Fizika -matematika
Download 483.28 Kb. Pdf ko'rish
|
2023Физика-ЯДАдастури
- Bu sahifa navigatsiya:
- K.R.Yaqubov UrDU Fizika-matematika fakul’teti Fizika kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n.,dotsent Taqrizchilar: S.Polvonov
- Sh.Q.Ismoilov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCh DAVLAT UNIVERSITETI “FIZIKA -MATEMATIKA “ FAKULTETI 5140200-Fizika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun FANLARARO YaKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYaSI DASTURI Urganch-2022 Ushbu yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovi dasturi 2018 yil 18 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan 5140200-Fizikaya ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va ixtisoslik fanlari dasturlari asosida ishlab chiqilgan. Tuzuvchilar: U.O.Qutliev UrDU Fizika-matematika fakul’teti Fizika kafedrasi mudiri, f.-m.f.d.,dotsent A.E.Atamuratov UrDU Fizika-matematika fakul’teti Fizika kafedrasi ddotsenti, f.-m.f.d.,dotsent K.R.Yaqubov UrDU Fizika-matematika fakul’teti Fizika kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n.,dotsent Taqrizchilar: S.Polvonov O‘zMU Fizika fakulteti “Yadro fizikasi” kafedrasi mudiri, f.-m.f.n.,prof. Sh.Q.Ismoilov Muxammad Al-Xorazmiy namidagi TATU Urganch filiali “telekommunikatsion injiniringi” kafedrasi mudiri, f.-m.f.n ma’sul muharrir: _________ Yakuniy Davlat attestatsiyasi dasturi Fizika-Matematika fakul’teti Kengashining 2022 yil “30” iyundagi 11-sonli yig‘ilishida muhokama kilinib, tasdiqlashga tavsiya etilgan. 2022-2023 o‘quv yilida 5140200-Fizika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi dasturi Urganch davlat universiteti Kengashining 2022 yil “4” iyuldagi 11-sonli yig‘ilishida muhokama kilingan va tasdiqlangan. KIRISh Yakuniy Davlat attestatsiyasi dasturi 5140200-Fizika ta’lim yo‘nalishi kunduzgi bitiruvchi talabalarning “Mexanika”, “Molekular fizika”,”Elektr va magnetizm”, “Optika”, Atom fizikasi”, “Yadro fizikasi” va “nazariy fizika” fanlari bo‘yicha egallagan bilim va malakalarini baholash uchun tuzilgan. Umumiy fizika kursi va nazariy fizika xamda ularga turdosh bo‘lgan fanlarining asosiy maqsadi talabalarning yuqori darajadagi umumfizik tayyorgarligini shakllantirishga qaratilgan va mutaxassislar tayyorlashning o‘quv jarayonida talabalarning yuqori darajadagi fizik tayyorgarligi va Umumiy fizika kursi va nazariy fizika xamda ularga turdosh bo‘lgan fanlar bo‘yicha chuqur bilimlar egasi bo‘lishida asosiy o‘rin tutadi. Ushbu fanlardan sinov o‘tkazish natijasida bitiruvchi kurs talabalarida abstrakt fikrlash madaniyatini qay darajada rivojlangani va egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalari aniqlanadi. Mazkur fanlarni chuqur o‘rgangan har bir bakalavr olgan bilim va ko‘nikmalarini ilmiy-tadqiqot ishlarida, axborot texnologiyalari masalalarini hal qilishda, shuningdek, talim tizimida samarali foydalanishi mumkin. Download 483.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling