Fizika fani o’qituvchisi Toshpulatov Umid ning 7-sinflar uchun “impuls”
Vaqt DARSNING BLOK SXEMASI
Download 272.83 Kb.
|
7 Impuls dars ishlanma fizika 190319113144
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARSNING BORISHI: 1.Tashkiliy qism
- 3.Yangi mavzu bayoni
- 4. Mustahkamlash
- Uyga vazifa
Vaqt
DARSNING BLOK SXEMASI:
DARSNING BORISHI: 1.Tashkiliy qism: O’quvchilar davomotini aniqlash, navbatchi hisobotini eshitish, o’quvchilarni yangi bilimlar olishga hozirlash. 2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. O’quvchilarning o’tilgan mavzular bo’yicha bilimlarini nazariy va amaliy ravishda mustahkamlanadi. Sirpanish ishqalanish nima? Qanday zararli ishqalanishlarni bilasiz? Podshipniklarning qo’llanishi haqida nimalarni bilasiz? 3.Yangi mavzu bayoni: Impuls lotincha impulsus so’zidan olingan bo’lib, turtki degan ma’noni bildiradi. Jimslarning o’zaro ta’siri natijasida kuchdan tashqari ta’sirlashish vaqtining davomiyligiga bog’liq. Impuls ikki turga bo’linadi. Kuch impulsi jismga ta’sir etayotgan kuchning shu kuch ta’sir etgan vaqtga ko’paytmasiga teng. Ya’ni I =Ft Xalqaro birliklar sistemasida kuch impulsining birligi nyuton sekund (N s) 1 N s li impuls – bu 1 s davomida ta’sir etuvchi 1 N kuch impulsidir. Harakatlanayotgan jismning tezligi o’zgarmaganda massasi qancha katta bo’lsa, uning urilish zarbi ham shuncha katta bo’ladi. Harakatlanayotgan jismning tezligi qancha katta bo’lsa, uning urilish zarbi ham shuncha katta bo’ladi. Demak ijism harakatini tavsiflash uchun jism impulse degan kattalik kiritilgan. Jism massasining uning tezligi ko’paytmasiga teng bo’lgan kattalik jism impulsi deb ataladi. Ya’ni p = mv Jism impulsi vektor kattalik bo’lib, uning yo’nalishi tezlikning yo’nalishida bo’ladi. 4. Mustahkamlash: Guruhlarga mavzu yuzasidan nazariy savollar beriladi. Impuls nima? Kuch va jism impulslari haqida gapiring. 5. Darsni yakunlash: Guruhlar faoliyati va o’quvchilarning olgan ballari jamlanib guruhlar faoliyatiga baho beriladi va g’olib guruh rag’batlantiriladi. Uyga vazifa: Takrorlash Download 272.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling