab topish mumkin. Bu vazifani amalda bajarish uchun tashqi bosimni o‘zgartira olishga imkon beradigan qurilma kerak. Shunday moslama rasmda ko‘rsatilgan. Moslama yig‘ilgandan so‘ng, 5-jo‘mrak berkitiladi. Sovitgichga (4) suv yuboriladi. So‘ng, 8-jo‘mrakni ochib, vakuum-nasos yordamida tuzim ichidan havo tortib olinadi va manometrda simob ustunlarining farqi mumkin bo‘lgan darajada katta bo‘lgandan so‘ng, 8-jo‘mrak yopiladi. Suyuqlik (1) isitila boshlanadi va termometr o‘zgarishini kuzatib, qaynash harorati aniqlanadi. So‘ng 5-jo‘mrakni juda ham ohistalik bilan ozgina ochib, tuzimga tashqaridan havo kirgiziladi (manometrda bosim 10-20 mm o‘zgarsin). . Tajriba uchun ishlatiladigan qurilma sxemasi tajriba uchun olingan suyuqlikni isitish uchun idish, termometr, qizdiruvchi (elektr plitasi), sovitgich, tuzimni atmosfera bilan bog‘lovchi jo‘mrak, manometr, bufer idish (bosim tekis o‘zgarishini ta’minlaydi), tuzumni vakuum-nasos bilan birlashtiruvchi jo‘mrak (havoni so‘rib olishda ishlatiladi). havo so‘rib oluvchi nasos Bu bosimda yana qaynash harorati aniqlanadi. Shunday qilib suyuqlikning qaynash harorati bir necha xil bosimda o‘lchash mumkin. Tajriba tamom bo‘lganda (5) va (8) jo‘mraklar ochilishi kerak. Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling