Fizika-1 fanidan mustaqil ish mavzu: Mehanik ish
Download 152.53 Kb.
|
fizika1
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT – 2021 REJA: Kirish Kuch impulsi va jism impulsi. Reaktiv harakat
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FIZIKA-1 FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Mehanik ish Bajardi: _042-20 guruh talabasi _ Azamat Mirzayev Tekshirdi: _________________ TOSHKENT – 2021 REJA: Kirish Kuch impulsi va jism impulsi. Reaktiv harakat 3. Mexanik ish va quvvat. «Impuls» lotincha so’zidan kelib chiqqan bo’lib, lug’aviy ma’nosi «turtki» demakdir. Mexanikada bu atama bilan ikkita kattalik belgilanadi: kuch impulsi va jism impulsi. Jismlarning o’zaro ta’sir natijasi faqat kuchgagina emas, balki ularning o’zaro ta’sirlashish vaqtiga ham bog’liqdir. Bunga quyidagi tajribada ishonch hosil qilish mumkin. Gorizontal oyna ustiga po’lat sharcha qo’yamiz. Sharchaning ustidan kuchli magnitli tez o’tkazamiz, sharcha joyidan salgina qo’zg’alganini sezamiz. Endi magnitni sharga ustidan sekinroq o’tkazib, tajribani takrorlaymiz. Bu holda sharcha harakatga keladi va magnit orqasidan ergashib harakatlanadi. Тajriba o’zaro ta’sir natijalari o’zaro ta’sir vaqtiga bog’liqligini ko’rsatadi. Shuning uchun fizikada kuch ta’sirini xarakterlash uchun maxsus kattalik–kuch impulsi kiritilgan. Kuchning biror vaqt oralig’idagi ta’sirining o’lchovi bo’lib hisoblanuvchi fizik vektor kattalikka kuch impulsi deb ataladi. Kuch impulsi kuchni uning ta’sir vaqtiga ko’paytmasi bilan o’lchanadi: I = Ft I =1N s Jism harakatini xarakterlash uchun faqat uning massasini yoki tezligini bilish yetarli emas. Shuning uchun mexanik harakatning o’lchovlaridan biri sifatida maxsus kattalik jism impulsi kiritilgan. Jism impulsi jism massasining uning harakatlanish tezligiga ko’paytmasi bilan o’lchanadi: P = m p = 1kg 1m/s =1 kgm/s Kuch impulsi va jism impulsi orasidagi bog’lanishni ko’rib o’taylik. Faraz qilaylik, m massali jism 0 tezlik bilan harakatlansin. Keyin bu jism t vaqt davomida boshqa jism bilan F kuch bilan o’zaro ta’sirlashsin. Bu o’zaro ta’sir jarayonida jism quyidagi tezlanish bilan harakatlansin: Biroq Nyutonning ikkinchi qonuni bo’yicha a= a = = yoki Ft = m - m0 Ft - kuch impulsi m0 - jismning o’zaro ta’sirlashguncha impulsi m - o’zaro ta’sirdan keyingi impulsi. m - m0 - O’zaro ta’sir natijasida jism impulsining o’zgarishi. Impulsning saqlanish qonuni izolyatsiyalangan sistemalar uchun ta’riflanadi. Faqat bir-birlari bilan o’zaro ta’sirlashuvi va bu sistemaga kirmaydigan boshqa jismlar bilan o’zaro ta’sirlashmaydigan jismlar sistemasiga izolyatsiyalangan yoki yopiq sistema deyiladi. Faraz qilaylik, izolyatsiyalangan sistema boshlang’ich paytda tanlangan sanoq sistemasida mos ravishda 0 va U0 tezliklarga ega bo’lgan m va M massali o’zaro ta’sirlashuvchi ikkita jismdan iborat. Biror t vaqt oraliqlaridan so’ng ularning tezliklari o’zaro ta’sirlashish natijasida va Uga o’zgaradi. Nyutonning uchinchi qonuniga ko’ra jismlar modullari bo’yicha teng va yo’nalishlari bo’yicha qarama-qarshi kuchlar bilan o’zaro ta’sirlashadi. F1= -F2 Bu kuchlarni impuls orqali yozilgan. Nyutonning ikkinchi qonuni bo’yicha ifodalaymiz:
F1= -F2 bo’lgani uchun Yoki =
Download 152.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling