Fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari


Download 254.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana11.05.2023
Hajmi254.96 Kb.
#1452893
1   2   3   4   5
Bog'liq
ziSXHzPKQgBWqEBWCANwB8uXdqhmVRtV1VXXWROe

Ishni boshlash 
iSpring QuizMaker dasturini ishga tushirgash siz ekranda «Начало работы» 
oynasini ko‘rasiz. Bu oyna yangi baholovchi test yoki anketa yaratish, testni 
ochish, testni import qilish imkoniyatlarini beradi. Bu dialog iSpring QuizMaker 
web resurslariga texnik yordam ko‘rsatish va dasturiy maxsulotlarni sotib olishga 
imkoniyat beradi.
 


 
Ispring Quiz Maker modulining ilk interfeysi 
Dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari 
bilan ajralib turadi: 
· dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va 
ishlashi mumkin; 
· juda kam amallar ketma ketligi bajariladi; 
· maxsus bilimlar talab etilmaydi; 
· testlarning 13 xil turini yaratish mumkin; 
· test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin; 
· test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo‘natiladi; 
· dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.
Kompyuterga iSpring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz 
Maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud. Testlar bazasi 
yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test 
o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra 
o‘zgartirish mumkin. Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq 
uchun, global tarmoq uchun, hujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun 
saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli 
.swf formatda saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun 
kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi yetarli. Dasturda test 
savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin: 


1. Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga 
bog‘liq.
2. Ko‘p javobli test: bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar 
yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin. 
3. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: bunda anketa savoli ko‘rinishiga 
mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi; 
4. “Qisqa javobli” test: bunda test topshiruvch matn maydoniga bir qarotli 
qisqa javob kiritishi kerak; 
5. Javoblarni tartiblash: savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro 
tartiblanadi; 
6. O‘zaro moslik o‘rnatish: bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan 
birlashtiriladi; 
7. Sonni kiriting: savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak; 
8. Bo‘sh joylarni to‘ldiring: matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh joylarni 
kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi; 
9. Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar 
variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash 
mumkin. 
10. So‘zlar banki: Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan 
keraklilarini tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini 
bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.
11. Faol hududni aniqlovchi savol: Savolda rasmdagi qaysidir maydonni 
belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi 
tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi. 
12.

Download 254.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling