Guruh jamoasidagi muhitni baholash anketasi


Download 27 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi27 Kb.
#1550845
Bog'liq
GURUH JAMOASIDAGI MUHITNI BAHOLASH ANKETASI


GURUH JAMOASIDAGI MUHITNI BAHOLASH ANKETASI


1. Guruhga daxldoligingizni qanday baholaysiz?
a) Men o’zimni jamoaning a’zosi sanayman;
b) Ko’pchilik faoliyat turlariga ishtirok etaman;
v) Bitta faoliyat turi bilan shugullanib, boshqasiga ishtirok etmayman;
g) Jamoa a’zosi ekanligimni his etmayman;
d) Guruhning boshqa bolalari bilan muloqot qilmayman;
e) Bilmadim, javob berishga qiynalaman.
2. Tasavvur qiling, sizga boshqa Guruhda o’qish imkoniyati tug’ildi?
a) Ha, o’tishni juda xohlayman.
b) Qolgandan ko’ra butunlay o’tib ketardim;
v) Hech qanday farqni ko’rmayman;
g) Butunlay o’z Guruhimga qolgan bo’lardim;
d) O’z Guruhimda qolib o’qishni juda xohlayman;
e) Bilmadim, javob berishim qiyin.
3. Guruhingizdagi o’quvchilar o’rtasidagi munosabat qanday?
a) Boshqa Guruhdagilarga qaraganda zo’r;
b) Ko’pchilig Guruhlarnikiga nisbata zo’r;
v) Taxminan, ko’pchilik Guruhlarniki singari;
g) Ko’pchilik Guruhlarnikiga nisbatan yomon;
d) Har qanday Guruhnikiga nisbatan yomon;
e) Bilmayman.
4. O’quvchilarning tarbiyachi bilan munosabati qanday (Guruh rahbari bilan)?
a) Har qanday Guruhdagidan zo’r;
b) Ko’pchilik Guruhlarga nisbata zo’r;
v) Taxminan, ko’pchilik Guruhlar singari;
g) Ko’pchilik Guruhlarga nisbatan yomon;
d) Har qanday Guruhga nisbatan yomo;
e) Bilmayman.
5. Guruhingizdagi o’quvchilarning o’qishga munosabatlari qanday?
a) Har qanday Guruhdagidan zo’r;
b) Ko’pchilik Guruhlarga nisbatan zo’r;
v) Taxminan, ko’pchilik Guruhlar singari;
g) Ko’pchilik Guruhlarga qaraganda yomon;
d) Har qanday Guruhga qaraganda yomon;
e) Bilmayman.

Natijalarni qayta ishlash
A javobga – 5 ball, B javobga – 4 ball, V javobga – 3 ball, G javobga – 2 ball, D javobga – 1 ball, E javobga – 0 ball.
Bolaning har bir savol bo’yicha ballari jamlanib, quyidagi me’yorlar bo’yicha talqin etiladi:

  • 25-18 ballar – bolalar uchun Guruh jamoasi anchagina yoqimli va jozibador. Guruhdagi muhit bolani to’liq qoniqtiradi. U jamoadagi boshqa bolalar bilan o’zaro munosabatlarni qadrlaydi.

  • 17-12 ballar – bola Guruh jamoasiga yaxshi moslashgan.Uning uchun Guruhdagi muhit qulay va yoqimli. Bola uchun Guruh jamoasi qadrlidir.

  • 11-6 ballar – bolaning jamoaga munosabatidagi byetarafylik uning o’zaro munosabatlaridagi sog’lom muhitiga noqulayliklar tug’diradi. Unda jamoadan ajralib qolish istagi yuqori yoki munosabatlarini o’zgartirishga zarurat bor.

  • 5 va kam ballar – Guruhga nisbatan salbiy munosabatni anglatadi. Undagi o’z holati va o’rnidan norozi. Guruh jamoasida noqulay sharoit hukmron.

Ushbu myetodikani o’tkazishda Guruh jamoasidagi munosabatlarni o’rganishga yo’naltirilgan boshqa “Sotsiomyetriya” va “Saylov” singari myetodikalar bilan birga qo’llash ancha samarali natijalarni taqdim etadi. SHuningdyek, ankyeta bilan myetodikalar natijalarini solishtirish bolaning Guruh jamoasi to’g’risidagi tasavvurlariga xolisona baho byerishga imkon tug’diradi.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling