Fizika fanidan laboratoriya daftar I 6 s I n f
Download 62.93 Kb.
|
6-sinf laboratoriya ish
Sana:___________________ 3-laboratoriya ishiMavzu: Qattiq jismning zichligini aniqlash. Kerakli jihozlar: Elektron tarozi , o`lchov chizg`ichi ,to`g`ri burchakli parallelepiped shaklidagi yog`ochdan ,plastmassadan ,metalldan yasalgan narsalar.To`g`ri geometrik shaklga ega bo`lmagan predmetlar (kichik qaychi,qalamtarosh) , suvli menzurka. Ishni bajarish tartibi: To`g`ri burchakli parallelepiped shaklidagi jismlardan biri olinib ,uning bo`yi (a) ,eni (b), balandligi (c) chizg`ich yordamida o`lchanadi.(1-rasm). Natijalarga ko`ra V=a•b•c Tarozi yordamida to`g`ri burchakli parallelepiped shaklidagi jism massasi o`lchab olinadi. formuladan jism zichligi hisoblab topiladi. Yuqorida korsatilganidek tajriba boshqa parallelepipedlar bilan otkazilib , ularning ham zichliklari aniqlanadi. Olchash va hisoblash natijalari quyidagi jadvalga yoziladi
To`g`ri geometrik shaklga ega bo`lmagan jismlardan birining massasi m tarozida tortib olinadi. Menzurkaga jism solinganda suv sathi o` ` Vjism= V2 - V1 formuladan jism hajmi hisoblanadi. jism zichligi hisoblab topiladi. Tajriba boshqa jism bilan takrorlanadi.
12. Laboratoriya ishini xulosalash. Darsni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: Jadvaldagi zichliklarga ko’ra jismlarning qanday matertialdan yasalganligini taxminiy aniqlang. Suyuqlik zichligini qanday qilib aniqlash mumkin. Zichlikni tashqaridan ta’sir etib o’zgartirish mumkinmi ? Sana:________________ 4- laboratoriya ishi :Dinamometr yordamida kuchlarni o’lchash. Kerakli asboblar: Dinamometr,turli massali jismlar, rezina, uchida ilmog’i bor silliq taxtacha, stol. Ishni bajarish tartibi: Og’irlik kuchini o’lchash. Dinamometrni olib, shkalasini o’rganing. Dinamometrning o’lchash chegarasini va aniqlik darajasini yozib oling. Dinamametrni shtativga mahkamlab, uning ilmog’iga turli massali jismlarni iling. Har safar dinomametr ko’rsatishlarini yozib oling. Ishqalanish kuchini o’lchash. I-tajriba. Stol ustiga uchida ilmog’I bor silliq taxtachani qo’ying. Dinomametr ilmog’ini taxtacha ilmog’idan o’tkazing.(1-rasm ) Dinomametr uchidan ushlab, sekin torting. Jism joyidan qo’zg’algandan boshlab, iloji boricha, jismni juda sekin tekis harakat qildiring. Shu holatda dinomametr ko’rsatishini yozib oling. Izoh:Jism tekis harakatlaniltirilganda tortuvchi kuch F, ishqalanish kuchi Fishq gat eng bo’ladi. F= Fishq . II-tajriba. Taxtacha ustiga 1 kg (yoki 0,5 kg ) li toshni qo’ying. Tajribani takrorlang. Dinamomtr ko’rsatishidan foydalanib ishqalanish kuchini aniqlang. Taxtacha ustiga qo’yiladigan yuklar miqdorini o’zgartirib, Ishqalanish kuchilarini aniqlang. Elastiklik kuchini o’lchash. I-tajriba. Dinamometrning asosiy qismi prujina bolganligidan, unga yuk osilganda, yukning og’irligi prujinaning elastiklik kuchiga teng bo’ladi. II-tajriba. Rezinaning elastiklik kuchini o’lchash uchun taxtacha va dinomametr oralig’iga l0 = 15-20 sm uzunlikdagi rezina ulanadi. Dinomometr uchidan ushlab , yukni tekis harakat qiladigan holatrda tortiladi. (2-rasm ). Bunda rezina choziladi va unda hosil bo’lgan elastiklik kuchini dinamometr ko’rsatishidan yozib olinadi. III-tajriba. Dinomometrni vertical holatda shtativga mahkamlanadi. Uning ilmog’iga 10-15 sm uzunlikdagi rezina bog’lanadi. Rezina oxirini siqib ip bilan bog’lanadi.va ip uchini halqa shaklida qoldiriladi. Ipga massasi ma’lum bo’lgan toshlar ilinadi. Dinomometr ko’rsatishidan rezina cho’zilishi tufayli hosil bo’lgan elastiklik kuchi aniqlanadi. Ishqalanish kuchini o’lchash jadvali
Elastiklik kuchini o’lchash jadvali
Labaratoriya ishini xulosalash.____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 62.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling