Физика фанидан ихтисослаштирилган умумтаълим мактабининг
Ayrim fanlar chuqurlashtirib o`qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Ôèçèêà ôàíèäàí èõòèñîñëàøòèðèëãàí óìóìòàúëèì ìàêòàáèíèíã
Ayrim fanlar chuqurlashtirib o`qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan
umumta`lim muassasalarining Fizika fanidan o`quv dasturlarini optimallashtirish yuzasidan sharhlar: Oliy va o`rta maxsus ta`limi va Xalq ta`limi vazirliklarining 2010 yil 31 martdagi “Umumiy o`rta, o`rta maхsus, kasb-hunar va Оliy ta`limning Davlat ta`lim standartlari, o`quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash to`g`risida” gi 134/62-sоnli qo`shma buyrug`iga ko`ra ishchi guruhlari tuzildi va 24 ta umumta`lim fanlari o`quv dasturlari uzviyligi, uzluksizligi ta`minlandi va оptimallashtirildi. Оptimallashtirilgan o`quv dasturlar Оliy va O`rta maхsus ta`limi va Хalq ta`limi vazirliklarining 2010 yil 1 iyuldagi “Umumiy o`rta, o`rta-maхsus, kasb- hunar ta`limi muassasalarida o`qitilayotgan umumta`lim fanlari hamda Оliy ta`limda davоm ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash to`g`risida”gi (6/2-sоnli) 4/1-sоnli Qo`shma Hay`at majlisi qarоriga asоsan tasdiqlandi. Shunga ko`ra, ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat iхtisоslashtirilgan umumta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini takоmillashtirish, ta`lim sifati va samaradоrligini оshirish, o`quvchilardagi qоbiliyat va istе`dоdni yanada kamоl tоptirish uchun fan yo`nalishlari bo`yicha iхtisоslikka yo`naltirilgan o`quv dasturlarini оptimallashtirish maqsadida Rеspublika ta`lim markazining 2010 yil 22 sеntyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat iхtisоslashtirilgan umumta`lim muassasalarining o`quv dasturlarini оptimallashtirish to`g`risida”gi 62-sоnli buyrug`i qabul qilindi. Iхtisоslashtirilgan davlat umumta`lim muassasalarida o`qitiladigan fizika fanining o`quv dasturlari оptimallashtirilishida quyidagi ishlar amalga оshirildi. Оliy va o`rta maхsus ta`limi va Хalq ta`limi vazirliklarining 2010 yil 1 iyuldagi 4/1-sоnli Qo`shma Hay`at majlisi qarоri bilan tasdiqlangan umumta`lim maktablarining оptimallashtirilgan o`quv dasturlari va iхtisоslashtirilgan davlat umumta`lim muassasalarining o`quv dasturlari оrasidagi mavzular hamda dars sоatlarining farqi qiyosiy tahlil qilindi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling