Fizik xossalar; kimyoviy xossalar


Metallarning kimyoviy xossalari


Download 69.12 Kb.
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi69.12 Kb.
#1044430
1   2   3   4
Bog'liq
Metallning xossalari

Metallarning kimyoviy xossalari
Metallar va qotishmalar muhit ta’sirida kimyoviy jihatdan o‘zgaradi va bu o‘zgarishlar korroziya deb ataladi.
Korroziya turli metallarda turlicha ro‘y beradi: temir zanglaydi, misning ustki qismi ko‘karadi, qo‘rg‘oshin xiralashadi,aluminiy qorayadi va hokazo.
Ko‘p metallar va qotishmalarning kimyoviy xossalari yuqori haroratda o‘zgaradi. Metallar oksidlanganligi sababli ham korroziyaga uchraydi.
Yuqori darajada qizdirilganda oksidlanmaydigan metallar issiqlikka chidamli metallar deb ataladi.
Ba’zi metallar yuqori darajagacha qizdirilganda ham o‘z tuzilishini saqlaydi, yumshamaydi va og‘ir vaznlarda ham deformatsiyalanmaslik xususiyatiga ega bo‘ladi, bunday metallar o‘tga chidamli (olovbardosh) metallar deb ataladi.
Ko‘p metallar ishqorlar, kislotalar, tuzlar ta’sirida bo‘ladi. Bunday ta’sirlarga chidamli metallar kislotaga, tuzga, ishqorga chidamli metallar deb ataladi.
Metallarning mexanik xossalari
Metallar mexanik — mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchanlik, plastiklik va hokazo xossalarga ega. Bunda har xil metal namunalari tegishli mashinalarda sinab ko‘riladi. Metallarning qattiqligiga alohida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi, chunki mashinasozlik sanoatida metallarning qattiqligini o‘zgartirish usullari mavjud bo‘lib, uning ahamiyati katta. Sharchaning namunada qoldirgan izi qancha katta bo‘lsa, metal shuncha yumshoq va aksincha bo‘ladi.
Metallarning qattiqligi deb, metallning unga bir qattiqroq jismni botishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga aytiladi. Qattiqlik metallning eng asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, bu xususiyat detallar tayyorlashda uning yaroqli yoki yaroqsizligini ifodalaydi. Metall qancha qattiq bo‘lsa, uni ishlash uchun shuncha ko‘p kuch talab etiladi. Metallarning qattiqligi turli usullarda aniqlanadi. Usullardan amalda namunaga toblangan sharcha, konussimon olmos yoki piramidasimon olmosni botirish yo‘li bilan aniqlanadigan usullar ko‘p qo‘llaniladi.

Download 69.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling