Fizika fanidan laboratoriya ishlari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Радиоэлектроника Услубий
LABORATORIYA
ISHLARINI RASMIYLASHTIRISHGA BO‘LGAN TALABLAR Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonini uch bosqichga bo‘lish mumkin: 1.Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorgarlik, ya’ni nazariy tushunchalarni mustahkamlash maqsadida shu ishga taalluqli adabiyotlar bilan tanishish, asboblar va qurilma haqida ma’lumotga ega bo‘lish. 2. O‘lchashlar o‘tkazish yoki mazkur topshiriqqa asoslangan fizik hodisani asboblar yordamida aniqlash. 3. Nazariy tushunchalarni eksperiment natijalari bilan taqqoslab hisobot tuzish. Bulardan asosiy o‘rinni ikkinchisi egalaydi. Birinchi va uchinchi bosqichlar unga tayyorgarlik va undan chiqadigan xulosalardir. Mashg‘ulotga tayyorgarlik va uni o‘tkazish ishlarini, shuningdek. Hisobot tuzish va to‘g‘ri xulosalar chiqarishni tekshirib borish, ya’ni mashg‘ulotning har bir bosqichida nazorat o‘tkazib turish maqsadga muvofiq. Laboratoriya ishlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish hamma vaqt asboblar bilan ishlashda anchagina uquv va malaka talab qiladi. Shuning uchun, ko‘pincha eksperiment avval bir oz qiyinday tuyuladi, vaqtni ko‘p oladi, o‘lchash natijalari esa ko‘pincha mutlaqo xato bo‘lib chiqadi. Bunda, xususan, asbobni rostlab o‘rnatish ishiga katta e’tibor berish zarur. Ko‘pchilik hollarda vazifaning bu qismini puxta bajarishga to‘g‘ri keladi, chunki agar asbob e’tiborsizlik bilan o‘rnatilgan bo‘lsa o‘lchash natijalari xato bo‘lib chiqishi mumkin. Masalan, agar kapillyardagi suyuqlik ustunining balandligi katetometr vositasida o‘lchash yo‘li bilan sirt tarngligi o‘lchanmoqchi bo‘linsa, u holda, avvalo, katetometrni puxta o‘rnatish zarur, aks holda chiqadigan natija haqiqiy qiymatdan juda katta farq qilib qoladi. Xatto shunday ham bo‘lishi mumkinki, katetometrni noto‘g‘ri o‘rnatganda olinadigan natija suyuqlik ustunlari balandligini masshtabli lineyka bilan bevosita o‘lchashda topiladigan natijadan ham aniqmas bo‘ladi. Ko‘p hollarda asbobni to‘g‘ri o‘rnatish vazifadagi eng og‘ir ish hisoblanadi, agar asbob etarli darajada puxta o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘lchash tez va ososngina bajariladi, natijalar juda aniq bo‘lib chiqadi. Laboratoriya ishini bajarib bo‘lgandan so‘ng natijaning to‘g‘riligiga uning izlanayotgan kattalikning jadvalda berilgan qiymatiga yoki bu ishni boshqa bir kishi shu qurilmada oldin qilganda olgan natijaga to‘g‘ri kelishiga qarabgina ishonmaslik kerak. Vazifaning to‘g‘ri bajarilganligiga ishonish hamma o‘lchashlar to‘g‘ri bajarilganligiga va ularda xatolarga yo‘l qo‘yilmaganligini aniqlash oqibati bo‘lishi kerak. Boshqacha aytganda laboratoriya ishini bajargan o‘quvchi boshdan oxirigacha xatoga yo‘l qo‘ymasligi va shuning uchun ham natija to‘g‘ri chiqdi deb ayta oladigan bo‘lishi kerak. Bunday deb ayta olishi uchun esa vazifaning har bir qismini diqqat e’tibor bilan bajarish va har bir ayrim o‘lchashni, albatta bir necha marta va birday puxta bajarish kerak. Laboratoriya ishini bajarishda quyidagilarga amal qilish lozim: 1. Laboratoriya ishini bajarishga kirisha turib, ishni bajarishda zarur bo‘ladigan barcha asbob va materiallarning borligiga ishonch hosil qilish qilish lozim; bir ishni bajarishda ishlatiladigan asbob va materiallar o‘rniga ikkinchi bir ishda ishlatiladigan asbob va materiallarni hech vaqt ishlatmaslik kerak, chunki ularning tashqi ko‘rinishi bir-birlariga o‘xshasada, ular ikkinchi ish uchun mutlaqo yaroqsiz bo‘lib chiqishi mumkin. 2. Asboblar bilan juda ehtiyot bo‘lib ishlash lozim, bu asboblar buzuqday bo‘lib tuyulganda ham ular qismlarga ajratish va vintlarini burab-bo‘shatish yaramaydi, asbob buzuq bo‘lganda mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchidan hamma vaqt so‘rab olish kerak. Qurilmaning butunlay to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonmasdan turib o‘lchashga kirishish mumkin emas. Masalan, elektr asboblari bilan ishlaganda ehtiyot bo‘lishi kerak, chunki bu asboblar mexanik (urilish, sinish kabi) sabablar ta’siridagina emas, balki simlar noto‘g‘ri ulanib qolganda ham buzilishi mumkin. Shuning uchun ham elektrga doir ishlarni bajarishda quyidagi o‘quvchilarga rioya qilish kerak: 1. Zanjirning turli qismlarini o‘zaro ulashda izolyasiyasi shikastlanmagan butun o‘tkazgichlargina ishlatish, ulanadigan uchlarni esa klemmalarga mahkam jipslab biriktirish kerak. O‘tkazgichlarning o‘zlarini burab biriktirish mumkin emas. 2. Ulashni hech vaqt tok manbaidan (akkumulyatordan, shitdagi rubilnikdan va shunga o‘xshashlardan) boshlamaslik kerak. Aksincha, zanjirni albatta o‘qituvchi tekshirib ko‘rgandan keyin va o‘lchashlarni bajarishga kirishishdan oldingina zanjirga tok manbai ulanadi. 3. Sxemaning ayrim qismlari o‘ta qizib ketganda, ayniqsa kuyindi isi chiqqanda tezda tokni uzib, buni o‘qituvchiga aytish kerak. Bir fizikaviy miqdorning boshqasiga bog‘lanishini o‘rganishda (masalan, elektron lampalarning volt-amper xarakteristikalarini olishda) avvalo aniq o‘lchashlar bajarmasdan turib, o‘lchanadigan miqdorlar o‘zgarishining keng intervalida u = f (x) egri chiziqning qanday borishini kuzatish kerak. Shunday qilganda argumentning funksiya jiddiy o‘zgaradigan qiymatlari sohasini oldindan payqash mumkin bo‘ladi. Ravshanki, bu sohada nuqtadan-nuqtaga argumentning qiymatini kamroq o‘zgartirib o‘tish kerak. Aksincha, funksiyaning qiymati deyarli doimiy bo‘lgan yoki funksiya chizig‘iy bo‘lgan sohalarda eksperimental sohalarni bir-biridan uzoqroq joylashtirish mumkin. Har qanday eksperimental ishning muvaffaqiyatli chiqishi faqatgina o‘lchash uslubining to‘g‘ri tanlanishiga, ishlatiladigan asboblarning aniqligiga, kattaliklarni sinchiklab o‘lchashga bog‘liq bo‘lib qolmay, balki o‘lchash natijalarini to‘g‘ri va sistemali ravishda yozib borishga ham bog‘liqdir. Ana shu maqsadda fizika praktikumida ishlash uchun alohida daftar – eksperimental ish jurnali tutish kerak bo‘ladi. Bu daftarga ishning nomi, o‘lchash usuli va sxemasi, o‘lchash natijalarini ishlab chiqishda zarur bo‘ladigan formulalar, shuningdek, bu formulalarga kiradigan va o‘lchab hamda hisoblab topiladigan kattaliklarning belgilari yoziladi. O‘lchab topiladigan kattaliklarni yozish uchun oldindan tegishli jadval tuzib qo‘yish lozim; bu jadvalga shu ishda bajariladigan ayrim o‘lchash natijalari to‘liq yoziladi. Birlamchi o‘lchash naijalarining hammasini o‘sha jadvalga juda puxta qilib yozish kerak, oxirgi natija va uning o‘rtacha ehtimoliy xatoliklari dastlabki o‘lchash natijalariga asosan hisoblab topiladi. O‘quvchi o‘zini faqatgina o‘lchashlarni qunt bilan sinchiklab bajarishga o‘rgatib qolmasdan. Balki bu o‘lchash natijalarini aniq va o‘z vaqtida qayd qilib borishga ham o‘rgatishi kerak. Ayrim o‘lchash natijalari pala-partish yozilishi keyinchalik eksperiment natijalarini ishlab chiqishda qo‘pol xatolar chiqishiga olib kelishi mumkin. Demak, o‘quvchilarning dastlabki bilim darajalari aniqlangandan so‘ng asbob yonida o‘qituvchi yoki laborant tomonidan qisqacha tanishtirish suhbati o‘tkaziladi. O‘lchash va kuzatishlar davom ettiriladi. Mashg‘ulotning bu qismida asosan qurilma yig‘iladi, sozlanadi va zarur kattaliklar o‘lchanib, hisobot daftariga yoziladi. Ilk o‘lchash natijalari hisoblanadi, xatoliklar o‘rganiladi. Bu yerda o‘tkaziladigan nazorat suhbat qurilma va o‘lchov asboblarga aloqador bo‘lishi kerak. Har bir laboratoriya ishi bajarilib, natijalari ishlab chiqilgandan keyin o‘quvchi bu ishni o‘qituvchiga topshirishi kerak. Bunday hisobotni quyidagi usullarda o‘tkazish mumkin: a) dasturlangan nazorat; b) har bir o‘quvchi bilan alohida suhbat; v) gruppa o‘quvchilari bilan seminar shaklida suhbat o‘tkazish. Dasturlangan nazorat usuli laboratoriya ishlari bo‘yicha to‘liq hisobot uchun qo‘llashga yaramaydi. Ushbu usul o‘quvchilarning bilim doiralarini kengaytirishni, ijodiy qobiliyatlarini va nutqlarini rivojlantirishni chegaralaydi. Ikkinchi usul gruppaning har bir o‘quvchisi bilan suhbatlashish jarayonida mazkur laboratoriya ishi asosida yotgan fizik qonuniyat va o‘lchanayotgan kattaliklar, ularning o‘lchash va hisoblash aniqliklari, asboblarning ishlash jarayoni va qo‘llanilishlarini chuqur tahlil qilish imkonini beradi. O‘rganilayotgan fizik hodisa yoki o‘lchanayotgan kattalikning xususiyatlari va o‘lchash jarayonining boshqa usullari o‘rganiladi. Ammo, ilmiy va texnik axborot tez sur’atlar bilan ortib borayotgan hozirgi davrda bunday suhbatlar ko‘proq vaqt talab qiladi, natijada grafikda ko‘rsatilgan vaqtda darsda suhbatlashib bo‘lmaydi. Bizningcha, ish topshirishning uchinchi usuli anchagina qulaydir. Yuqorida eslatilgan laboratoriya ishlarining siklik usulida tashkil qilinishi, laboratoriya ishlari bo‘yicha hisobotni seminar ko‘rinishidagi suhbat tarzida amalga oshirishni ancha yengillashtiradi. Muayyan mavzuga doir ishlar bajarilgandan so‘ng, seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ushbu mashg‘ulotni ikki ko‘rinishda o‘tkazish mumkin: o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bir yoki bir necha o‘quvchi doklad qiladi, boshqa o‘quvchilarning bilimlari ushbu dokladlar asosida qisqa savol-javoblar yordamida tekshiriladi, gruppaning har bir o‘quvchisi ko‘rilayotgan savol yuzasidan o‘z fikrlarini bildiradilar. Har ikki holda ham dars o‘quvchilarning fikr va mulohazalarini o‘qituvchi tomonidan umumlashtirish bilan yakunlanadi. Tahlil qilinayotgan mavzu, laboratoriya ishi bo‘yicha har bir o‘quvchining bilimiga alohida topshirdi yoki topshirmadi o‘rniga qoniqarsiz, qoniqarli, yaxshi, a’lo baho qo‘yiladi Bunga o‘quvchilarning laboratoriya ishlariga tayyorgarlik. Ish bajarish jarayonidagi bilimlarining nazorati ham kiradi. O‘quvchilarning seminar ko‘rinishidagi hisobotga tayyorlanishlari va unda ishtirok etishlari ularning ilmiy va texnik nutqlarini o‘stiradi, ya’ni o‘quvchilar turli masalalarni jamoa bo‘lib hal qilishga hamda ko‘pchilikka o‘z fikrlarini tushuntira bilishga o‘rgatadi. Bu esa hozirgi zamon mutaxassislari uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalar qatoriga kiradi. Laboratoriya mashg‘ulotlaridagi tajribalar o‘quvchilar tomonidan mustaqil bajariladigan quyidagi uch bosqichni o‘z ichiga oladi: a) laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik. Berilgan ish asoslanadigan fizik jarayon va hodisalar, qonuniyatlar hamda ularni xarakterlaydigan fizik kattaliklar haqidagi ma’lumotlarni qo‘llanmada ko‘rsatilgan adabiyotlardan foydalanib yig‘ish hamda o‘rganilishi kerak bo‘lgan fizik kattalik haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish. Shuningdek, tajriba qurilmasi, uning tashkil qiluvchi elementlari, o‘lchov asboblari, ularning aniqliklari, o‘lchash usullari bilan tanishib, o‘qituvchi bilan o‘tkaziladigan dastlabki savol- javobga tayyor bo‘lish. Yuqoridagi fikrlar laboratoriya daftarida ko‘rsatilishi va mos jadvallar tuzilgan bo‘lishi kerak; b) laboratoriya mashg‘ulotida tajriba o‘tkazish. O‘qituvchi ish bajarishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilib o‘quvchiga ruhsat bergandan so‘ng laboratoriya stolidagi qurilma bilan mukammal tanishish, asboblarni o‘z o‘rniga joylashtirish, ilgari ko‘rilmagan asboblarning instruksiyasi bilan tanishishga ko‘maklashish. Barcha o‘lchashlarni xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda mustaqil, yetarlicha yuqori aniqlikda o‘tkazib, fizik kattaliklarni bir xil sistemaga keltirib laboratoriya daftariga yozish; tajriba natijalaridan birini oxirigacha hisoblab, o‘qituvchiga ko‘rsatib, daftarga shunga mos belgi qo‘ydirib olishga erishish; v) bajarilgan ish yuzasidan to‘liq hisobot tuzish va o‘qituvchi bilan suhbatga tayyorgarlik. O‘lchangan, hisoblangan kattaliklar va ularning o‘lchash xatoliklarini yozish, lozim bo‘lsa grafik bog‘lanishlarni millimetrli qog‘ozga chizish. Laboratoriya ishi va asoslangan fizik jarayonni yana bir marta eslab, tajriba o‘tkazish usuli yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, uni takomillashtirish borasida fikrlar bildirish. Ushbu tushuncha va fikrlar ish bo‘yicha tayyorlangan hisobotda o‘z aksini topadi. Ma’lum bir mavzuga doir ishlar bajarilgandan so‘ng, o‘qituvchi rahbarligida bu ish atroflicha muhokama qilinib sinov topshiriladi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling