Fizika- texnika fakulteti


-O’quv yurtlarida o’qitish jarayonini tashkillash texnalogiyalari


Download 157.53 Kb.
bet4/9
Sana21.04.2023
Hajmi157.53 Kb.
#1370749
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Odilbek

1.2-O’quv yurtlarida o’qitish jarayonini tashkillash texnalogiyalari.
Texnologiya - yunoncha «technike» - mohir, usta: «techne» san’at, mahorat, san’at: logos - «ta’limot», - degan so‘zlardan olingan. Texnika— san’at, mohirlik degan ma’noni bildiradi. San’at - haqiqatni ko'rkam obrazlarda ijodkorlik bilan ifodalash, mohirlik, yaratuvchi, yaratuvchanlik, kasb-korlikni anglatadi. Demak texnologiya atamasi - qandaydir bir narsaning xususiyatini, shaklini, holatining o'zgartirishni. qayta ishlashni, undan boshqa narsa tayyorlash yo'llari, degan ma’noni bildiradi. Agar soddalashtirib aytsak: xom-ashyo - mahsulot. Masalan: un, suv, tuz - xomashyo, mahsulot - non; teri - xomashyo, mahsulot - to'n. oyoq kiyimi va boshq. Bu yerda texnologiyaning ma’nosi berilgan xom-ashyoni qanday yo'l bilan qayta ishlashda yotadi. O ’z-o’zidan quyidagicha savol tug’iladi: bilim berishda, ta’lim-tarbiyada texnologiyaning ma’nosi qanday?
O'qitish texnologiyasy - o'qitishning maqsadiga yetish uchun tanlab olingan metodlami, vositalarni turli shaklda qo'llash, boshqacha aytganda, talabalarga bilim berish tarbiyalash va rivojlantirishning unumli yo’lini ifodalaydi. Bunda xom-ashyo talaba hisoblanadi. Uni ishlatish - o'qitish jarayonini tashkil qilish. Mahsulot - yetarli bilimga ega bo’lgan, ta’lim- tarbiya olgan, ong jihatdan rivojlangan kasb-hunar, oliy maktab bitiruvchisi. Oliy maktabning yo ‘nalishiga, guruhning darajasiga, talabalarning xususiyatlariga, o‘quv predmetlarining o’rniga, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasiga va unda yaratilgan sharoitga mos o'qitish texnologiyasi ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.Oliy o’quv yurtlarida fizika fanini o’qitish, avvalombor, talabalarni zamonaviy fizika yutuqlari bilan bilan tanishtirishni, ushbu fanning ilmiy-texnik taraqqiyotda tutgan o’rni va ro’lini ko’rsatib berishni, bo’lajak mutaxassislarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni taqozo qiladi.
Albatta,har qanday o’qitish jarayonining samarasi, uning qanday metodlar asosida rejalashtirishiga bevosita bog’liqdir.

Download 157.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling