Fizika Dtm


Download 249.89 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1544682
Bog'liq
Fizika.Dtm. 14.05.2023


Fizika Dtm. 14.05.2023
1. Tezlik-vaqt grafigidan foydalanib jismning dastlabki 12 s dagi o’rtacha tezligini aniqlang (m/s)?

A) 4 B) 8 C) 10 D) 12
2. Temperaturasi 00C bo’lgan do’l (muz parchasi) yerga urilib to’liq erib ketishi uchun u kamida qanday balandlikdan tushishi kerak (km)? Havoning qarshiligini hisobga olmang. (Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg)
A) 25 B) 12 C) 10 D) 33
3. Boshlang’ich tezligi V0 bo’lgan jism tekis sekinlanuvchan harakatlanib 6 s dan so’ng to’xtadi. Agar uning oxirgi sekunddagi yo’li 4 m ga teng bo’lsa, uning boshlang’ich tezligi V0 qanchabo’lgan (m/s)?
A) 12 B) 24 C) 36 D) 48
4. Tekis sekinlanuvchan harakatlanayotgan jism K nuqtadan L nuqtaga 4 s da kelgan bo’lsa, uning K nuqtadagi tezligi necha m/s bo’lgan?

A) 12 B) 12,5 C) 15 D) 15,5
5. m1 massali jismning tezlanishi F kuch ta’sirida a1, m2 massali jismning tezlanishi esa F kuch ta’sirida a2 bo’lgan bo’lsa, bu jismlar birgalikda F kuch ta’sirida qanday tezlanish oladi? Ishqalanish yo’q.
A) B)
C) D)
6. Ikki tomoni berk silindrning o’rtasida porshen turibdi. Silindrning har ikkala qismidagi gaz bosimi 75 kPa. Porshen asta-sekin shunday harakatga keltiriladiki, bunda o’ng tomondagi gazninig hajmi ikki marta kamayadi. Idishlardagi oxirgi bosimlar ayirmasini toping (kPa)? T=const
A) 200 B) 320 C) 185 D) 100
7. Yetarlicha baland nuqtadan massasi 1 kg bo’lgan jism 20 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan. Harakatning to’rtinchi sekundi oxirida jismning kinetik energiyasi qancha bo’ladi (kJ).
g=10m/s2
A) 10 B) 0,05 C) 2,6 D) 1
8. Aravacha gorizontal tekislikda 2 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan bo`lsa, prujinaning (k=30 N/m) uzayishi qancha (sm)?

A) 4 B) 7 C) 10 D) 12
9. Tik yuqoriga otilgan jism harakatining 4-sekundida 25 m yo’l o’tgan bo’lsa, uning maksimal ko’tarilish balandligi necha metr?
A) 60 B) 180 C) 100 D) 120
10. 2000 m balandlikda uchayotgan qiruvchi samolyotdan qo’yib yuborilgan jism avtomobilga tushishi uchun x masofa necha metr bo’lishi kerak?

A) 500 B) 2000 C) 1200 D) 1500
11. Jism Yer sirtidan biror balandlikdagi nuqtadan gorizontga nisbatan 370 burchak ostida pastga tomon otildi. Agar jism 2 sekunddan so’ng Yerga tushgan va uning gorizontal ko’chishi 16 m ekanligi aniq bo’lsa, jism qanday balandlikdan otilgan (m)?
A) 16 B) 24 C) 32 D) 36
12. Yer sirtidan gorizontga 530 burchak ostida otilgan jismning eng kichik tezligi 15 m/s bo’lsa, u ko’tarilgan eng yuqori balandlik qancha (m)?
A) 10 B) 15 C) 20 D) 25
13. Elektr lampa volfram tolasining 200C haroratda va lampa manbadan uzilgan vaqtda qarshiligi 60 Ω, lampa yonganda esa 636 Ω ga teng bo’lsa, lampa yongan paytdagi tolaning temperaturasini aniqlang? (α=0,0048 K-1)
A) 18000C B) 15440C
C) 22120C D) 25560C
14. Ikkita bir xil A va B elektrolitik vannalar mis kuporosi eritmasi bilan to’ldirilgan. A vannada eritma konsentrasiyasi B vannaga nisbatan katta. Vannalar ketma-ket ulansa, qaysi vannada ko’proq mis ajraladi?
A) bir xil B) A
C) B D) anodga bog’liq
15. Elektrolit to’ldirilgan vannadan 4 A o’zgarmas
tok o’tib turganda 40 minutda katod sirtiga ikki valentli metalldan necha mol miqorda yopishadi?
A) 0,02 B) 0,03 C) 0,04 D) 0,05
16. Bir-biridan 5 sm masofada o’zaro parallel joylashgan ikkita cheksiz uzun ingichka o’tkazgichlardan bir yo’nalishda I1=10 A va I2=15 A tok o’tmoqda. O’tkazgichlar o’rtasidagi natijaviy magnit maydon induksiyasini modulini (mkT) hisoblang?
A) 120 B) 60 C) 10 D) 40
17. Yuzasi S=400 sm2 bo’lgan tokli ramka induksiyasi B=0,1 T bo’lgan bir jinsli magnit maydonga ramka tekisligiga o’tkazilgan normal magnit induksiya chiziqlariga α= 300 burchak hosil qilgan holda olib kirildi. Ramkadagi tok kuchi necha Amper bo’lganda ramkaga M=20 µN∙m ga teng aylantiruvchi moment ta’sir qiladi?
A) 0,01 B) 0,02 C) 0,005 D) 0,08
18. Uzunligi l= 0,5 m bo’lgan o’tkazgich induksiyasi B = 8 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydonda kuch chiqlariga perpendikulyar ravishda v=5 m/s tezlik bilan harakatlanmoqa. O’tkazgich uchlaridagi potensiallar ayirmasini aniqlang (mV)?
A) 40 B) 30 C) 20 D) 15
19. Elektr zanjirda K-L nuqtalar orasidagi to’la qarshilikni aniqlang (Ω)?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
20. Samolyot vertikal tekislikda o’zgarmas 360 km/h tezlik bilan 400 m radiusdagi “Nesterov sirtmog’i” hosil qilmoqda. Trayektoriyaning eng quyi nuqtasida uchuvchining (m=70 kg) yuklanishi qancha bo’ladi?
A) 2,5 B) 3 C) 3,5 D) 4
21. Bir muntazam uchburchakning K va L uchlarida joylashtirilgan cheksiz uzun to’g’ri o’tkazgichlardan sahifa tekisligiga tik, o’quvchiga tomon yo’nalgan teng va i tok kuchlari o’tmoqda.

Bunga asosan, O nuqtada joylashtirilgan bir kompas strelkasi quyida ko’rsatilganlardan qaysi biridek muvozanatda qoladi?
(Kompas strelkasining bo’yab ko’rsatilgan qutbi shimoliy qutbdir.)

22. Ideal tebranish konturidagi elektr maydonining maksimal energiya­si 160 mJ, g’altakdagi tok kuchining amplituda qiymati 10 A. Tebranish konturida g’altak induktivligini to­pinig ?
A) 1,6 mH B) 3,2 mH
C) 8 mH D) 0,8 mH
23. CO2 gazining 5 mol miqdorining massasi qancha (g)?
A) 18 B) 24 C) 220 D) 380
24. Yopiq idishda temperaturasi 870C, bosimi 4,5 MPa bo’lgan gaz bor. Gazning 1/5 qismi chiqarib yuborilganda, temperatura 270C gacha pasaygan bo’lsa, qaror topgan bosim qanday (MPa)?
A) 2,2 B) 1,2 C) 3 D) 1
25. Ideal gaz boshlang’ich 6 l hajmdan 4 l hajmgacha siqilgan. Bunda gaz bosimi 200 kPa ga ortgan bo’lsa, gazning bosimi dastlab qanday bo’lgan (kPa)? Temperatura o’zgarmagan deb hisoblang.
A) 400 B) 500 C) 200 D) 133
26. Ikki jism bir-biriga ip bilan bog’lanib o’zgarmas F= 20 N kuch bilan vertikal yuqoriga ta’sir etilayotgan bo’lsa, harakat paytida ipdagi taranglik kuchi necha Nyutonga teng bo’ladi? g=10m/s2

A) 10 B) 20 C) 30 D) 40
27. Ko’l tubidan qalqib gaz pufakchasining hajmi 2,6 marta kattalashgan bo’lsa, ko’lning chuqurligi qancha (m)? T=const
A) 10 B) 26 C) 16 D) 20
28. Ballondagi gazning harorati 770C dan 270C gacha pasayganda gaz bosimi qanday o’zgaradi?
A) 10% ga kamayadi B) 14,3% ga kamayadi
C) 23% ga kamayadi D) 5% ga ortadi
29. Diametri 1 mm bo’lgan ho’llamovchi shisha kapillyar nay simobga botirilgan.Kapillyardagi simobning sathi idishdagi simob sathidan qanday farq qiladi (mm)? σ=470 mN/m, ρ=13600 kg/m3.
A) 7 mm yuqori B) 14 mm yuqori
C) 7 mm past D) 14 mm past
30. Agar suv diametri 1,8 mm bo’lgan naychadan tomchilayotgan bo’lsa, 2 sm3 suv nechta tomchi bo`lib tushadi? Suvning sirt taranglik koeffisiyenti 0,072 N/m.
A) 25 B) 49 C) 16 D) 57



Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling