Fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari


Download 254.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi254.96 Kb.
#1452893
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ziSXHzPKQgBWqEBWCANwB8uXdqhmVRtV1VXXWROe



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“FIZIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB 
MASALALARI” o‘quv kursining 
“Darslarda kompyuter dasturlari yordamida tayyorlangan didaktik 
vositalardan foydalanish” mavzusida ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna 
 
 
 
 
 
Toshkent
 


3-Mavzu: Darslarda kompyuter dasturlari yordamida tayyorlangan 
didaktik vositalardan foydalanish. 
Reja: 
1. 
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. 
2. 
Crossword Forge dasturi haqida. 
3. 
iSpring QuizMaker dasturi imkoniyatlari. 
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha 
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv 
jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik 
vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli 
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi 
sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq 
didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar 
majmuasi), texnik va metodik ta’minot hamda qo‘shimcha yordamchi vositalar 
kiradi. 
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: 
➢ o‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va 
qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi; 
➢ test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish 
yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi; 
➢ mashq qildirgichlar – avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini 
takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi; 
➢ o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi 
dasturlar. 

Download 254.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling