Sinf jamoasidagi muhitni baholash anketasi


Download 32.5 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1409876
Bog'liq
SINF JAMOASIDAGI MUHITNI BAHOLASH ANKETASI


SINF JAMOASIDAGI MUHITNI BAHOLASH ANKETASI
1. Sinfga daxldorligingizni qanday baholaysiz?
a) Men o’zimni jamoaning a’zosi sanayman;
b) Ko’pchilik faoliyat turlariga ishtirok etaman;
v) Bitta faoliyat turi bilan shugullanib, boshqasiga ishtirok etmayman;
g) Jamoa a’zosi ekanligimni his etmayman;
d) Sinfning boshqa bolalari bilan muloqot qilmayman;
ye) Bilmadim, javob berishga qiynalaman.
2. Tasavvur qiling, sizga boshqa sinfda o’qish imkoniyati tug’ildi?
a) Ha, o’tishni juda xohlayman.
b) Qolgandan ko’ra butunlay o’tib ketardim;
v) Hech qanday farqni ko’rmayman;
g) Butunlay o’z sinfimga qolgan bo’lardim;
d) O’z sinfimda qolib o’qishni juda xohlayman;
ye) Bilmadim, javob berishim qiyin.
3. Sinfingizdagi o’quvchilar o’rtasidagi munosabat qanday?
a) Boshqa sinfdagilarga qaraganda zo’r;
b) Ko’pchilig sinflarnikiga nisbata zo’r;
v) Taxminan, ko’pchilik sinflarniki singari;
g) Ko’pchilik sinflarnikiga nisbatan yomon;
d) Har qanday sinfnikiga nisbatan yomon;
ye) Bilmayman.
4. O’quvchilarning tarbiyachi bilan munosabati qanday (sinf rahbari bilan)?
a) Har qanday sinfdagidan zo’r;
b) Ko’pchilik sinflarga nisbata zo’r;
v) Taxminan, ko’pchilik sinflar singari;
g) Ko’pchilik sinflarga nisbatan yomon;
d) Har qanday sinfga nisbatan yomo;
ye) Bilmayman.
5. Sinfingizdagi o’quvchilarning o’qishga munosabatlari qanday?
a) Har qanday sinfdagidan zo’r;
b) Ko’pchilik sinflarga nisbatan zo’r;
v) Taxminan, ko’pchilik sinflar singari;
g) Ko’pchilik sinflarga qaraganda yomon;
d) Har qanday sinfga qaraganda yomon;
ye) Bilmayman.

Natijalarni qayta ishlash
Bolaning har bir savol bo’yicha ballari jamlanib, quyidagi me’yorlar bo’yicha talqin etiladi:

  • 25-18 ballar – bolalar uchun sinf jamoasi anchagina yoqimli va jozibador. Sinfdagi muhit bolani to’liq qoniqtiradi. U jamoadagi boshqa bolalar bilan o’zaro munosabatlarni qadrlaydi.

  • 17-12 ballar – bola sinf jamoasiga yaxshi moslashgan.Uning uchun sinfdagi muhit qulay va yoqimli. Bola uchun sinf jamoasi qadrlidir.

  • 11-6 ballar – bolaning jamoaga munosabatidagi betarafylik uning o’zaro munosabatlaridagi sog’lom muhitiga noqulayliklar tug’diradi. Unda jamoadan ajralib qolish istagi yuqori yoki munosabatlarini o’zgartirishga zarurat bor.

  • 5 va kam ballar – sinfga nisbatan salbiy munosabatni anglatadi. Undagi o’z holati va o’rnidan norozi. Sinf jamoasida noqulay sharoit hukmron.

Ushbu myetodikani o’tkazishda sinf jamoasidagi munosabatlarni o’rganishga yo’naltirilgan boshqa “Stsiomyetriya” va “Saylov” singari myetodikalar bilan birga qo’llash ancha samarali natijalarni taqdim etadi. SHuningdyek, ankyeta bilan myetodikalar natijalarini solishtirish bolaning sinf jamoasi to’g’risidagi tasavvurlariga xolisona baho byerishga imkon tug’diradi.
Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling