Guruh:9-1TURS-21 Bajardi:Axmedova.O’.Z Tekshirdi:____________ Yevropa tasniflash tizimi - Mehmonxona xizmatlarining sifatini boshqarish masalalarini hal qilishda mehmonxona korxonalarini shinamlik darajasiga qarab tasniflash katta rol o‘ynaydi.
Shinamlik darajasi - kompleks mezon. U quyidagilardan tarkib topadi: - nomerlar fondining holati: nomerlar maydoni (m2), bir o‘rinli (bir xonali), ko‘p xonali nomerlar, apartament nomerlarning ulushi, kommunal qulayliklarning mavjudligi va h.k.;
- mebel, inventar, sanitariya-gigiyena ashyolari va sh.k.ning holati;
- ovqatlanish korxonalari: restoranlar, qahvaxonalar, barlar va h.k.ning mavjudligi va holati;
- binoning, unga keladigan yo‘llarning holati, mehmonxonaga yondosh hududning obodonlashtirilganligi;
- axborot bilan taminlash va texnik jihozlash, shu jumladan telefon, yo‘ldosh aloqasi, televizorlar, muzlatgichlar, mini-barlar, mini-seyflar va h.k.ning mavjudligi;
- ayrim qo‘shimcha bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi.
Hozirda jahonda malum 30 dan ortiq tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan: - Yevropa tasniflash tizimi yoki "yulduzlar" tizimi. Fransiya milliy tasniflash tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 dan 5 yulduzgacha bhlgan toifalarga ajratish yotadi. Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiyada va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi;
- harflar tizimi (A, B, C, D). Gresiyada qo‘llanadi;
- "tojlar" tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi;
- Har bir davlatda mehmonxonalarni tasniflash mezoni - shinamlik darajasi har xil tushuniladi. Mana shu holat, shuningdek davlatlarning madaniy-tarixiy va milliy ananalari bilan belgilangan bir qancha omillar jahonda mehmonxonalarning yagona tasnifini joriy etishga monelik qiladi.
- Mehmonxona korxonalarining shinamlik darajasiga ko‘ra tasnifini ko‘rib chiqishda xalqaro amaliyotda yuzaga kelgan tasniflarni hamda ularni amalga oshirish tartibini bevosita belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuvlarni alohida qayd etib o‘tish kerak.
Birinchi yondashuvda bunday hujjatlarni ishlab chiqish, amalga tatbiq etish va nazorat qilish bilan davlat organlari shug‘ullanadi, yani mehmonxona korxonalari shinamlik darajasining, balki, boshqa joylashtirish vositalarining, shuningdek ovqatlanish korxonalarining davlat tomonidan belgilangan rasmiy tasnifi mavjud. Xususan, bunday yondashuvga misollar Fransiya va Rossiyada kuzatiladi. Fransiya milliy tasnifi Hunarmandchilik va turizm ishlari bo‘yicha savdo vazirligining 1966 yil 13 iyuldagi qarori bilan amalga kiritilgan. Mehmonxonalar tasnifi davlat standartiga asosan amalga oshiriladi. - Birinchi yondashuvda bunday hujjatlarni ishlab chiqish, amalga tatbiq etish va nazorat qilish bilan davlat organlari shug‘ullanadi, yani mehmonxona korxonalari shinamlik darajasining, balki, boshqa joylashtirish vositalarining, shuningdek ovqatlanish korxonalarining davlat tomonidan belgilangan rasmiy tasnifi mavjud. Xususan, bunday yondashuvga misollar Fransiya va Rossiyada kuzatiladi. Fransiya milliy tasnifi Hunarmandchilik va turizm ishlari bo‘yicha savdo vazirligining 1966 yil 13 iyuldagi qarori bilan amalga kiritilgan. Mehmonxonalar tasnifi davlat standartiga asosan amalga oshiriladi.
Ikkinchi yondashuvda hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va nazorat qilish bilan kasaba uyushmalari va birlashmalari shug‘ullanadi. Masalan, Germaniyada bu jarayonlarni Mehmonxona va restoran xo‘jaliklari birlashmasi , Shveysariyada - Shveysariya mehmonxona sohiblari uyushmasi amalga oshiradi. - Ikkinchi yondashuvda hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va nazorat qilish bilan kasaba uyushmalari va birlashmalari shug‘ullanadi. Masalan, Germaniyada bu jarayonlarni Mehmonxona va restoran xo‘jaliklari birlashmasi , Shveysariyada - Shveysariya mehmonxona sohiblari uyushmasi amalga oshiradi.
Jahon amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir mamlakat doirasida bir nechta tasniflash tizimlari amal qiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada "tojlar" tizimi bilan bir qatorda, Britaniya turistik agentliklar uyushmasi - "Britich Travel Authority" (BTA) tomonidan taklif qilingan tasniflash tizimi qo‘llaniladi: - byudjet mehmonxonalari - shaharning markaziy qismida joylashgan va qulayliklar minimumiga ega mehmonxonalar;-1 yulduz;
- turistik toifadagi mehmonxonalar - tarkibida restoran va bar bo‘lishi shart;
- 2 yulduz;
- o‘rtacha toifadagi mehmonxonalar - xizmat ko`rsatish saviyasi ancha yuqori bo‘lgan mehmonxonalar; -
- 3 yulduz;
- birinchi toifa mehmonxonalar - shinamlik darajasi juda yuqori bo‘lgan, alo darajada xizmat ko‘rsatiladigan mehmonxonalar;
- 4 yulduz;
- oliy toifa mehmonxonalar - yashash va xizmat ko‘rsatish ekstra darajada bo‘lgan mehmonxonalar.
- - 5 yulduz.
Do'stlaringiz bilan baham: |