Fizika: 8-sinf Test


Download 10.29 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi10.29 Kb.
#1339014
Bog'liq
8-sinf 3-ch


Fizika: 8-sinf Test
1. Elektroliz jarayonida zaryadlar qanday harakatlanadi?
A) Musbat ionlar katodga, manfiy ionlar anodga tomon harakat qiladi;
B) Musbat ionlar anodaga, manfiy ionlar katodga tomon harakat qiladi;
C) Musbat ionlar ham, manfiy ionlar ham anodga tomon harakat qiladi;
D) Musbat ionlar ham, manfiy ionlar ham katodga tomon harakat qiladi.
2. Faradeyning birinchi qonuni formulasi qanday ifodalanadi?
A) I = q/t; B) m = kq; C) m = kt; D) k = mq.
3. Faradeyning ikkinchi qonuni formulasi qanday ifodalanadi?
A) m = kq; B) m = M/FZ; C) k = M/Z; D) k = M/FZ.
4. Elektroliz vaqtida katodda 60 mg miqdorda kumush yig‘ilishi uchun elektrolitdan qancha zaryad o‘tishi kerak?
A) 54 C; B) 100 C; C) 540 C; D) 860 C.
5. 3 soat davom etgan elektrolizda katodda 30 mg nikel yig‘ildi. Elektroliz vaqtida elektrolitdan o‘tgan tok kuchini toping.
A) 3 mA; B) 5 mA; C) 9 mA; D) 90 mA.
6. Gaz razryadi nima?
A) Gazda ionlarning hosil bo‘lishi; B) Gazda ionlarning tartibsiz harakati;
C) Gazdagi rekombinatsiya jarayoni; D) Gaz orqali elektr toki o‘tishi jarayoni.
7. Mustaqil razrayd nima?
A) Ionizator ta’siri to‘xtatilishi bilan to‘xtaydigan razryad;
B) Ionizatorsiz vujudga keladigan razryad;
C) Ionizator ta’siri to‘xtatilganda ham davom etaveradigan razryad;
D) Ionizator ta’sirida sodir bo‘ladigan razryad.
8. Magnitlarning bir-biriga va temir buyumlarga ta’siri nima vositasida uzatiladi?
1) havo; 2) magnit maydon; 3) elektr maydon vositasida uzatiladi.
A) 1; B) 2; C) 3; D) 2; 3.
9. O‘zgarmas tok o‘tayotgan o‘tkazgich atrofida qanday maydon bo‘ladi?
A) Elektr; C) Elektrostatik;
B) Magnit; D) Elektr va magnit maydon.
10. Quyidagilarning qaysi biri noto‘g‘ri:
1) Ipga osilgan magnit fazoda ma’lum tarzda joylashib, sharq va g‘arbni ko‘rsatadi.
2) Bir qutbli magnitni hosil qilib bo‘lmaydi; 3) Yer ulkan magnitdir.
A) 1; B) 2; C) 3; D) hammasi to‘g‘ri.
11. Bir qutbli magnitni hosil qilib bo‘ladimi?
A) Ha; B) Yo‘q; C) V.Gilbert hosil qilgan;D) Beruniy hosil qilgan.
12. Magnitni Beruniy qanday atagan?
A. Ohangrabo B. Chu-shi S. Adamas D. Ayman
13.Temir o'zakkka bir necha qavat qilib izolyatsiyalangan sim o'rab hosil qilingan qurilma . .... nima deyiladi?
A. Transformator B. Elektromagnit S. Reostat D. Ampermetr
14. Yerning shimoliy magnit qutbi qayerda joylashgan?
A. Yerning shimoliy geografik qutbida
B. Yerning 75 gradus shimoliy kenglik va 99 gradus g'arbiy uzunlik yaqinida
S. Yerning janubiy geografik qutbida.
D. Yerning 66,5 gradus janubiy kenglik va 140 gradus sharqiy uzunligida.
15. Yerning janubiy magnit qutbi qaerda joylashgan?
A. Yerning shimoliy geografik qutbida
B. Yerning 75 gradus shimoliy kenglik va 99 gradus g'arbiy uzunlik yaqinida
S. Yerning janubiy geografik qutbida.
D. Yerning 66,5 gradus janubiy kenglik va 140 gradus sharqiy uzunligida.

Download 10.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling