Fizika fan oyligi davomida fizika fani o’qituvchisi H
Download 30.5 Kb.
|
5 B ochiq dars bayonnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rilgan masala
25-son IDUMning Geografiya fani O’qituvchisi Ollaberganov Farruxbekning 5-B sinfda Geografiya fanidan Litosfera,Tog’ jinslari mavzusidagi 1-soatlik ochiq dars tahlili BAYONNOMASI Tahlilda ishtirok etdilar: O’TIBDO’ : Matrizayeva Dilbar Fizika fani o’qituvchisi : Matyoqubova Surayyo Ko’rilgan masala: 5-B sinfda Geografiya fani bo’yicha Litosfera, Tog’ jinslari mavzusida o’tkazilgan ochiq dars tahlili. Masala yuzasidan maktab O’TIBDO’ Matrizayeva Dilbar so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi.U o’qituvchining quyidagi yutuqlari va kamchiliklarini e’tirof etdi: Yutuqlari; Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanildi, texnika vositalari, jumladan Noutbuk va televizordan foydalanildi, vaqtdan unumli foydalanildi. Maslahat: Kartochka yoki boshqa usullardan foydalanib ko’proq o’quvchilarni baholash mumkin edi, Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan individual shug’ullanish kerak. Darsga umumiy holda yaxshi baho berishni taklif qildi. Yig’ilishda ham dars to’g’risidagi o’z fikrlarini aytdilar. Jumladan o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi nazaridan biroz chetda qolganligi, buni natijasida o’quvchilarda darsda berilishi kerak bo’lgan BKM elementlari o’zlashtirilmay qolganligi ta’kidlab o’tildi. U darsda erishilgan yutuqlar xususida to’xtalib zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina avzalliklarga ega: Masalan zamonoviy o’qitishning interfaol uslub metodlar foydalanishini takomillashtirish. ham darsda bir qator yutuqlar va kamchiliklarga to’xtaldi. Ular ham darsga Matyoqubova Surayyo tomonidan qo’yilgan bahoni qo’llab quvvatlashlarini aytdilar. Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qabul qildi: QAROR Ollaberganov Farruxbek tomonidan o’tkazilgan dars yaxshi baho bilan baholansin. Darsda yo’l qo;yilgan kamchiliklar uslub birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin. Yig’ilish raisi : Matrizayeva Dilbar Kotibi: Matyaqubova Surayyo Download 30.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling