Fizik xossalar; kimyoviy xossalar
Download 69.12 Kb.
|
Metallning xossalari
metallografiya deb ataladi.
Qattiq moddalar ikkiga: amorf va kristall moddalarga bo‘linadi. Amorf shaklsiz degan ma’noni anglatadi. Amorf moddalarning atomlari tartibsiz joylashgan bo‘ladi, ularni sindirganda ham tartibsiz yo‘nalishda sinadi, siniqlarida tekis yuzalar bo‘lmaydi. Qizdirilganda asta-sekin yumshab boradi va suyuqlanadi. Ularning muayyan bir suyuqlanish va qotish harorati bo‘lmaydi (yelim, kanifol, shisha va boshqalar). Kristallar haqidagi fan kristallografiya deb ataladi. Barcha metallar va qotishmalar kristall tuzilishga egadir. Kristall moddalarning atomlari aniq fazoviy geometrik shaklda tartibli joylashgan bo‘ladi. Moddalar sharoitga qarab, ba’zan amorf, ba’zan esa kristall holatda bo‘lishi mumkin (kauchuk, yelim va h.k.). Kristall moddalar muayyan suyuqlanish va qotish haroratlariga, ularning atomlari muayyan geometrik shakllarga egadir. Ularning xossalari turli yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi, bu xususiyat anizotropiya deb ataladi. Kristall moddalarning mexanik puxtaligi, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi, suyuqlanish tezligi,harorati ularning atom tuzilishiga bog‘liq va uning xossalariga ta’sir etadi. Eritma quyi haroratda asta-sekin bug‘latilsa, yirik kristallar, yuqori haroratda bug‘latilib, tez sovitilsa, mayda kristallar hosil bo‘ladi. Mayda donli po‘latlar qattiq, lekin yirik donli po‘latlarga nisbatan yumshoq bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kichik bir kristall atrofida muntazam ravishda o‘suvchi yirik kristall olish mumkin. Bu jarayon kristallning o‘sishi deb aytiladi. Barcha metall va qotishmalar kristall tuzilishga ega. Kristall donlari aniq geometrik shaklga ega emas. Tashqi tomonidan kristall ko‘p qirraliga o‘xshaydi va ular kristall donlari yoki granulalari deb ataladi. Download 69.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling